"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.51K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #exhibition #meeting #green_energy

📣 Xalqaro ko'rgazma doirasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha muzokaralar olib borildi

"O'zeltexsanoat" uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari Mansur Xashimov boshchiligidagi ma'sullar Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi - #OGU 2023” ko‘rgazmasi va 16-Xalqaro “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari” - #Power Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi doirasida turli tashkilot va korxonalar mutasaddilari bilan muzokaralar olib bordilar.

➡️ BATAFSIL

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #exhibition #power_uzbekistan

📣 Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xabaringiz bor "O’zeltexsanoat" uyushmasi ma'sul xodimlari Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – #OGU 2023” ko‘rgazmasi va 16-Xalqaro “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari” – #Power Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi doirasida turli tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazdilar.

Xususan, ko'rgazmaning so'nggi kunida “Unigreen Energy” (Rossiya), “Remedies Earthing Systems” (Hindiston), “Helio Solar” (Qozogʻiston), “YEO Technology Energy ve Industry A.S.” (Turkiya), “CTR” (Hindiston), “Renewable Energy Industry” (Turkiya) korxonlari bilan ham muzokaralar o'tkazildi.

"O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sullari muzokaralar davomida xorijiy kompaniyalar vakillariga, uyushma faoliyati, yurtimiz elektrotexnika sanoatining bugungi salohiyati va ushbu salohiyatdan kelib chiqqan holda istiqbolli hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha takliflarni taqdim qildilar.

Jumladan, Turkiyaning “Europower Energy” transfarmatorlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi biznesni rivojlantirish menejeri Fuat Ege Aslan bilan bo'lib o'tgan uchrashuv ancha samarali kechdi. Ushbu kompaniya vakili mamlakatimzida ishlab chiqariladigan mis-shina mahsulotlariga qiziqish bildirdi.

Uyushma vakillari o'z navbatida, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi “Yuqorichirchiq Energy system” mahalliy korxonasining taqdimotlari bilan xorijiy mehmonni tanishtirdilar.

Uchrashuv yakunida, ushbi ikki korxona o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha kengaytirilgan tartibda onlayn uchrashuv tashkil etilishi belgilandi.
———
🇷🇺 Русский 🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Power_Electric_Group

⚡️Power Electric Group” korxonasi faoliyati o‘rganildi


➡️ Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Power Electric Group” korxonasida "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuv doirasida ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonaning energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalardagi ishtiroki va eksport salohiyati keng muhokama qilindi.

➡️ Hozirgi kunda korxona tomonidan "ACWA Power" va boshqa xorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokidagi energetika loyihalari uchun boshqaruv shkaflari, past kuchlanishli yordamchi panellar ishlab chiqarish va yetkazib berish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Uchrashuv davomida "ACWA Power"ning O‘zbekistondagi loyihalarida bosh pudratchi sifatida faoliyat yuritayotgan Hindistonning "L&T Construction" kompaniyasiga boshqaruv shkaflari hamda past kuchlanishli panellarni yetkazib berish masalasi batafsil muhokama qilindi.

➡️ O'rganish yakunida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muqobil energetika yo‘nalishidagi loyihalarda mahalliy elektrotexnika korxonalarining ishtirokini kengaytirish, Power Electric Group” korxonasini esa ushbu jarayonlarga faol jalb etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

➡️ Power Electric Group” — Toshkent viloyatida joylashgan va boshqaruv shkaflari, yordamchi panellar, AVR tizimlari hamda sanoat uchun elektrotexnika uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1