Uzbekistan Chess Federation
4.26K subscribers
16.5K photos
348 videos
78 files
2.04K links
Ўзбекистон Шахмат Федерацияси
расмий телеграм канали

Официальный телеграм канал
Федерации Шахмат Узбекистана

🌐 instagram.com/uzchessofficial/
🌐 fb.me/uzchessofficial/

Тел.: +998955111200
Download Telegram
Xalqaro tashkilotchilar seminari yakuniga yetdi

2024-yil 8-9 noyabr kunlari Toshkentda Xalqaro Shaxmat akademiyasi va O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi hamkorligida xalqaro tashkilotchilar uchun muhim seminar bo'lib o'tdi. O'zbekiston shaxmat federatsiyasi boshchiligida o'tkazilgan mazkur tadbirda xalqaro tashkilotchi sifatida tan olingan turkiyalik Ozgur Solakoglu va o‘zbekistonlik Husan Turdialiyev tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar xalqaro tashkilotchi unvoniga ega bo'lish uchun nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilar sinovlardan o'tib, “Xalqaro tashkilotchi” unvonini qo'lga kiritish uchun zarur bo'lgan sertifikatlarga sazovor bo'ldilar.

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥7👏5🤩2❤‍🔥1🎉1
Para shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati boshlanmoqda

🌎 Joriy yilning 10-18 noyabr kunlari Qirg'izistonning Bishkek shahrida nogironligi boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

🇺🇿O'zbekiston delegatsiyasi ushbu nufuzli turnirda ishtirok etish uchun Qirg'izistonga jo'nab ketdi.

🎉 Shaxmatchilarimizga Osiyo chempionatida omad tilab qolamiz!


🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🏆18👏7🔥4
2 karra jahon chempioni yurtimizga qaytmoqda!

📣Ertaga (12-noyabr) tonggi soat 08:00 da Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionatida tarixiy natijalar qayd etgan O'zbekiston terma jamoasini tantanali ravishda kutib olish uchun barcha muxlislar va shaxmatsevarlar taklif qilinadi.

🤝Keling 2 karra jahon chempioni Afruza Hamdamova va O'zbekiston terma jamoasini birgalikda qarshilaylik.

Kutib olish marosimi uchun ertaga soat 08:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti "Terminal 2"ga kelishingizni so'raymiz!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
👏41🎉12🔥5❤‍🔥4
🏆 Ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova tantanali kutib olindi!

😄Xabar berganimizdek, Braziliyada o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan FIDE jahon chempionatida tarixiy g‘alabaga erishgan hamyurtimiz Afruza Hamdamova bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Marosimda Yoshlar ishlari agentligi direktori, Shaxmat Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudovlar ishtirok etib, ikki karra jahon chempioni va uning murabbiyga pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

👏O'zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasi, xalqimizning faxri bo‘lgan Afruza Hamdamova va uning murabbiylarini mazkur tarixiy g‘alaba bilan samimiy qutlaydi!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥23👏18🏆7🎉5❤‍🔥3🤩1
Para shaxmat bo'yicha Osiyo Chempionati boshlandi!

🌍 Qirg'izistonning Bishkek shahrida nogironligi bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Yurtimiz shaxmatchilari ham ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilishmoqda.

📊Yurtdoshlarimizning 2 turdan keyingi natijalari:

- Zayniddinov Sirojiddin — 2 ochko
- Kimsanboyev Axadxon — 1.5 ochko
- Mamarajov Sardorbek — 1.5 ochko
- Ergashev Ilhom — 0.5 ochko
- Eshmuratov Abbas — 1 ochko
- Ikromaliyeva Sabohat — 1.5 ochko
- Izentayeva Aynura — 1 ochko
- Do'stmurodov Bobur — 1 ochko


🤝 Shaxmatchilarimizga keyingi turlarda ham omad tilab qolamiz!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥9🏆5👏4❤‍🔥1🤩1
⚡️Afruza Hamdamovaning jahon chempionatidagi statistikasi:

😄G'alabalar: 10
🤝Duranglar: 1
👎Mag'lubiyatlar: yo'q

➡️2508 performans
📈+30.4 reyting ochkolari

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥47👏10🤩5