Uzbekistan Chess Federation
4.26K subscribers
16.5K photos
348 videos
78 files
2.04K links
Ўзбекистон Шахмат Федерацияси
расмий телеграм канали

Официальный телеграм канал
Федерации Шахмат Узбекистана

🌐 instagram.com/uzchessofficial/
🌐 fb.me/uzchessofficial/

Тел.: +998955111200
Download Telegram
#XalqaroTashkilotchi #seminar
FIDE 3.4 zonasi prezidenti boshchiligida Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi va O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi koʻmagida 2024-yil 8-noyabrdan (seminar boshlanishi) 9-noyabrgacha (seminarning oxirgi kuni, testlar) xalqaro tashkilotchilari seminari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
Seminarni xalqaro tashkilotchi Ozgur Solakoglu (Turkiya) va assistent – xalqaro tashkilotchi Husan Turdialiyev (O‘zbekiston) olib boradi.
Ishtirok etish uchun arizalar tashkiliy qo‘mitaga 2024-yil 1-noyabrgacha kechiktirmay elektron pochta orqali yuborilishi kerak.
Seminar va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar “Xalqaro tashkilotchi” unvoniga sazovor bo‘lish standartiga ega bo‘ladilar.
Test sinovlaridan o‘tayotgan barcha hakamlar seminarda qatnashish uchun O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga 50 yevro miqdorida kirish to‘lovini to‘laydilar, keyinchalik bu to‘lov FIDEga yuboriladi.
Katnashchilarni seminarga yuborish ularni yuboruvchi tashkilotlar hisobidan amalga oshiriladi.
O’rinlar soni cheklangan.

Shuningdek, kerakli hujjatlarning skanerini telegram orqali oldindan yuborishingiz va onlayn ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏32
Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

Xalqaro shaxmat akademiyasida federatsiyaning navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Unda federatsiya mas'ullari, shaxmatchilar, murabbiylar hamda hududiy studiyalardan shaxmat faollari ishtirok etdilar. Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

Biz Bobur Sattarovga mazkur mas'uliyatli lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏58🎉7🔥4🤩2
🇺🇿 Shaxmatchi qizlarimiz 2026 yilgi Olimpiadaga tayyorgarlikni boshladilar

⚡️ Jamoa ustozi va so‘ngi natijalarning asosiy sababchilaridan biri bo‘lgan xalqaro grossmeyster Aleksey Dreyev jamoa bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda. Tajribali murabbiy jamoa bilan kelgusi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik doirasida bir qator yig‘inlar o‘tkazadi.

🏆 Maqsad — bo‘lajak musobaqalarda yuqori natijalarga erishish va shaxmat olamida yangi yutuqlarni zabt etish. Har bir qadam — katta maqsadlarga qaratilgan.

➡️Eslatib o‘tamiz, so‘nggi Olimpiadada qizlar jamoamiz kuchli raqobat ostida o‘tgan baxslar natijasida 12-o‘rinni qo‘lga kiritgandilar.

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🤩18👏8🔥41🏆1
🇺🇿O'zbekiston delegatsiyasi Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga jo'nab ketdi.

🤝Shaxmatchilarimizga ushbu yirik musobaqada omad tilab qolamiz!

Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🏆43🔥6👏3❤‍🔥2
⚡️ 29-oktabrdan 9-noyabrgacha Braziliya mezbonligida o'tadigan shaxmat bo'yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston nomidan 3 nafar shaxmatchi ishtirok etadi.

➡️Imomqo'ziyeva Nilufarxon va Bozorov Javohir U14, Afruza Hamdamova esa U16 yosh kategoriyalarida yurtimiz sha'nini himoya qilishadi.

Shaxmatchilarimizga g'alabalar tilab qolamiz!

Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
👏16🏆4❤‍🔥2🔥1🤩1
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik

Xabaringiz bor, 2026-yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. FIDE Prezidenti Arkadiy Dvorkovich boshchiligidagi delegatsiya olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tashrif davomida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, tayyorgarlik holati hamda shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi.

📰Ma’lumot uchun, bu ulkan majmua kelgusi yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda. Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qit’amizning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤‍🔥3