Fan va texnologiyalar universiteti
11.8K subscribers
1.18K photos
346 videos
7 files
730 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
🤝 USAT va Batumi davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

Fan va Texnologiyalar Universiteti delegatsiyasi, professor Zumrat Talatovna Gaibnazarova boshchiligida Shota Rustavelli nomidagi Batumi davlat universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.


📍 Tashrif davomida universitet rektori Tite Aroshidze, ta’lim sifati bo‘yicha mas’ullar va fakultet dekanlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📄 Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuv quyidagilarni o'z ichiga oladi:

🔬 Ilmiy tadqiqotlar va akademik loyihalar;
🎓 O‘quv jarayonlarini takomillashtirish;
🌍 Talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
📈 Iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro rivojlanish.


Kelgusidagi hamkorlik nafaqat ta’lim, balki ilmiy yutuqlar yo‘lida ham muhim qadam bo‘ladi!

🗣Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 11
⚠️ Abituriyent va ota-onalar diqqatiga!

"USAT'da qabul boshlandimi?", degan ko'plab savollar kelib tushyapti.


Fan va texnologiyalar universitetida rasman qabul boshlangani yo'q.

Lekin...

1️⃣ USAT'da qabul tartibi;
2️⃣ Qanday yo'nalishlar borligi;
3️⃣ Qanday qilib USAT talabasi bo'lishi mumkinligi haqida savollaringiz bo'lsa...


Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting. Operatorlarimiz siz bilan bog'lanib, batafsil ma'lumot berishadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun:
👉 https://forms.gle/Vx6uaPrGJLsA5WrW7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 14
🏆 USATda “Ilhom” mukofoti tanlovining saralash bosqichi yakunlandi!

Fan va texnologiyalar universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ilhom” mukofoti tanlovining dastlabki saralash bosqichi yuksak saviyada tashkil etildi va ijtimoiy tarmoqlar orqali talabalarimizga keng yoritib berildi.


📚 Tanlov natijalariga ko‘ra, universitetimizning 3-bosqich talabasi Muxammadiyeva Xolida Ismoilovna mutlaq g‘olib deb topildi! 🎉

Uning ilmiy-ijodiy ishlari jamlanmasi yig‘ma jild shaklida rasmiylashtirilib, rektor taqdimnomasi asosida tanlovning tashkiliy qo‘mitasiga topshirildi.


👏 G‘olibimizni tabriklaymiz va kelgusi bosqichda ham yuksak natijalar tilab qolamiz.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 15
🎉 Ajoyib yangilik!

Bugun Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "AIFU Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi!


🧠 Mazkur turnir Toshkent shahridagi turli universitetlardan kelgan eng zukko talabalarni bir maydonga jamladi. Musobaqa davomida 10 dan ortiq universitet vakillaridan tashkil topgan 21 ta jamoa o‘z bilimi va tezkor fikrlashi bo‘yicha kuch sinashdi.

Musobaqada Fan va texnologiyalar universitetining “USAT” hamda “SHEDEVR” jamoalari 🥇 va 🥈 o’rinlarni qo’lga kiritishdi.

💐 Universitetimiz jamoalarini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Ularning bilimga chanqoqligi, jamoaviy ishi va aql-zakovati barchaga namuna bo‘ldi!

Talabalarimizga yangi-yangi yutuqlar, g‘alabalar va ulkan marralarni zabt etishda omad tilaymiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 15
🎥 Farrux Saliyev bilan trening — endi YouTube’da!

9-aprel kuni USAT universitetida bo‘lib o‘tgan “Shaxsiy brend orqali muvaffaqiyatli karyerani boshlash” mavzusidagi eksklyuziv treningning to‘liq videosi endi YouTube kanalimizda! 🔥

📌 Ushbu treningda siz quyidagilarni o‘rganasiz:
— Shaxsiy brendni qanday yaratish kerak?
— Instagram’da obunachilar sonini qanday oshirish mumkin?
— Kontent orqali qanday daromad topiladi?


🎯 Agar siz ham shaxsiy brendingizni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz — bu video aynan siz uchun!

📺 Tomosha qiling, ilhom oling va o‘zingizning shaxsiy brendingizni shakllantirishni bugunoq boshlang!


🔗 Video havolasi: https://youtu.be/xP0GLDgy634
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 17
⚡️ Hurmatli talabalar!

😄Bizga telegramdagi USAT talabalariga tegishli guruhlarda firibgar paydo bo’lgani haqida xabarlar kelib tushdi. Ushbu odam talabalarga shaxsiy xabardan hamda guruhlarda yozib, o’zini universitet xodimi, tyutor sifatida tanishtirib, qarzga pul so'rab, aldab kelmoqda ekan.

😄Bizda ushbu firibgarning ism-familiyasi va karta raqami mavjud. Jabrlanuvchi bizga hamma skrinshotlarni taqdim etdi. Biz ushbu dalillar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilamiz va albatta ushbu firibgarni topamiz. U qonun oldida albatta javob beradi.

Eslatib o’tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasiga ko’ra bunday firibgarlik 136 mln so’mgacha jarima yoki 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


😄Hurmatli talabalar, eslab qoling! Universitet xodimlari hech qachon sizdan pul so’ramaydi! Hech qachon notanish odamga pul o’tkazib bermang! Ogoh bo’ling!

🗣Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
April 23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Bugun qilayotgan har bir harakatingiz — ertangi hayotingizga ta’sir qiladi. Har bir ortga surilgan qadam, yo‘qotilgan imkoniyat, e’tiborsizlik...

Kelajakda afsus bilan eslashingiz mumkin bo‘lgan lahzalar.

Agar siz kelajakda o‘zingizni yaxshi ishda, mustahkam hayot bilan, yoki hatto boshqalarga ish o‘rinlari yaratib berayotgan inson sifatida ko‘rishni istasangiz — bugun harakatni boshlang.

USAT — zamonaviy bilim, amaliy tajriba va o‘ziga ishongan avlod uchun. Bu yerda siz o‘z imkoniyatlaringizni kashf etasiz va ertangi kuningizga poydevor qo‘yasiz.

Kelajakda pushaymon bo‘lmaslik uchun, bugun to‘g‘ri tanlov qiling.

USAT — kelajagingizga investitsiya.


Murojaat uchun:
📞 +998788883888

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 23
📢 USATda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi!

2025-yil 24-aprel kuni Fan va Texnologiyalar Universitetida “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Innovatsion investitsiyalash jarayonlarini fan-ta’lim, ishlab chiqarish va iqtisodiyotdagi integratsiyalashuvi: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman muvaffaqiyatli o‘tkazildi.


🌍 Anjumanda Polsha, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi 10 dan ortiq davlatlardan 500+ ilmiy maqola taqdim etildi. Shundan 120 tasi tanlab olinib, tematik sessiyalarda keng muhokama qilindi.


👨‍🏫 Tadbirda 20 ga yaqin xorijiy olimlar, 250+ mahalliy professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.


📚 Anjumanda taqdim etilgan maqolalar nufuzli xalqaro bazalarda chop etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Google Scholar tizimida indekslanadi.


Ushbu anjuman ilm-fanni real iqtisodiyot bilan bog‘lovchi muhim tadbirga aylandi!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 24