"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.54K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Ferghana #yarmarka

⚡️ Farg‘onadagi sanoat yarmarkasining yakuniy kunida elektrotexnika sohasi vakillari faol ishtirok etdi


➡️ Bugun Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o‘z ishini yakunlamoqda. Tadbirning ikkinchi kuni ham “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari uchun faol muloqot va hamkorlik maydoniga aylandi.

➡️ Yarmarka doirasida uyushmaning “Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boshqarmasi” vakillari hamda korxonalar mas'ullari tomonidan o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga doir muzokaralar olib borildi.

➡️ Elektrotexnika, qurilish, energetika va boshqa sohalardagi B2B formatidagi uchrashuvlar davomida ko‘plab hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

➡️ Ko‘rgazmada ishtirok etgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etibgina qolmay, raqobatbardoshlik, eksport salohiyati va mahalliylashtirish darajasini oshirish borasida yangi tashabbuslarni ilgari surishdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилояти Кўкдала тумани маъмурий марказидаги улкан бунёдкорлик ишлари билан танишди.

Шу билан давлатимиз раҳбари Қашқадарёга ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с масштабной созидательной работой в административном центре Кукдалинского района Кашкадарьинской области.

На этом глава государства завершил поездку в Кашкадарью и вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #Kukdala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Metsol

⚡️ Uyushma mas'ullari tomonidan "Metsol" korxonasi faoliyati o'rganildi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari tomonidan “Metsol” MCHJ korxonasi faoliyati o‘rganildi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi, mavjud sharoit va imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

➡️ Korxona rahbariyati bilan suhbat davomida ishlab chiqarishni kengaytirish bo`yicha, bir nechta texnik-uskunalar yangilanganligi aytib o`tildi, hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va fikrlar almashildi.

➡️ Shuningdek, korxona tomonidan hozirgi kunda elektr ta’minotida ko`p uzilishlar vujudga kelayotganligi aytib o`tildi, bu masalani ijobiy hal qilishda uyushmaning mas’ul xodimlari tomonidan amaliy yordam ko`rsatilishiga kelishib olindi.

➡️ Bu kabi tashriflar sanoat korxonalarining faoliyati bilan bevosita joyida tanishish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Artel #Afghanistan

⚡️ Artel Electronics – Mozori-Sharifdagi yarmarkada o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda


➡️ Artel kompaniyasi Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida bo‘lib o‘tayotgan savdo yarmarkasi doirasida o‘zining keng turdagi mahsulotlarini taqdim etmoqda. “Made in Uzbekistan” brendi ostida namoyish etilayotgan elektrotexnika, maishiy texnika vositalari va innovatsion texnologik yechimlar Afg‘oniston iste’molchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

➡️ Yarmarka Afg‘oniston bozorining real ehtiyojlarini o‘rganish, potensial xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, mahalliy hamkorlar bilan barqaror iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.


➡️ Mazkur ishtirok orqali O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarining tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va “Made in Uzbekistan” brendi nufuzini mustahkamlashga erishish ko‘zda tutilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2💯2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Siz dunyoni o‘zgartira olmaysiz. Ammo dunyoni anglagan holatda yashashingiz mumkin.


ALBERT KAMYU

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2💯1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 22-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (16-21-iyun, 2025-yil)

➡️ “Samo Techno” korxonasining yangi bosqichdagi faoliyati o‘rganildi

➡️ Talabalarning uyushmada bo'lib o'tgan bitiruv ishi himoyalari "O‘zbekiston 24" telekanalida yoritildi

➡️ "Premier" korxonasi Afg'onistonga ilk eksportini yo‘lga qo‘ydi

➡️ Raqamlashtirish bo'yicha Turkiyaning "Trex" kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi

➡️ “Envision Group” vakillari bilan uchrashuv: O‘zbekistonda BESS texnologiyalarini mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

➡️ Elektrotexnika sanoati korxonalariga MES tizimini joriy qilish o'rganildi

➡️ Afg‘onistonda o'zbek elektrotexnika mahsulotlari savdo yarmarkasi bo'lib o'tdi

➡️ Prezident Qashqadaryoga tashrifini "Alp texno servis" korxonasi faoliyatini o'rganishdan boshladi

➡️ Farg‘ona viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etildi

➡️ “Power Electric Group” korxonasi faoliyati o‘rganildi

➡️ O'zbek elektrotexnika mahsulotlari Afg'oniston bozoriga chuqurroq kirib bormoqda

➡️ Afgʻonistonga Royal brendi ostidagi mahsulotlar eksport qilindi

➡️ Prezidentning "Alp texno servis" korxonasiga tashrifi bo'yicha maxsus reportaj

➡️ Oʻzbekiston – Ozarbayjon: “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasida Artel kompaniyasi ishtirok etdi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida sun’iy intellektdan foydalanish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсухнинг таклифига биноан 24-25 июнь кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Монголии Ухнаагийна Хурэлсуха 24-25 июня посетит эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Biznes_forum #Mongolia

⚡️ O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi: elektrotexnika sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


➡️ 2025-yil 23-iyun kuni Mongoliya poytaxti Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, tarmoq uyushmalari, hududiy hokimiyatlar hamda 300 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.

➡️ Forumga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Mongoliya tomoniga esa Bosh vazir o‘rinbosari Saynbuyangiyn Amarsayxan rahbarlik qildi.

➡️ Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov ham qatnashdi. U forum va uning doirasida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etib, elektrotexnika sanoatidagi hamkorlik imkoniyatlari, xususan, maishiy texnika eksporti va qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashdi.


➡️ Tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi. Xususan, elektrotexnika va maishiy texnika mahsulotlari savdosi ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

➡️ Forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda o‘zbek ishlab chiqaruvchilar, jumladan elektrotexnika sohasidagi korxonalar mahsulotlarini namoyish qildi. Shuningdek, B2B va G2B uchrashuvlari o‘tkazilib, amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM