Python daturlash maktabi 🐍
579 subscribers
343 photos
180 videos
83 files
389 links
Download Telegram
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Munich shaxriga qilgan sayohati davomida Azimjon Pulatov bilan birga FAANG technical mock interview oldik. Mock interview afsuski to'liq emas, faqat masalani muhokama qilish qismini olishga ulgurdik. Kod yozish qismiga ulgurmadik.

Shunga qaramay video foydali deb kanalimga qo'ydim. Imkon bo'lishi bilan to'liq mock interview olamiz.

P.s. Interview Google ofisida olingan bo'lib noyob video hisoblanadi 😁

https://youtu.be/18YzHBwuCnU
Forwarded from Umar Muhandis
Boshlanishi har doim qiyin bo'ladi.

Raketa eng ko'p energiyani yerdan ko'tarilish fazasida sarflaydi. Yer orbitasidan chiqib olgandan keyin yengillashadi.

Isitma chiqib olguncha odamni ko'p qiynaydi, ma'lum darajaga yetganda qiyinchilik o'tadi.

Dasturlashga kirish boshida qiyin kechadi. Sabot bilan harakat qilinsa bir muddatdan so'ng osonlashadi.

Til o'rganishda asosiy qiyinchilik boshlanishida bo'ladi, keyin yengillashadi.

Natijasi mazali bo'lgan har narsaning boshlanishida qiyinchilik bo'ladi.

Har qiyinchilikdan keyin esa albatta yengillik keladi.
👍1
Ўзбекистонда ҳам дастурчилар орасида хотин-қизлар улуши йилдан-йилга ошмоқда. «Газета.uz» АКТ соҳасидаги қизлар куни муносабати билан IT’даги ўқувчи қизлар билан суҳбатлашди. Улар ҳозирги лойиҳалари, келажак режалари, муаммо ва тўсиқлар ва жамиятдаги стереотиплар ҳақида гапирди.

https://www.gazeta.uz/uz/2024/04/25/girls-in-ict/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Forwarded from Malikov | Blog | Notes
AI o'rganishni istaydiganlar bo'lsa, Musulmon aka darslarini taklif qilaman, tekin videolar chiqarayotgan ekan youtubeda.

https://youtube.com/@tqqt_lcc?si=3FDHJ5cN6FIOB0rt

join » @malikovdev
Forwarded from Muhammadjon's
Qahramonlar kerak emas

Jamoangizda shunday dasturchi bormi: boshqalarga nisbatan ancha ko'p ish bajaradi, jamoa belgilangan muddatgacha ishlarni tugatishga qiynalayotgan bo'lsa, shu odam ishdan keyin ham ishlab, vaqtida tugatishga katta sababchi bo'ladi, boshqalar haftalab qiladigan ishni bir o'zi 1-2 kunda qila oladi. Boshqacharoq qilib aytganda, jamoadagi haqiqiy qahramon, "o't-o'chiruvchi". Balki o'zingiz o'sha qahramondirsiz.

Shunday bo'lsa, bu jamoa uchun aslida zarar!

Nega?

● Shunday qahramonlarga ega jamoada bir-ikki kishiga qaramlilik shakllanadi. Qahramon ketib qolsa, yoki shunchaki ta'tilga chiqsa, jamoa qiyin ahvolda qolishi mumkin. Qahramonning o'zi uchun ham zarar – bemalol dam olmaydi, ko'p bezovta qilinadi.
● Boshqalarda o'sish sekinlashadi. Eng muhim ishlarni doim bir xil dasturchilarga berilsa, qolganlarga oson va uncha muhim bo'lmagan vazifalar yuklanadi. Natijada shundaylar yetarlicha qiyinchilikka duch kelmaydi va o'sishdan to'xtab qoladi.

Xo'sh, nima qilish kerak?

