14 fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda.
Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy sheʼriyatning eng nodir durdonalari bo‘lib, "Boburnoma", “Mubayyin”, "Xatti Boburiy", Aruz vazni haqidagi risolalari islom huquqshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalari rivojida munosib o‘ringa ega.
Bugun yurtimiz bo‘ylab buyuk bobokalonimizning 541 yilligi keng nishonlanmoqda.
✍️ Siz Zahiriddin Muhammad Boburning qaysi mashhur ruboiy yoki gʻazalini bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
“Fan va texnologiya” xalqaro ilmiy-texnik jurnalida iqtisod fanlari doktori, Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisod” fakulteti dekani, professor Gaibnazarova Zumrat Talatovna hammuallifligida yozilgan “Zaif formallashtirilgan jarayonlarda bankrotlik xavfini prognoz qilish” mavzusidagi maqola chop etildi.
Maqolada prognozlash maqsadida zaif formallashtirilgan jarayonlarda bankrotlik xavfi modeli ishlab chiqilgan.
Aytib o’tish lozim, ushbu jurnal Web of Science, EBSCO, DOAJ, WorldCat, OpenAIRE, Google Scholar, Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi, “Lan” elektron kutubxona tizimi, “CyberLeninka” ilmiy elektron kutubxona, “Sotsionet” va boshqa ko’plab xalqaro tan olingan maʼlumotlar bazalariga kiritilgan.
Jurnal 2002-yildan beri Belarus milliy texnika universiteti tomonidan nashr etiladi.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
14-fevral kuni universitetimizga Yefrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universitetining “Gumanitar fanlar” fakulteti dekani Aleksey Leonidovich Radyuk tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Aleksey Radyuk “Iqtisodiyot” fakulteti dekani, professor Gaibnazarova Zumrat Talatovna hamda "Ijtimoiy fanlar" fakulteti dekani Chariyev Tursun Xuvayevich bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi.
Jumladan, tomonlar qo’shma ta’lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, xalqaro loyihalarda birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, qo'shma o'quv-uslubiy nashrlarni tayyorlash, professor-o'qituvchilar va talabalar akademik mobilligini yo'lga qo'yish, ularni malaka oshirish va stajirovkalarga yuborish kabi yo’nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
🚀 Universitetimizda Toshkent shahridagi Inha universiteti professori, doktor Abhijit Tawaradening “ChatGPT yordamida samaradorlikni oshirish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ta'lim uchun sun'iy intellektdan foydalanishda yangi istiqbollarni ochdi, ChatGPTni o'quv va tadqiqot jarayonlariga integratsiyalashning innovatsion usullarini taklif qildi.
🤖 Seminar ishtirokchilari ChatGPT’dan foydalangan holda o‘qitishni takomillashtirish, muntazam vazifalarni avtomatlashtirish hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar. Professor ushbu texnologiya o‘quv jarayonini qanchalik interaktiv va samaraliroq qila olishini amaliy misollar bilan ko‘rsatib berdi.
📚Bu o'qituvchilar va talabalarga qanday yordam beradi?
Seminar ishtirokchilari quyidagilarni bilib oldilar:
- o'quv jarayonini takomillashtirish va uni yanada interaktiv qilish; - ilmiy ish va maqolalar yozishda ChatGPT’dan samarali foydalanish; - muntazam vazifalarni avtomatlashtirish va ta’lim olishning ijodiy jihatlariga e'tibor berish; - ta'limning umumiy samaradorligi va sifatini oshirish.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya