Fan va texnologiyalar universiteti
11.9K subscribers
1.15K photos
319 videos
7 files
702 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
🎉 Ajoyib yangilik!

Bugun Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "AIFU Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi!


🧠 Mazkur turnir Toshkent shahridagi turli universitetlardan kelgan eng zukko talabalarni bir maydonga jamladi. Musobaqa davomida 10 dan ortiq universitet vakillaridan tashkil topgan 21 ta jamoa o‘z bilimi va tezkor fikrlashi bo‘yicha kuch sinashdi.

Musobaqada Fan va texnologiyalar universitetining “USAT” hamda “SHEDEVR” jamoalari 🥇 va 🥈 o’rinlarni qo’lga kiritishdi.

💐 Universitetimiz jamoalarini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Ularning bilimga chanqoqligi, jamoaviy ishi va aql-zakovati barchaga namuna bo‘ldi!

Talabalarimizga yangi-yangi yutuqlar, g‘alabalar va ulkan marralarni zabt etishda omad tilaymiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏23👍9🎉53😁3
🎥 Farrux Saliyev bilan trening — endi YouTube’da!

9-aprel kuni USAT universitetida bo‘lib o‘tgan “Shaxsiy brend orqali muvaffaqiyatli karyerani boshlash” mavzusidagi eksklyuziv treningning to‘liq videosi endi YouTube kanalimizda! 🔥

📌 Ushbu treningda siz quyidagilarni o‘rganasiz:
— Shaxsiy brendni qanday yaratish kerak?
— Instagram’da obunachilar sonini qanday oshirish mumkin?
— Kontent orqali qanday daromad topiladi?


🎯 Agar siz ham shaxsiy brendingizni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz — bu video aynan siz uchun!

📺 Tomosha qiling, ilhom oling va o‘zingizning shaxsiy brendingizni shakllantirishni bugunoq boshlang!


🔗 Video havolasi: https://youtu.be/xP0GLDgy634
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
⚡️ Hurmatli talabalar!

😄Bizga telegramdagi USAT talabalariga tegishli guruhlarda firibgar paydo bo’lgani haqida xabarlar kelib tushdi. Ushbu odam talabalarga shaxsiy xabardan hamda guruhlarda yozib, o’zini universitet xodimi, tyutor sifatida tanishtirib, qarzga pul so'rab, aldab kelmoqda ekan.

😄Bizda ushbu firibgarning ism-familiyasi va karta raqami mavjud. Jabrlanuvchi bizga hamma skrinshotlarni taqdim etdi. Biz ushbu dalillar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilamiz va albatta ushbu firibgarni topamiz. U qonun oldida albatta javob beradi.

Eslatib o’tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasiga ko’ra bunday firibgarlik 136 mln so’mgacha jarima yoki 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


😄Hurmatli talabalar, eslab qoling! Universitet xodimlari hech qachon sizdan pul so’ramaydi! Hech qachon notanish odamga pul o’tkazib bermang! Ogoh bo’ling!

🗣Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
👍174
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Bugun qilayotgan har bir harakatingiz — ertangi hayotingizga ta’sir qiladi. Har bir ortga surilgan qadam, yo‘qotilgan imkoniyat, e’tiborsizlik...

Kelajakda afsus bilan eslashingiz mumkin bo‘lgan lahzalar.

Agar siz kelajakda o‘zingizni yaxshi ishda, mustahkam hayot bilan, yoki hatto boshqalarga ish o‘rinlari yaratib berayotgan inson sifatida ko‘rishni istasangiz — bugun harakatni boshlang.

USAT — zamonaviy bilim, amaliy tajriba va o‘ziga ishongan avlod uchun. Bu yerda siz o‘z imkoniyatlaringizni kashf etasiz va ertangi kuningizga poydevor qo‘yasiz.

Kelajakda pushaymon bo‘lmaslik uchun, bugun to‘g‘ri tanlov qiling.

USAT — kelajagingizga investitsiya.


Murojaat uchun:
📞 +998788883888

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏114👍4
📢 USATda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi!

2025-yil 24-aprel kuni Fan va Texnologiyalar Universitetida “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Innovatsion investitsiyalash jarayonlarini fan-ta’lim, ishlab chiqarish va iqtisodiyotdagi integratsiyalashuvi: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman muvaffaqiyatli o‘tkazildi.


🌍 Anjumanda Polsha, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi 10 dan ortiq davlatlardan 500+ ilmiy maqola taqdim etildi. Shundan 120 tasi tanlab olinib, tematik sessiyalarda keng muhokama qilindi.


👨‍🏫 Tadbirda 20 ga yaqin xorijiy olimlar, 250+ mahalliy professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.


📚 Anjumanda taqdim etilgan maqolalar nufuzli xalqaro bazalarda chop etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Google Scholar tizimida indekslanadi.


Ushbu anjuman ilm-fanni real iqtisodiyot bilan bog‘lovchi muhim tadbirga aylandi!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73
🎉 USAT “Yosh ma’rifatchilar” jamoasining navbatdagi yutug‘i!

📍 2025-yil 24-aprel kuni Fan va Texnologiyalar Universitetining “Yosh ma’rifatchilar” jamoasi Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining 3-mintaqaviy bosqichida faxrli II-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


📝 Tanlovda jamoamiz adiblarimizning boy merosi, ma’naviy qadriyatlari asosida tayyorlangan chiqishlari bilan e’tirof etildi. Har bir ishtirokchi o‘zining bilim va iqtidorini namoyon etib, USAT nomini munosib himoya qildi.

🏅 Bunday yutuqlar bizni faxrlantiradi va kelajakda yanada yuqori natijalarga erishishga undaydi.


💫 “Yosh ma’rifatchilar” jamoasini chin dildan tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍97😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 USAT “Yosh ma’rifatchilar” jamoasidan katta yutuq!

📍 2025-yil 24-aprel kuni jamoamiz Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining 3-mintaqaviy bosqichida faxrli II-o‘rinni egalladi.

📝 Ishtirokchilar adiblarimiz merosi asosida tayyorlangan chiqishlari bilan yuqori baholandi va USAT nomini munosib himoya qildi.

💫 Jamoamizni tabriklaymiz va kelgusi muvaffaqiyatlarda omad tilaymiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12👍105😁1