Agar siz:
● o'sha qahramon bo'lsangiz, qahramonlik qilishni to'xtating. Jamoadagi muammolar yuzaga chiqishiga qo'yib bering. Ushbu muammolar sistematik ravishda hal qilinishi kerak. "Juniorga bersak, 1 hafta vaqt oladi, o'zim bu ishni 1 kunda qila olaman" kabi fikrlar bo'lmasligi kerak. Aksincha, qolganlarga yordam bering.
● menejer bo'lsangiz, faqat bir-ikki kishiga eng muhim vazifalarni topshirmang. Jamoaning har bir a'zosiga ishonish kerak. Agar kimdir bir vazifani sekin bajaradigan bo'lsa, qo'yib bering, mayli sekinroq qilsin. Qiynalsa, yordam berish va yo'nalish ko'rsatish kerak. Keyingi safar shunga o'xshash ishni tezroq bajaradi. Balki muammo umuman boshqadir – ko'proq ishchi olish kerakdir.
● chetda qolib ketayotgan dasturchi bo'lsangiz, unda muhimroq vazifalarni so'rashga qo'rqmang. Odatda eng katta o'sish qiyin ishlarni bajarayotganingizda bo'ladi.

Har doim jamoa bir muhim ishni tugatganidan keyin barcha jamoa a'zolari majlis ("retrospective") tashkillashtirib, to'g'ri va xato qilingan ishlarni muhokama qilish kerak: nima xato bo'ldi va keyingi safar uni qanday oldini olsa bo'ladi.

Albatta, har qanday jamoada ba'zan kimdir qahramonlik ko'rsatishiga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Lekin bu takroriy tarzda qilinmasligi va faqat bitta odam qilavermasligi lozim.

Qahramonlar kerak emas!

@muhammadjohns
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Berlinga bo’lgan tashrifimdan foydalangan xolda Jahongir aka bilan bir choy ustida podcast oldik 🥂

Quyidagi mavzularni yoritdik:
— Kiki
— Germaniya xayoti: plyus va minuslar
— Amazon vs Google
— Rust va scalability
— Shaxsiy loyihalar
— Layofflar va hozirgi IT ish bozori

https://www.youtube.com/watch?v=VVlTWHM0UdQ
👍3
Forwarded from UNICON SOFT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Premyera ertaga soat 10:00da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying

🌐 «Junior» ham dasturchimi? Saidolim Djurayev (CTO, Moneff) bilan dasturchilik va dasturchilar haqida #texnosuhbat

Kanalga obuna bo‘ling
https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

Videoni to'liq tomosha qilish
https://youtu.be/c-DNBEUbXQw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Algo Vision (. Azmiddin)
Siz biror joyda telegramni reklamasini kurganmisiz.
Menham Durov bergan intervyusidan keyin qidirb kurdim lekin biror joyda topolmadim.
Qolgan Chat App lardan farqli telegram MT proto protokoli asosida ishlaydi.
20xy yillarda bu protokolni buzish uchun 300 mln dollarlik sovrin elon qilgandi.
jamoalar ushanda malum bir qism(cha) ni buzishgandi lekin bu tezda tuzatildi.
Marketingga jiddiy xarajat qilmasdan kundan kunga ommalashayotgan telegramni
yutuqli tomoni nimada deb uylaysz?
Xavfsizlikmi?
Ozodlikmi?
yoki user interfeysmi?

Telegram kichik jamoa bilan shunday natijalarga erishgan.
juda kichik jamoa boshida aadashmasam 5-6 kishi.
Lekin har bir tasi uz sohasining professionali.
Nikolay Durov haligacha codeforces da yuqori reytingda turadi.

Xulosa nima demoqchiman.
Kuch bitta odamdayam emas!!!!
Kuch ko'pchilikdayam emas.
Kuch bir birini tuldiradigan jamoada!!!
Hech narsaga kech bulmaydi bugundan boshlang qanday loyiha bulishidan qatiy nazar!
👍6
Forwarded from Baxodirjon Mullajonov 🧑‍💻 (Baxodir Mullajonov)
Dasturlash tillari haqida 😁👍

@Baxodirjon_Mullajonov
👍4
Tez orada...
👍4
🔥 Endi siz kompyuterdan yaxshiroq foydalana olasiz

CTRL+B — Matnlarni qalinlashtirib beradi;
CTRL+I — Matnlarni kursiv qilib beradi;
CTRL+U — Matnlarga pastki chiziq qo'yib beradi;
Shift+Enter yoki CTRL+Enter — buni bilasiz )

Bular juda oson-ku, hamma biladi bularni deysizmi? Davom etamiz...

CTRL+Shift+X — Matn o'rtasiga chiziq tortib beradi;
CTRL+A — Barcha matnlarni birdaniga belgilaydi;
CTRL+O — Kompyuteringizdagi ma'lumotlarni kimgadir yuborishning tezkor usuli;
CTRL+F — Qidiruv paneliga o'tish;
Esc — Tezkor ortga qaytish;
CTRL+Z — Amallarni ortga qaytarish;
CTRL+K — Matnlar ichiga havola joylaydi;
CTRL+X — Belgilangan matnni qirqib tashlaydi;
CTRL+ Shift + P — Yashirin matn qilib beradi;
CTRL+Shift+ . — Matnni iqtibos holatiga keltiradi

CTRL + J — Telegram kontaktlarni ko'rsatadi.

⬅️ Bu post do’stlaringiz uchun ham foydali bo’ladi, ulashib qo’yarsiz )

@edfixuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Simple Roadmap to get to job as Programmer

I suggest pay attention to discipline. Main focus in this road is consistency, persistence
Forwarded from Sherzod Shermatov
Kelajakdagi muvaffaqiyatingiz kaliti bu ta’lim olishdagi tirishqoqlikdir! Yaxshi niyat bilan boshlangan ta’limni tashlab qo‘ymang, oxiriga yetkazing!

Prezidentimiz har qanday yig‘ilishda xoh u Xalqaro Investitsiya Forumi bo‘lsin, xoh Ichki ishlar jamoat xavfsizligi bo‘linmasiga tashrif bo‘lsin doim ta’limning muhimligini ta’kidlab keladilar.

Ta’lim olishda boyroq oilada tug‘ilgan yoki tabiiy o‘zlashtirish qobiliyati yaxshiroq boladan ham ko‘ra aynan tirishqoq va o‘z maqsadi sari og‘ishmay harakat qiladigan insonlar muvaffaqiyatga yaxshiroq erishishini olimlar aniqlashgan. (Shu mavzuda yaxshi TED Talk bor: https://youtu.be/H14bBuluwB8 )

IT ta’lim rezidentlarimiz ochiq suhbatda eng katta muammolardan biri aynan shu - ko‘pchilik yoshlarimiz boshlagan darslarini oxiriga yetkazmay tashlab ketishini ta'kidlashmoqda. Yoki bepul onlayn Ingliz tilini o‘rganish uchun juda zo‘r loyiha qilingan: Ibrat farzandlari , boshidagi roliklarni yoshlarimiz yaxshi niyat bilan milliondan ortiq marta ko‘rib Ingliz tilini o‘rganishni boshlagan, lekin 25-darsgacha zo‘rg‘a 50 mingtachasi borgan, 100-darslarga esa 10 mingtacha borgan xolos. Aynan o‘sha tirishqoqlik bilan harakat qilayotgan yoshlarimiz IELTSdan ham yuqori ball olishyapti va kelgusida yaxshiroq daromad topishmoqda. Ular bilan boshida boshlagan, lekin oxiriga yetkazmay tashlab qo‘ygan millionta boshqa yoshlarning farqi faqat shu ularda tirishqoqlikni yetishmasligi. Ularni interneti va vaqti bo‘lsa ham boshqa bekorchi narsalarga chalg‘ib, o‘qishini davom ettirishga harakat qilmayapti.

Shuning uchun yozda ham internetdagi vaqtingizni bekorga sarflamay, chet tilini va kelgusida foydali ko‘nikmalarni o‘rganing. Faqat tirishqoqlik bilan belgilab olgan maqsadlaringizga erishishingiz mumkin, aks holda u faqat orzu bo‘lib qolaveradi…
Forwarded from UzGeeks Community
Dunyo bo'yicha turli dasturlash tillari hamjamiyatlaridagi dasturchilar soni.

@UzGeeksCommunity
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Streamlarni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz videolar orasidan topishingiz mumkin.

Bugungisi ham yuklanib bo’ldi.

https://www.youtube.com/@practicalcoders