😃 University of Science and Technologies “Pedagogika” kafedrasi tomonidan talabalar o’rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlov 2 bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqich – fakultet miqyosida 15-dekabr kuni, ikkinchi bosqich – universitet miqyosida 22-dekabr kuni o’tkaziladi.
📚 Bunda quyidagi kitoblarni o’qib chiqish tavsiya qilinadi:
Sizlarni bugungi Xalqaro talabalar kuni bilan tabriklaymiz! Ushbu kun siz – bilimga intilayotgan, qiyinchiliklarni yengib o‘tib, kelajagini ta’lim asosida qurayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.
Talabalik yillari o‘rganish, do‘stlik va kashfiyotlar davri. Sizning mehnatingiz, g'ayratingiz va bilimga intishingiz universitetimizni alohida bir makonga aylantiradi. Biz sizning o'qish, tadqiqot, madaniy va ijtimoiy sohalarda erishayotgan natijalaringizdan faxrlanamiz!
Sizga nafaqat joriy o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlashingizni, balki ushbu davrda har bir yutug’ingizdan quvonch va mamnuniyat topishingizni tilaymiz. Sizning har bir sa'y-harakatlaringiz yorqin va muvaffaqiyatli natijalarga olib kelsin, universitetda olgan bilimlaringiz esa kelajagingiz uchun mustahkam poydevor bo'lsin.
Biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat, bayramingiz muborak bo'lsin, aziz talabalar! Bugungi kun yangi imkoniyatlar va quvonchga to'lsin!
Eng yaxshi tilaklar bilan, University of Science and Technologies ma’muriyati
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
32 yil avval mamlakatimizda "O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Mamlakatimizning asosiy ramzlaridan biri bo'lgan bayroq, xalqimizning ming yillik orzulari va intilishlarini aks ettiradi.
Bayroqni ko’kka ko'tarish - bu eng muhim voqealarni belgilaydigan maxsus marosimdir. Davlat binolari, diplomatik missiyalar, maktablar va universitetlar ustidan, xalqaro musobaqalarda ko'tarilgan Vatan bayrog'i zamonaviy O'zbekistonning yangi g'alabalarining ramziy ifodasi bo'lib, qalblarga ishonch bag'ishlaydi va yangi yutuqlarga undaydi!
Bayrog‘imiz hamisha hurriyat shamolida hilpirab, buyuk xalqimizning mustaqilligi va hamjihatligi ramzi bo‘lib qolsin. Vatanimizga tinchlik va farovonlik tilaymiz!
University of Science and Technologies barcha vatandoshlarimizni ushbu bayram - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
18 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun.
Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bagʻishlaydi. Bayrog‘imiz - bizning g‘ururimizdir!
University of Science and Technologies barcha vatandoshlarimizni mamlakatimiz bayrog'i qabul qilinganining 32 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
😃 Bugun University of Science and Technologiesda 1-bosqich talabalariga talabalik guvohnomalarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Unda Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Tursun Chariyev talabalarni tabriklab, ularga kelajakda ulkan zafarlar tiladi.
👨🏻🎓👩🎓 Aziz talabalar, bu shunchaki guvohnoma emas, bu sizning ta'lim olamiga birinchi qadamlaringizdir. Qiziqarli talabalik dunyosiga xush kelibsiz!
📚 Sizning ushbu olamga sayohatingiz yangi bilimlarga ega bo'lish quvonchiga to'la bo'lsin!
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
Komolov Sadriddin Xayriddinovich 1978-yil 21-yanvar kuni Toshkent viloyatidagi Kalinin hozirgi Sergeli tumanida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan.
Maʼlumoti – oliy. 1995-2001 yillarda Toshkent davlat texnika universitetining bakalavriat va magistratura taʼlim bosqichlarini tamomlagan. 2021-yilda esa “Muxandislik texnologiyalari” fakultetining tayanch doktaranti (PhD) sifatida o‘qishga qabul qilingan. Hozirgi kungacha respublika, xorijiy, xalqaro konferensiyalarda 20 dan ziyod tezis hamda maqolalar chop etgan, hamda anjumanlarda ishtirok etgan.
Sadriddin Komolov oilali, 5 nafar farzandning otasi.
2023-yil sentyabr oyidan boshlab University of Science and Technologies “Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sultanov Alisher Sabirjanovich USAT “Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Alisher Sultanov – 1990-yil 16-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Oilali, 2 nafar farzandning otasi.
Maʼlumoti – oliy. 2009-2015 yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida bakalavriat va magistratura bosqichlarining “Menejment” yo‘nalishini tamomlagan.
Hozirgi kungacha respublika, xorijiy va xalqaro konferensiyalarda 30 dan ziyod tezis hamda maqolalar chop etgan, hamda anjumanlarda ishtirok etgan. Shu bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hamda Belorussiya Respublikalarida ilmiy stajirovka o‘tagan.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
🥳 Qadrli do'stlar, xushxabar bilan bo'lishishga shoshilmoqdamiz!
🎓 Bugun, 25-noyabr kuni respublikamizning barcha hududida OTM talabalari o’rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 135 ta OTM jamoalari ishtirok etdi.
🥇Shu jumladan, olimpiadaning Toshkent shahridagi hududiy saralash bosqichida University of Science and Technologies jamoasi ham ishtirok etib, 54 ta OTM ichida faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Endi universitetimiz talabalari turnirning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Hurmatli USAT jamoasi, biz sizlar bilan faxrlanamiz va g’ururlanamiz! Sizlarga “Zakovat” o’yinining respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritishingizni tilab qolamiz!
🏆 Eslatib o’tamiz, may oyida Buxoro shahrida 50 ga yaqin OTM talabalari ishtirok etgan “Zakovat” o’yinining respublika bosqichida University of Science and Technologies jamoasi faxrli 2-o’rinni, “Shaxsiy o’yin” bo’yicha musobaqada esa 1-o’rinni qo’lga kiritgan edi.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya