Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.1K photos
283 videos
7 files
655 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
Olimpiada 2-bosqich: navbat Matematika faniga! 📣

Bugun, 13-may kuni Fan va texnologiyalar universitetida “Matematika” fanidan olimpiada musobaqasi bo’lib o’tmoqda.

Bir necha daqiqa oldin 1-tur, ya’ni yozma ish imtihonlari boshlandi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz! 🙏

Batafsil @fanjavohirlari kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Fan va texnologiyalar universiteti Chirchiq shahriga tashrif buyurdi!

"Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi Chirchiq shahri yoshlari bilan uchrashdi.

📚 Uchrashuvda universitet haqidagi barcha ma'lumotlar yoshlarga tanishtirildi hamda kelajakda yoshlarning o'z o'rniga ega bo'lishida bilim olish va hunar o'rganish ahamiyati muhim ekanligi to'g'risida so'z bordi.

📌 Fan va texnologiyalar universiteti — kelajak uchun to'g'ri tanlov!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📉 Buxgalteriya hisobi va haqiqiy buxgalterlikka qiziquvchilar diqqatiga!

Fan va texnologiyalar universitetida buxgalteriya sohasida 15 yillik tajribaga ega mutaxassis Otabek Kadirov tomonidan 16-may soat 12:00 da buxgalteriya haqidagi barcha mukammal bilimlar — daromad, buxgalteriya hisobi va tajribali hisobchi ko‘nikmalari to‘g‘risida qaynoq bilimlar ulashiladi.

🤩 Uchrashuvda sizni maxsus masterklass va qimmatli maslahatlar kutmoqda.

🔔Uchrashuv: 317-tadbirlar zalida bo’lib o’tadi.

🔉Mavzuga qiziqqan talabalar va professor-o'qituvchilarni kutamiz!

⚡️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Navbat Ohangaronga yetdi!

📎 Fan va texnologiyalar universiteti endilikda Ohangaron shahriga tashrif buyurib bitiruvchilar bilan an'anaviy "Ochiq eshiklar kuni" tadbirini tashkil etdi.

🤩 Tadbir qaynoq suratda davom etib, kasb tanlash ostonasida turgan yoshlar universitet haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

🎁 Faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar!

Fan va texnologiyalari universiteti yorqin kelajak ostonasi!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 Ona tili fanidan o'tkazilgan olimpiadaning final bosqichidan lavhalar!

💫 Fan va texnologiyalar universitetida maktab bitiruvchilari o'rtasida o‘tkazilayotgan olimpiadaning Ona tili fani bo‘yicha so‘nggi bosqichi bo'lib o'tdi.

📌 Olimpiada 2 bosqichda o'tkazilib, test sinovi va insho yozish bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan yoshlar maxsus ta'lim vaucherlari hamda eng oliy sovrin - Fan va texnologiyalar universitetida grant asosida o'qish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

🏃 Biz bilan kelajak sari qadam tashlang!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Parkentlik yoshlar shu yerdamisiz?

💫 Fan va texnologiyalar universitetining tinib - tinchimas jamoasi Parkent tumanida bo'lib bitiruvchilar uchun an'anaviy "Ochiq eshiklar kuni" tadbirini tashkil etib berishdi.

⚡️Bitiruvchi yoshlarni o'zlari istagan kasbga yo'naltirish hamda Fan va texnologiyalar universiteti haqida batafsil ma'lumot berishni maqsad qilgan uchrashuv a'lo darajada amalga oshirildi.

🤩 Uchrashuv doirasida bitiruvchi yoshlar universitet haqida o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar!

🎁 Faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi kibersport musobaqasida ishtirok etmoqda!

⚡️Universitetlar o'rtasida o'tkazilayotgan yoshlar orasida mashhur bo'lgan o'sha CS2 (Counter-Strike 2) o'yini bo'yicha turnirda bizni jamoa ham ishtirok etmoqda!

💫 Fan va texnologiyalar universiteti jamoasiga omad tilab qolamiz!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Universitetimizning barcha bosqich talabalari diqqatiga!

🇨🇳 Sizda dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri - Xitoydagi Dalyan texnologiya universitetida tashkil etiladigan yozgi maktabga borish istagi bormi?

😃 Unda sizga bu imkoniyatni Fan va texnologiyalar universiteti taqdim etadi!

🤝 Ushbu universitet bilan hamkorligimiz doirasida 2024-yil avgust oyida USAT talabalari uchun Dalyan texnologiya universitetida “Zamonaviy xitoy-romantik Dalyan” yo‘nalishi bo‘yicha 2 haftalik qisqa muddatli o‘quv va malaka oshirish kursi tashkil etiladi.

💵 Mazkur kursda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar talabalarning o‘z hisobidan qoplanadi.

🗓 Ushbu o‘quv va malaka oshirish kursida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 31-may kuni soat 18:00 gacha 401-xona (Iqtisodiyot kafedrasi)ga murojaat qilishlari so‘raladi.

📱 Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamga qo’ng’iroq qiling: +998974770046 - Alisher Sultanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Bugun maktab bitiruvchilari uchun unutilmas kun — “Soʻnggi qoʻngʻiroq”

🇺🇿 Bugun - 25-may kuni respublikamizning barcha maktablarida bitiruvchilar oʻqishni yakunlab, katta hayot sari qadam qoʻyishmoqda.

🎁 Fursatdan foydalanib barchalarini ushbu unutilmas kun bilan tabriklaymiz!

🎉 Ularga yaxshi oliygohlarda taʼlim olishlari va oʻz kasblari orqali davlatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshishlarini tilaymiz!

😊 Oʻqish va ishlaringizda omad yor boʻlsin!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 23-may kuni Fan va texnologiyalar universitetida “Fan javohirlari” olimpiadasining g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

90 mingdan ortiq maktab o’quvchilari ishtirok etgan ushbu olimpiada g’oliblari universitetda 4 yil davomida grant asosida o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishdi. Shu bilan birga, tanlovda yaxshi ishtirok etgan bir qator ishtirokchilarga 15 million so’mgacha bo’lgan vaucherlar hamda kitoblar to’plami sovg'a qilindi.

🎓 Agar siz ham shunday imkoniyatlarni taqdim etuvchi universitet talabasi bo’lishni istasangiz, admission.usat.uz havolasi orqali o’tib, hujjatlaringizni topshiring. Fan va texnologiyalar universitetiga qabul 1-iyundan ochiladi.

Sizlar bilan universitetimizning talabasi sifatida uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz! 🤗

📄 Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli universitetimiz rektori Anvar Norovich!

Barcha professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar nomidan sizni qutlug' 69 yoshni qarshilaganingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Siz universitetimiz va umuman ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan haqiqiy yetakchi va namunasiz. Sizning kasbiy mahoratingiz, tajribangiz, kuch-g'ayratingiz va mehribonligingiz eng yuksak hurmatga loyiqdir.

Biz sizning rahbarligingiz ostida ishlayotganimizdan faxrlanamiz va sizning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlashingizni qadrlaymiz.

Sizga mustahkam sog'liq, baxt, farovonlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Har bir kun sizga quvonch va yangi yutuqlar olib kelsin!

Chuqur hurmat bilan,
Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Diqqat, kasting!

🏢 Fan va texnologiyalar universiteti oʻz talabalari orasida reklama materiallarida suratga tushish uchun kasting eʼlon qiladi!

🙋‍♀🙋‍♂ Kastingda oliygohimizning barcha bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

➡️ Nomzod talabalardan kastingda qatnashish uchun oʻz rasm yoki selfi videolarini ushbu profilga yuborishlarini soʻraymiz: @usatkasting

📍 Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 O‘zbekiston telekanalida universitetimizda o‘tkazilgan “Fan javohirlari” olimpiadasining taqdirlash marosimi haqida lavha namoyish etildi.

🎤 Lavhada Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Farrux Tursunov va Moliya fakulteti dekani Naim Xojiqulov olimpiadaning maqsadlari haqida so‘zlashdi.

🥇 Shuningdek, olimpiadada yuqori o‘rinlarni egallab, grant yutib olgan bo‘lajak talabalarimiz ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

🗓 Eslatib o‘tamiz, taqdirlash marosimi 23-may kuni bo‘lib o‘tgandi. Unda olimpiada g‘olib va sovrindorlariga 4 yil grantda o‘qish uchun sertifikat, 15 million so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar va kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM