Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.1K photos
283 videos
7 files
655 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
Olimpiada 2-bosqich: navbat Matematika faniga! 📣

Bugun, 13-may kuni Fan va texnologiyalar universitetida “Matematika” fanidan olimpiada musobaqasi bo’lib o’tmoqda.

Bir necha daqiqa oldin 1-tur, ya’ni yozma ish imtihonlari boshlandi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz! 🙏

Batafsil @fanjavohirlari kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Fan va texnologiyalar universiteti Chirchiq shahriga tashrif buyurdi!

"Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi Chirchiq shahri yoshlari bilan uchrashdi.

📚 Uchrashuvda universitet haqidagi barcha ma'lumotlar yoshlarga tanishtirildi hamda kelajakda yoshlarning o'z o'rniga ega bo'lishida bilim olish va hunar o'rganish ahamiyati muhim ekanligi to'g'risida so'z bordi.

📌 Fan va texnologiyalar universiteti — kelajak uchun to'g'ri tanlov!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📉 Buxgalteriya hisobi va haqiqiy buxgalterlikka qiziquvchilar diqqatiga!

Fan va texnologiyalar universitetida buxgalteriya sohasida 15 yillik tajribaga ega mutaxassis Otabek Kadirov tomonidan 16-may soat 12:00 da buxgalteriya haqidagi barcha mukammal bilimlar — daromad, buxgalteriya hisobi va tajribali hisobchi ko‘nikmalari to‘g‘risida qaynoq bilimlar ulashiladi.

🤩 Uchrashuvda sizni maxsus masterklass va qimmatli maslahatlar kutmoqda.

🔔Uchrashuv: 317-tadbirlar zalida bo’lib o’tadi.

🔉Mavzuga qiziqqan talabalar va professor-o'qituvchilarni kutamiz!

⚡️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Navbat Ohangaronga yetdi!

📎 Fan va texnologiyalar universiteti endilikda Ohangaron shahriga tashrif buyurib bitiruvchilar bilan an'anaviy "Ochiq eshiklar kuni" tadbirini tashkil etdi.

🤩 Tadbir qaynoq suratda davom etib, kasb tanlash ostonasida turgan yoshlar universitet haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

🎁 Faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar!

Fan va texnologiyalari universiteti yorqin kelajak ostonasi!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 Ona tili fanidan o'tkazilgan olimpiadaning final bosqichidan lavhalar!

💫 Fan va texnologiyalar universitetida maktab bitiruvchilari o'rtasida o‘tkazilayotgan olimpiadaning Ona tili fani bo‘yicha so‘nggi bosqichi bo'lib o'tdi.

📌 Olimpiada 2 bosqichda o'tkazilib, test sinovi va insho yozish bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan yoshlar maxsus ta'lim vaucherlari hamda eng oliy sovrin - Fan va texnologiyalar universitetida grant asosida o'qish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

🏃 Biz bilan kelajak sari qadam tashlang!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Parkentlik yoshlar shu yerdamisiz?

💫 Fan va texnologiyalar universitetining tinib - tinchimas jamoasi Parkent tumanida bo'lib bitiruvchilar uchun an'anaviy "Ochiq eshiklar kuni" tadbirini tashkil etib berishdi.

⚡️Bitiruvchi yoshlarni o'zlari istagan kasbga yo'naltirish hamda Fan va texnologiyalar universiteti haqida batafsil ma'lumot berishni maqsad qilgan uchrashuv a'lo darajada amalga oshirildi.

🤩 Uchrashuv doirasida bitiruvchi yoshlar universitet haqida o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar!

🎁 Faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi kibersport musobaqasida ishtirok etmoqda!

⚡️Universitetlar o'rtasida o'tkazilayotgan yoshlar orasida mashhur bo'lgan o'sha CS2 (Counter-Strike 2) o'yini bo'yicha turnirda bizni jamoa ham ishtirok etmoqda!

💫 Fan va texnologiyalar universiteti jamoasiga omad tilab qolamiz!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Universitetimizning barcha bosqich talabalari diqqatiga!

🇨🇳 Sizda dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri - Xitoydagi Dalyan texnologiya universitetida tashkil etiladigan yozgi maktabga borish istagi bormi?

😃 Unda sizga bu imkoniyatni Fan va texnologiyalar universiteti taqdim etadi!

🤝 Ushbu universitet bilan hamkorligimiz doirasida 2024-yil avgust oyida USAT talabalari uchun Dalyan texnologiya universitetida “Zamonaviy xitoy-romantik Dalyan” yo‘nalishi bo‘yicha 2 haftalik qisqa muddatli o‘quv va malaka oshirish kursi tashkil etiladi.

💵 Mazkur kursda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar talabalarning o‘z hisobidan qoplanadi.

🗓 Ushbu o‘quv va malaka oshirish kursida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 31-may kuni soat 18:00 gacha 401-xona (Iqtisodiyot kafedrasi)ga murojaat qilishlari so‘raladi.

📱 Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamga qo’ng’iroq qiling: +998974770046 - Alisher Sultanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Bugun maktab bitiruvchilari uchun unutilmas kun — “Soʻnggi qoʻngʻiroq”

🇺🇿 Bugun - 25-may kuni respublikamizning barcha maktablarida bitiruvchilar oʻqishni yakunlab, katta hayot sari qadam qoʻyishmoqda.

🎁 Fursatdan foydalanib barchalarini ushbu unutilmas kun bilan tabriklaymiz!

🎉 Ularga yaxshi oliygohlarda taʼlim olishlari va oʻz kasblari orqali davlatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshishlarini tilaymiz!

😊 Oʻqish va ishlaringizda omad yor boʻlsin!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 23-may kuni Fan va texnologiyalar universitetida “Fan javohirlari” olimpiadasining g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

90 mingdan ortiq maktab o’quvchilari ishtirok etgan ushbu olimpiada g’oliblari universitetda 4 yil davomida grant asosida o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishdi. Shu bilan birga, tanlovda yaxshi ishtirok etgan bir qator ishtirokchilarga 15 million so’mgacha bo’lgan vaucherlar hamda kitoblar to’plami sovg'a qilindi.

🎓 Agar siz ham shunday imkoniyatlarni taqdim etuvchi universitet talabasi bo’lishni istasangiz, admission.usat.uz havolasi orqali o’tib, hujjatlaringizni topshiring. Fan va texnologiyalar universitetiga qabul 1-iyundan ochiladi.

Sizlar bilan universitetimizning talabasi sifatida uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz! 🤗

📄 Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM