Python daturlash maktabi ๐Ÿ
580 subscribers
343 photos
180 videos
83 files
389 links
Download Telegram
Najot Ta'lim Farg'ona filialiga Python mentor qidirmoqda!

Ish haqi: 7.5 mln so'mdan 19 mln so'mgacha
Full time, moslashuvchan jadval.

Majburiyat:
โ€” Soha bo'yicha ta'lim berish;

Talablar:
โ€” Real loyihalarda tajriba;
โ€” Python Core/Django/AWS Cloud/Asynchronous/TDD/Logging/Debugging larni bilish;
โ€” Git va github bilan ishlashda ko'nikma.
โ€” Sohada kamida 2+ yil ish tajribasi;
โ€” Oโ€˜zbek tilida erkin muloqot qila olish;

Biz sizga taklif qilamiz:
โ€” Til o'rganish va kitob sotib olish uchun chegirmalar;
โ€” Qarindoshlaringizni IT sohalarida o'qitish uchun chegirma;
โ€” 300 dan ortiq mutaxassislar bilan networking;
โ€” Pedagogik ko'nikmalarni oshirish uchun treninglar;
โ€” Turli mavzularda maxsus master-classlar;
โ€” Samaradorlikka ko'ra oylik maoshning oshishi;
โ€” Kuchli, ahil jamoa!

Ariza yuborish: Havola

๐Ÿ‘‰ @uzpythonjobs
๐Ÿ‘1
Forwarded from Botir Ziyatov
Qachon loyihani yaxshi koโ€˜raman, u chiroyli boโ€˜lib ishlasami ? yoki pul keltirib ishlasami ?

Internetda tarqalgan yondashuvlardan:

Birinchi variantยปยป Loyiha ishlashi muhim โ†’ Ishlaydi deb amin boโ€˜lgandan keyin uni tezroq va samarali qilishga harakat qilinadi. โ†’ Keyin esa uni chiroyliroq qilishga oโ€˜tiladi.

Ikkichi variant ยปยป Loyiha ishga tushadi โ†’ Keyin u qanday qilib pul keltirishi haqida oโ€˜ylash kerak. โ†’ Daromad olishni yoโ€˜lga qoโ€˜yganingizdan keyin tezligini oshirish va samaradorligini koโ€˜tarish muhim boโ€˜ladi. โ†’ Oxirida esa, dizayn va koโ€˜rinishni yaxshilashga kirishiladi.

@botirziyatov
Forwarded from SIFAT O'quv Markazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅNavbahorlik yoshlar shu yerdamisiz?
Siz uchun qaynoq yangilik bor!

๐Ÿš€ Biz " Sifat " IT o'quv markazimizning tantanali ochilishini eโ€™lon qilishdan xursandmiz!

Siz texnologiya sohasida martaba boshlamoqchimisiz, yoki mahoratingizni oshirmoqchimisiz?
Unda biz sizga yordam beramiz!

๐Ÿ’ป Biz nimani taklif qilamiz:

- Kompyuter savodxonligi
- Kompyuter yig'ish
- Python
- Telegram bot
- Jango Framework
- Fast API


๐Ÿ“š Nega aynan biz?

- Tajribali o'qituvchilar โœ…
- Eng ilg'or texnologiyalar va resurslar ๐Ÿ› ๏ธ
- Barcha o'quvchilar uchun mutlaqo BEPUL! ๐ŸŽ‰

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Bizga qoโ€˜shiling va soqqali kasbning mohir egasiga aylaning!
๐Ÿ’ก Yorqin kelajak sari sayohatingizni bugundan boshlang.

๐Ÿ“ Bizga tashrif buyuring:
Navbahor tumani, Beshrabot qo'rg'oni , Beshrabot kasb- hunar maktabi

Murojaat uchunโ˜Ž๏ธ
๐Ÿ“ž: (88) 378-08-08
๐Ÿ“ž: (99) 750-17-17


๐Ÿง‘๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Aloqa:
@sifatedu_admin

โœ…Telegram ๐ŸŒInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Samandar Ahadjonov
#chess

Shaxmat ishqibozlari uchun turnir:

https://www.chess.com/play/arena/3674325

Eslatma, faqat noutbukdan kirsa bo'ladi.

@ahadjonovss
๐Ÿ‘1
Forwarded from Solijon Haydarov
๐Ÿ”ฅ SIFATDEV jamoasi siz azizlarga bir ajoyib yangilikni ulashishga shoshilmoqda!

๐Ÿš€ Bizning yangi platformamiz โ€” @istigfar_bot ishga tushdi! Ushbu bot, istig'for aytuvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, nafaqat xatolarimizdan tozalanish, balki xalqimizni hozirda keng tarqalgan harom elektron coinlar balosidan qutqarishga yordam beradi! ๐Ÿ›ก

๐Ÿคฒ Niyatimiz โ€” sizni har bir istig'for bilan xotirjamlikka yetaklash, millatimiz uchun barakali hayotni ta'minlashdir. Har safar istig'for aytsangiz, xuddi baraka yomg'iri yog'ilayotganday his qilasiz! ๐ŸŒง

๐Ÿ•Š Istig'for โ€” qalblarning davosi. Siz ham bu hayratomuz imkoniyatni qo'ldan boy bermang va botimizni sinab ko'ring! Har bir istig'for bilan qalbingizga poklik, hayotingizga nur kiritasiz, InshaAlloh! ๐ŸŒฟ

๐Ÿ’ฌ Do'stlaringizni ham chaqiring, birgalikda istig'for aytib, barakali hayot sari bir qadam tashlaylik!

๐Ÿ‘‰ @istigfar_bot โ€” SIZ UCHUN! ๐Ÿ•Œ
๐Ÿ‘1
โš™๏ธ Dasturchilar uchun cheat varaqlarining katta to'plami

Ushbu resurs turli xil dasturlash tillari, asboblari va boshqa texnologiyalar bo'yicha cheat varaqlarining keng assortimentini o'z ichiga oladi.

Muallif bundan charchadi va o'ziga kerak bo'lgan hamma narsani bir joyda to'pladi. Saytning pastki qismida biror narsa topa olmagan bo'lsangiz, cheat varaqlarini so'rash tugmasi mavjud.

๐Ÿ”ค Buni tekshiring ๐Ÿ”ค

โžก๏ธ Oson kodlovchi
๐Ÿ‘3
#ssl #deploy

Loyihani deploy qilganda, nginx to'g'irlab, uni domenga bog'lab, ssl sertifikatini qo'yish:

1. nginx ni o'rnatib olamiz:
sudo apt update
sudo apt install nginx


2. loyiha uchun nginx fayl yaratamiz va loyiha uchun mosh konfiguratsiya yozamiz:
sudo nano /etc/nginx/sites-available/<my_project>

3. buni ichida loyiha uchun domenni ko'rsatib ketamiz: server_name mamatmusayev.uz;

4. Nginx saytini faollashtirish (Yuqoridagi konfiguratsiya faylini nginx tomonidan tan olinishini ta'minlash uchun)
sudo ln -s /etc/nginx/sites-available/<my_project>  /etc/nginx/sites-enabled/


5. Nginx ni tekshirib ko'rib uni qayta ishga tushiramiz:
sudo nginx -t
sudo systemctl reload nginx


6. certbot o'rnatish va ssl sertifikat qo'shish:
sudo apt install certbot python3-certbot-nginx
sudo certbot --nginx -d mamatmusayev.uz


7. Nginx jurnalini tekshirish:
sudo tail -f /var/log/nginx/error.log


8. Sertifikat muammolari (agar https ishlatilgan bo'lsa)
Agar certbot yordamida SSL sertifikati o'rnatgan bo'lsangiz, SSL konfiguratsiyasi to'g'ri o'rnatilganligini tekshiring. Quyidagi buyruq orqali Nginx https konfiguratsiyasini tekshiring:
sudo certbot renew --dry-run
๐Ÿ‘3
Forwarded from Botir Ziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib veb-saytga duch keldim ...

Bu bu interaktiv hikoyalar aytib beradi, va siz browserda u bilan birgalikda ishtirok etasiz.

https://2019.makemepulse.com/

!Kompyuterda orqali kirish tavsiya qilinadi.

@botirziyatov
๐Ÿ‘2
Git va rekursiya bir rasmda. Shunchaki shedevr tushuntirish )

@uz_python
๐Ÿ‘2
Forwarded from Engineering Notes
Hozirgi ish joyimga kirganimga 2 oy bo'ldi. Yangi jamoada texnik bilimlardan tashqari "work culture" tomondan ham ko'p narsa o'rganayapman. Quyida shaxsiy fikrimcha bizda ham kengroq adaptatsiya qilishga arziydigan ba'zi qoidalar. E'tibor qilsangiz bularning hammasi oddiy narsalar, lekin negadir ba'zilar shularga ham amal qilmaydi.

1. Sizning vaqtingiz qimmat, boshqalarniki undan ham qimmat. Hamkasbingizning ishi sizga bog'liq bo'lsa iloji boricha tezroq bajarib bering yoki eng kamida qachon qilib bera olishingzni ayting. Schedule qilingan call/meetinglarga vaqtida qatnashing, biror sabab bilan kech qolsangiz yoki qatnasha olmasangiz qolganlarni bu haqida iloji boricha ertaroq ogohlantiring. Managerlar va team leadlar uchun: callga faqat kerakli odamlarni chaqiring va iloji boricha tezroq tugating. Daily standupda jamoadagi faqat 1 kishiga aloqador task ustida gaplashish uchun butun jamoani 1 soat ushlab turmang.

2. Vaqt qimmat, fokus undan ham qimmat. Fokusning 2 ta asosiy dushmani bor, shulardan iloji boricha qochishga harakat qiling:
a) Context switch, ya'ni bir vazifadan boshqasiga o'tish. Masalan, fokus bilan ishlayotgan jamoadoshingizga "hey, tezda mana bu narsani qilib bera olasanmi, 5 minut vaqt ketadi" desangiz u ishning o'zini qilishga 5 minut vaqt ketishi mumkin, lekin jamoadoshingiz yana o'zining ishiga qaytib avvalgidek fokus qilishiga yana kamida 10-15 minut ketadi.
b) Unpredictibility, ya'ni oldindan rejalashtirilmagan ishlar. Masalan, jamoadoshingiz yoki qo'l ostingizdagi ishchini oldindan ogohlantirmasdan "hey, hozir 10 minutlik qisqa callga qatnasha olasanmi" desangiz u callga kirib nima bo'layotganini tushunib olgunicha va calldan keyin oldingi qilayotgan ishiga qaytgunicha ancha vaqt o'tadi. Lekin call oldindan belgilangan bo'lsa u ma'lum darajada tayyor bo'ladi va context switch ancha oson kechadi.

Davomi keyingi postda

@boboshersnotes
๐Ÿ‘2
Forwarded from Engineering Notes
Davomi

3. Engineerga vazifa emas, muammo bering. Tayyor yechimni implement qilish oson, yechimni va ayniqsa yaxshi yechimni topish qiyin. Agar manager yoki team lead sifatida engineerlarga "A tildagi B frameworkda C arxitekturada web server yoz, databaseda X, Y, Z tablelar bo'lsin" shaklidagi vazifa berayotgan bo'lsangiz unda birinchidan siz engineerlardan to'liq foydalanmayapsiz, ikkinchidan siz o'ylagan yechim optimal bo'lmasligi mumkin. Yaxshisi, "bizda A muammo bor, shuni hal qilish uchun bizga B imkoniyatga ega yangi servis kerak" deb muammoni o'rtaga tashlang. Shunda bir qancha alternativ yechimlarni ko'rib, hamma tomondan analiz qilib, eng yaxshi yaxshi yechimni tanlash imkoni bo'ladi. Lekin odatda call davomida yaxshi yechim o'ylab topish ko'p vaqt va ma'lum bir sohada chuqur bilim talab qilishi mumkin. Bunday holatda bir kishiga muammoni chuqur o'rganish va potensial yechimlar ustida ishlash vazifa qilib beriladi (yechimni implement qilish emas) va keyin berilgan yechimlarni butun jamoa bilan analiz qilib, qaror qabul qilishingiz mumkin. Implement qilish shundan keyingina boshlanadi.

4. Djangochi emas, engineer bo'ling. Bugun application serverda, ertaga databaseda, indinga networkingdagi muammoni hal qilishingizga to'g'ri kelishi mumkin. Albatta ishga kirishdan oldin bularning hammasini chuqur o'rgana olmaysiz, shuning uchun "T shaped" engineer bo'lishga harakat qiling. Ya'ni bilimingiz T harfidagiga o'xshab biror tor sohada chuqur bo'lishi bilan birga boshqa ko'plab sohalardan ham ma'lum darajada xabardor bo'lishingiz siz uchun ancha foydali, shunda zarur bo'lganida boshqa bir sohani chuqurroq o'rganishingiz oson bo'ladi (ya'ni T ni ฯ€ ga aylantirish oson bo'ladi). Menimcha lokal bozordagi eng katta muammolardan biri ko'p sohalarni yuzaki biladigan lekin birortasini chuqur tushunmaydigan (โ€“ shaped) yoki bir tor sohani chuqur biladigan lekin boshqa sohalarni umuman tushunmaydigan (I shaped) engineerlar. Bundan tashqari bir narsani chuqurroq o'rganib olib, keyin hamma joyga shuni tiqishtiradigan (L shaped) engineerlar ham odatda jamoaga foydadan ko'proq zarar keltiradi, ToDo app qilish uchun ham microservice quradiganlar bunga misol.

5. Qilgan har bir ishingizni va o'ylagan har bir yechimingizni yozib boring. Projectda to'g'ridan-to'g'ri sizga bog'liq narsalar minimal bo'lishi kerak, yechimlar va g'oyalar ham shular qatorida. Ertaga siz ishdan ketsangiz ham yozgan narsalaringiz turadi. Bu kelajakda boshqalarning vaqtini isrof qilmaslik uchun qilishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi narsalardan biri. Bundan tashqari menga o'xshab xotirangiz yomonroq bo'lsa 1 hafta oldin tugata olmagan ishingizga qaytganingizda oldingi safar nima qilganingiz/qilmoqchi bo'lganingizni yozib qo'yganingiz uchun o'zingizga o'zingiz rahmat aytasiz.

@boboshersnotes
๐Ÿ‘2
Forwarded from Botir Ziyatov
Telegram yangi tasdiqlash kodi xizmatini ishga tushirdi.

Telegram 5-oktabrda yangi katta yangilanishini e'lon qilgan edi.
ular orasida tasdiqlash kodi platformasi mavjud edi.

Endi API orqali an'anaviy SMS-lardan foydalanish oโ€˜rniga, Telegram orqali tasdiqlash kodlarini yuborishi mumkin.
Buning narxi har bir xabar uchun 0.01 dollar.

Telegramning aytishicha:
Ushbu xizmat SMS-larga qaraganda tezroq va xavfsizroq ekani bilan ajralib turadi.

@botirziyatov
๐Ÿ‘2
Forwarded from AD DEV
Xato xabarlari Nginx belgilangan katalogdagi (/root/sifatedu/static/) statik fayllarga kirishga urinayotganda ruxsat berish muammolariga duch kelayotganligini ko'rsatadi. Ruxsat rad etilgan muammosini hal qilish uchun quyidagi qadamlar mavjud:

### 1. Statik fayllarga egalik huquqini o'zgartirish

Nginx odatda www-data foydalanuvchisi ostida ishlaydi (yoki ba'zan o'rnatishga qarab nginx). Ushbu foydalanuvchi statik fayllar katalogiga tegishli egalik qilishiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Egalikni o'zgartirish uchun quyidagi buyruqni bajaring:

sudo chown -R www-data:www-data /root/sifatedu/staticfiles
sudo chown -R www-data:www-data /root/sifatedu/media


### 2. Statik fayllar uchun ruxsatlarni o'zgartirish

Egalikdan tashqari, kataloglarning to'g'ri ruxsatlarga ega ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Tegishli ruxsatlarni o'rnatish uchun ushbu buyruqlarni bajaring:

sudo chmod -R 755 /root/sifatedu/staticfiles
sudo chmod -R 755 /root/sifatedu/media


### 3. Statik fayllarni umumiy katalogga ko'chiring

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, Internetga kirish mumkin bo'lgan fayllarni (masalan, statik fayllar) /root katalogida saqlamaslik tavsiya etiladi, chunki bu katalog odatda ildiz foydalanuvchisi uchun ajratilgan. Siz qulayroq joyda (masalan, /var/www/) yangi katalog yaratishingiz va statik fayllaringizni u erga ko'chirishingiz mumkin. Mana qanday qilib:

1. Yangi katalog yarating:

sudo mkdir -p /var/www/sifatedu/static
sudo mkdir -p /var/www/sifatedu/media



2. Statik fayllarni koโ€˜chirish:

Statik fayllarni yangi katalogga ko'chiring:

 sudo mv /root/sifatedu/staticfiles/* /var/www/sifatedu/static/
sudo mv /root/sifatedu/media/* /var/www/sifatedu/media/



3. Nginx konfiguratsiyasini yangilang:

Yangi joylarga ishora qilish uchun Nginx konfiguratsiyasini o'zgartiring:

location /static/ {
alias /var/www/sifatedu/static/; # Update to new path
}

location /media/ {
alias /var/www/sifatedu/media/; # Update to new path
}



4. Yangi kataloglar uchun ruxsatlarni o'rnating:

Yangi kataloglar to'g'ri egalik va ruxsatlarga ega ekanligiga ishonch hosil qiling:

sudo chown -R www-data:www-data /var/www/sifatedu/static
sudo chown -R www-data:www-data /var/www/sifatedu/media
sudo chmod -R 755 /var/www/sifatedu/static
sudo chmod -R 755 /var/www/sifatedu/media



### 4. Nginx-ni qayta yuklang

Ushbu o'zgarishlarni amalga oshirgandan so'ng, yangi konfiguratsiyani qo'llash uchun Nginx-ni qayta yuklang:

sudo systemctl reload nginx



Admin panelni ngnix o'qiy olmagan vaziatda kerak bo'ladi
๐Ÿ‘1
Forwarded from D i y o r b e k
Men Diyorbek Aliqo'ziyev Python dasturlash tilidan mentorman.
Tajribamga to'xtaladigan bo'lsam 2021-yil pythonni o'rganganman, hozirda 3 yillik tajribaga egaman.
Mentorlik tajribamga to'xtaladigan bo'lsam 6 oy bo'ldi.
Men o'quvchilarga guruh bilan ham individual o'ziga ham dars o'taolaman.
Guruhda eng ko'pi bilan 4 kishi bo'ladi, individualda tabiiyki 1 kishi.

Pythonni 0 dan qunt bilan o'rganish maqsadida yurganlar bo'lsa murojaat qilishi mumkin:
@dalikuziev