Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.1K photos
284 videos
7 files
656 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
Программа конференции 24.04.2024.pdf
780.4 KB
E’tiboringizga universitetimizda bo’lib o’tayotgan “Yashil iqtisodiyot - kelajak iqtisodi: innovatsiyalar, investitsiyalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning dasturini havola etamiz.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
24 aprel kuni Fan va texnologiyalar universitetida bo’lib o’tgan “Yashil iqtisodiyot - kelajak iqtisodi: innovatsiyalar, investitsiyalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Kusherbayev Rasul Xidiraliyevich ishtirok etib, o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar uchun Xitoyda ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda

Bugun Fan va texnologiyalar universitetiga Xitoyning eng nufuzli oliygohlaridan biri - Dalyan texnologiya universitetining MDH mamlakatlarini oʻrganish markazi direktori hamda “Bir makon, bir yo‘l” oliy ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yurituvchi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Guo Shuhong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Universitet rahbariyati bilan uchrashuv davomida ikki oliygoh o’rtasidagi hamkorlik, kelajakdagi aloqalar, professor-o'qituvchilar almashinuvi, stajirovka, malaka oshirish masalalari, talabalar almashinuvi, ikki tomon talabalarini yozgi maktablarga qabul qilish jarayonlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga ikki tomon professor-o'qituvchilari birgalikda monografiya, darslik va o'quv qo'llanmalar yozib, nashr etish bo'yicha ham qator masalalar muhokama qilindi hamda amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi. Uchrashuv so'ngida mehmonlarga universitet rektori tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Aytib o’tish lozim, Dalyan texnologiya universiteti 1949-yilda tashkil etilgan. 50 mingga yaqin talabalarga ega ushbu universitet jahon reytingida birinchi darajali oliygoh hisoblanadi. Xitoyda 3000 ta OTM ichida 20-30 o'rinlarni egallaydi.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fan va texnologiyalar universitetida “Ochiq eshiklar” kunlari davom etmoqda

Bu safar Toshkent viloyatida joylashgan maktablardan universitetimizga tashrif buyurgan o’quvchilar oliygohdagi talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishishdi.

Shu bilan birga, faollar zalida mehmonlarimiz uchun qisqa konsert dasturi ham tashkillashtirildi. Tadbir davomida ular turli xil qiziqarli o'yin va viktorinalarda ishtirok etib, qimmatbaho sovg’alar va 1 million so’mlik vaucherlarni qo’lga kiritishdi.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26-aprel kuni Fan va texnologiyalar universiteti Moliya fakulteti Dasturiy injiniring yo'nalishi 1/23 DI guruh talabalari Fizika fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini yanada samarali o'tkazish maqsadida O'zbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga tashrif buyurdilar.

Talabalar ustozlari Ma'mur Davronov ko'rsatmasi yordamida tajriba amaliyotini sinab ko'rdilar. Nazariy bilimlarini amaliyotda sinash talabalar bilimlarini yanada mustahkamladi.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM