Fan va texnologiyalar universiteti
11.6K subscribers
1.1K photos
286 videos
7 files
658 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
🟨🟨🟨🟨🟨 🟦🟦🟦🟦

🥳 Qadrli do'stlar, xushxabar bilan bo'lishishga shoshilmoqdamiz!

🎓 Bugun, 25-noyabr kuni respublikamizning barcha hududida OTM talabalari o’rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 135 ta OTM jamoalari ishtirok etdi.

🥇Shu jumladan, olimpiadaning Toshkent shahridagi hududiy saralash bosqichida University of Science and Technologies jamoasi ham ishtirok etib, 54 ta OTM ichida faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Endi universitetimiz talabalari turnirning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Hurmatli USAT jamoasi, biz sizlar bilan faxrlanamiz va g’ururlanamiz! Sizlarga “Zakovat” o’yinining respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritishingizni tilab qolamiz!

🏆 Eslatib o’tamiz, may oyida Buxoro shahrida 50 ga yaqin OTM talabalari ishtirok etgan “Zakovat” o’yinining respublika bosqichida University of Science and Technologies jamoasi faxrli 2-o’rinni, “Shaxsiy o’yin” bo’yicha musobaqada esa 1-o’rinni qo’lga kiritgan edi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident sovrini uchun talabalar o’rtasida o’tkaziladigan “Zakovat” Intellektual olimpiadasining hududiy saralash bosqichi natijalari ma’lum bo’ldi.

Unga ko’ra, intellektual olimpiadaning respublika bosqichi mazkur 50 ta OTM jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Hududiy saralash bosqichida birinchi o’rinni qo’lga kiritgan universitetimiz jamoasiga omad tilaymiz!

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

❗️Talabalar uchun qishki taʼtil kunlari belgilandi

O‘zbekistondagi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvarigacha deb belgilandi.

Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i qabul qilingan.

Taʼtil 13 kalendar kun davom etadi va darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

University of Science and Technologies hamda boshqa oliygohlarda tahsil olayotgan barcha talabalar diqqatiga!

5-6 dekabr kunlari soat 14:00 da USATda talabalar o'rtasida matematika fanidan olimpiada o'tkaziladi. Musobaqa birinchi kuni 411-xonada yozma ish shaklida, ikkinchi kuni 416-xonada test shaklida bo’lib o’tadi.

Olimpiada g’oliblari universitetning faxriy yorlig’i va pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Jumladan, 1-o’rinni qo’lga kiritgan talabaga 1 mln so’m, 2-o’rinni egallagan talabaga 700 ming so’m va 3-o’rinni egallagan talabaga 500 ming so’m pul mukofoti beriladi.

Fan olimpiadasiga barcha oliygohlarning 1-kurs talabalarini taklif etib qolamiz!

Ishtirok etishni istagan talabalar 308-xonada joylashgan "Aniq fanlar" kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😃 University of Science and Technologiesda ingliz tilidan fan olimpiadasi o’tkazilib, g’oliblar universitet ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.

Qiziqarli taassurotlarga boy bo'lgan intellektual musobaqada 30 nafar talaba ishtirok etdi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko’ra, 1-o'rinni Muhammadjon Shavkatov qo’lga kiritib, 1 mln so'm pul mukofoti bilan, 2-o'rin uchun Aziza Abzalhonova 700 ming so'm pul mukofoti bilan, 3-o'rin uchun Madina Suratova 500 ming so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

4, 5 va 6-o'rinni egallagan talabalarga esa tegishli sertifikatlar topshirildi.

🤝 Qadrli talabalar! Sizning ushbu yutuqlaringiz barchamiz uchun ilhom manbaidir. Bu muvaffaqiyat siz uchun yangi marralar va yutuqlar sari birinchi qadam bo'lsin!

Shu bilan to‘xtab qolmay, oldinga intilish, bilimning yangi ufqlarini egallash va yangi cho‘qqilarni zabt etishingizni tilab qolamiz!

🎓 Sizni yana bir bor tabriklaymiz. Xuddi shu ishtiyoq va qat'iyat bilan ta'lim sayohatini davom ettiring!

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM