Fan va texnologiyalar universiteti
11.6K subscribers
1.11K photos
288 videos
7 files
660 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
15-iyun kuni University of Science and Technologies’ning “Fan javohirlari” loyihasi doirasida biologiyadan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda butun respublikadan tashrif buyurgan 47 nafar maktab bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Olimpiadada qatnashgan barcha o’quvchilar University of Science and Technologies’ga test sinovlarisiz, imtiyozli asosda kirish imkonini beradigan sertifikat bilan taqdirlandi. Imtihonda 70 balldan yuqori ball to’plagan 14 nafar o‘quvchilar esa ikkinchi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Olimpiadaning ikkinchi bosqichi 5-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Aytib o’tish lozim, ikkinchi bosqichda sovrinli 3 ta o’rinni egallagan o‘quvchilar University of Science and Technologies’ga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ertaga, 16-iyun kuni universitetimizda ona tili va adabiyotdan, 17-iyun kuni tarixdan, 19-iyun kuni matematikadan va 20-iyun kuni ingliz tilidan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun tel: +998 (93) 554-62-03

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 16-iyun kuni University of Science and Technologies’ning “Fan javohirlari” loyihasi doirasida ona tili va adabiyotdan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda butun respublikadan tashrif buyurgan 67 nafar maktab bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Olimpiada universitetning so’nggi rusumli kompyuterlar bilan jihozlangan Elektron kutubxonasida tashkil etildi. Imtihonga kelgan o’quvchilar esa o’z bilimlarini sinab ko’rishga muvaffaq bo’lishdi.

Ikki soat davom etgan hayajonli daqiqalardan so’ng barcha ishtirokchilarning natijalari e’lon qilindi. Unga ko’ra, yuqori ko'rsatkichlarga erishgan 20 nafar o‘quvchilar olimpiadaning ikkinchi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Qolganlar ham sovg’asiz qolmadi: imtihonga kelgan barcha o’quvchilar University of Science and Technologies’ga test sinovlarisiz, imtiyozli asosda kirish imkonini beradigan sertifikat bilan taqdirlandi.

Eslatib o’tamiz, olimpiadaning ikkinchi bosqichi 6-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda sovrinli 3 ta o’rinni egallagan o‘quvchilar University of Science and Technologies’ga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ertaga, 17-iyun kuni universitetimizda tarixdan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun tel: +998 (93) 554-62-03

Videoni sifatli formatda YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin: 🌐 https://youtu.be/YZfnG31dEPE

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 17-iyun kuni University of Science and Technologies’ning “Fan javohirlari” loyihasi doirasida tarixdan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda butun respublikadan tashrif buyurgan 40 nafardan ortiq maktab bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Ulardan 16 nafari olimpiadaning ikkinchi bosqichiga yo'l olishdi.

Shu bilan birga, imtihonda qatnashgan barcha o'quvchilar University of Science and Technologies’ga test sinovlarisiz, imtiyozli asosda kirish imkonini beradigan sertifikat bilan taqdirlandi.

Eslatib o’tamiz, olimpiadaning ikkinchi bosqichi 7-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda sovrinli 3 ta o’rinni egallagan o‘quvchilar University of Science and Technologies’ga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Dushanba, 19-iyun kuni universitetimizda matematikadan, 20-iyun kuni ingliz tilidan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun tel: +998 (93) 554-62-03

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 19-iyun kuni University of Science and Technologies’ning “Fan javohirlari” loyihasi doirasida matematikadan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda butun respublikadan tashrif buyurgan 138 nafar maktab bitiruvchilari ishtirok etishdi.

E’lon qilingan natijalarga ko’ra, ishtirokchilarning 33 nafari olimpiadaning ikkinchi bosqichiga yo'l olishdi.

Shu bilan birga, imtihonda qatnashgan barcha o'quvchilar University of Science and Technologies’ga test sinovlarisiz, imtiyozli asosda kirish imkonini beradigan sertifikat bilan taqdirlandi.

Eslatib o’tamiz, olimpiadaning ikkinchi bosqichi iyul oyining boshida bo‘lib o‘tadi. Unda sovrinli 3 ta o’rinni egallagan o‘quvchilar University of Science and Technologies’ga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ertaga, 20-iyun kuni ingliz tilidan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

Videoni sifatli formatda YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin: 🌐 https://youtu.be/yATD_g5x9pA

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
University of Science and Technologies’da “Fan javohirlari” loyihasi o’z yakuniga yetdi. Bugun oxirgi fan - ingliz tili bo’yicha olimpiada imtihonlari o’tkazildi.

Unda 165 nafardan ortiq o’quvchilar ishtirok etib, eng yuqori ball olgan 39 nafari olimpiadaning ikkinchi bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga, imtihonda qatnashgan barcha o'quvchilar University of Science and Technologies’ga test sinovlarisiz, imtiyozli asosda kirish imkonini beradigan sertifikat bilan taqdirlandi.

Eslatib o’tamiz, 5 kun davom etgan “Fan javohirlari” olimpiadasida 5 ta fandan: biologiya, ona tili va adabiyot, tarix, matematika va ingliz tilidan test imtihonlari o’tkazildi. Unda umumiy hisobda 450 nafardan ortiq maktab bitiruvchilari ishtirok etdi. Ularning 122 nafari esa olimpiadaning ikkinchi bosqichiga yo’l oldi.

Ikkinchi bosqich iyul oyining boshida bo‘lib o‘tadi. Unda har bir yo’nalish bo’yicha sovrinli 3 ta o’rinni egallagan o‘quvchilar University of Science and Technologies’ga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Olimpiadada ishtirok etgan barcha o’quvchilarga minnatdorchilik bildirib, omad tilab qolamiz!

Videoni sifatli formatda YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin: 🌐 https://youtu.be/MaoXKpqL3iw

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli University of Science and Technologies talabalari! Oxirgi payt ko’pchiligingiz o'qish joyidan ma'lumotnoma olish maqsadida universitet ma’muriyatiga murojaat qilayotganingizdan xabarimiz bor.

Shuni aytib o’tish lozimki, bu hujjatni olish uchun universitet vakillariga murojaat qilishingiz shart emas, balki o’zingiz mustaqil ravishda my.gov.uz portali orqali ham olishingiz mumkin.

Portalda o'qish joyidan ma'lumotnomani olish bo’yicha batafsil yo’riqnoma bilan quyidagi havola orqali o’tib, tanishishingiz mumkin.

👉🏻 My.gov.uz portalida o'qish joyidan ma'lumotnomani olish 👈🏻

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Hurmatli abituriyentlar!

University of Science and Technologies'da 24-iyun, shanba kuni soat 09:00 da quyidagi ikki yo'nalish bo'yicha kirish imtihonlari o'tkaziladi:

- Moliya va moliyaviy texnologiyalar;

- Bank ishi va auditi.

Ushbu ikki yo'nalishga shu kungacha ariza topshirgan abituriyentlar kechga qolmasdan kelishlarini iltimos qilamiz. O'zingiz bilan hujjatlardan faqat pasport olishingiz talab qilinadi. Imtihon topshirish bepul.

University of Science and Technologies manzili:

Yandex xaritada ko'rish

Google xaritada ko'rish

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
University of Science and Technologies'da “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” va “Bank ishi va auditi” yo'nalishlari bo'yicha kirish imtihonlari boshlandi.

Barcha ishtirok etayotgan abituriyentlarga omad tilab qolamiz!

Aytib o’tish lozim, bu birinchi imtihon bo’lib, iyul va avgust oylarida har bir yo’nalish bo’yicha yana bir necha marta imtihon kunlari o’tkaziladi.

Imtihonlarning aniq sanasi va vaqti oldindan Telegram, Facebook, Instagramdagi sahifalarimizda e'lon qilinadi. Shu bilan birga, har bir abituriyentga sms xabar yuboriladi, hamda mutaxassislarimiz tomonidan qo'ng'iroq qilinadi.

Qabul davom etmoqda, hujjatlaringizni http://admission.usat.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 24-iyun kuni University of Science and Technologies'da “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” va “Bank ishi va auditi” yo'nalishlari bo'yicha birinchi kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Imtihon javoblari abituriyentning ro'yxatdan o'tkazilgan mobil raqamiga SMS yuborish orqali e'lon qilindi.

Imtihonda ishtirok eta olmagan abituriyentlarga keyingi imtihonda qayta ishtirok etish imkoniyati beriladi va buning uchun qayta ro'yxatdan o'tish shart emas.

Keyingi imtihon sanalari rasmiy sahifalarimizda e'lon qilinadi. Shu bilan birga, har bir abituriyentga SMS xabar yuboriladi, hamda mutaxassislarimiz tomonidan qo'ng'iroq qilinadi.

Qabul davom etmoqda, hujjatlaringizni http://admission.usat.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz vatandoshlar!

Sizni bugungi Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, tinchlik-xotirjamlik va shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz!

Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha birdam bo’lsin!

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Hurmatli abituriyentlar!

University of Science and Technologies'da 4-iyul, seshanba kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha o’zbek guruhlari uchun quyidagi ikki yo'nalish bo'yicha kirish imtihonlari o'tkaziladi:

- Maktabgacha ta'lim;

- Boshlang'ich ta'lim.

Ushbu ikki yo'nalishga shu kungacha ariza topshirgan abituriyentlar kechga qolmasdan kelishlarini iltimos qilamiz. O'zingiz bilan hujjatlardan faqat ID-karta yoki pasport olishingiz talab qilinadi. Imtihon topshirish bepul.

University of Science and Technologies manzili:

Yandex xaritada ko'rish

Google xaritada ko'rish

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 3-iyul kuni University of Science and Technologiesda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayevning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Xayrillo Gapparov saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda boshqa nomzodlarning saylovoldi dasturlaridagi ustuvor vazifalar e’tirof etilgan holda Xayrillo Gapparov yig‘ilganlarga nomzodning tarjimai holi, saylovoldi dasturi va undagi asosiy yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, dasturdan “yashil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish hajmlarini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini “yashil” texnologiyalarga o‘tishini iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish tizimini joriy etish, biznesni yashil texnologiyalarga yo‘naltirish, mahsulotlarni yetishtirishda pestitsidlardan foydalanishdan to‘liq voz kechishga yo‘naltirilgan “Yashil O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish tashabbuslarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada kuchaytirish, energiya tejamkor, suv tejamkor texnologiyalarni tatbiq etish masalasi, shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda qonun hujjatlarni takomillashtirish kabi takliflar saylovchilar hamda universitet professor-oʻqituvchilari va xodimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Jumladan, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Tursunov uchrashuvga tashrif buyurgan telekanal jurnalistlariga bergan intervyusida nomzodning “Yashil taraqqiyot uchun!” shiori ostidagi saylovoldi dasturida koʻzda tutilgan takliflarni ro‘yobga chiqarish juda muhimligini, saylovda faol ishtirok etib, oʻzlari munosib deb hisoblagan nomzodni qoʻllab-quvvatlash kerakligini ta’kidladi.

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
University of Science and Technologies'da "Maktabgacha ta'lim" va "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishlari bo'yicha o'zbek guruhlari uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

Eslatib o'tamiz, imtihonga 15:00 gacha kelib, ishtirok etish mumkin.

Abituriyentlarga omad tilab qolamiz!

Barcha yo'nalishlar bo'yicha qabul davom etmoqda, hujjatlaringizni https://admission.usat.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

‼️ Sirtqi ta'lim shakliga ariza topshirganlar uchun imtihonlar yaqin kunlarda boshlanadi va onlayn bo'lib o'tadi.

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM