🎓 USAT universiteti rektor stipendiyasi sohibalarini tabriklaymiz!
Bugun universitetimizda iqtidorli va faol talabalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Rektor stipendiyasi – bu nafaqat yutuq, balki tinimsiz mehnat va intilishga berilgan munosib mukofotdir.
📌 Stipendiya sovrindorlari o‘z bilim va tashabbuskorligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib, universitet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalar orasidan saralandi.
💡 Kelajak ilmi va innovatsiyalar sari intilgan yoshlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
USAT universiteti tyutorlari talabalar bilan ishlash, ularning dars jarayonini nazorat qilish va akademik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
Bu videoda tyutorning kunlik faoliyati, talabalar bilan ishlash jarayonlari va universitet hayotidagi o‘rni aks etgan.
💬 Siz tyutorlarga qanday savol bergan bo‘lar edingiz? Izohlarda qoldiring.
🔥 USAT jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga yetib keldi. Endi talabalarimiz nafaqat yangi bilim va tajribalar orttirishadi, balki dunyodagi eng innovatsion shaharlardan birida o‘z sohalari bo‘yicha ilhomlanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
🏗 Zamonaviy arxitektura, ilg‘or texnologiyalar va biznes muhitini o‘rganish – bu safarning asosiy maqsadi.
🚀 Oldinda Birlashgan Arab Amirligining eng qiziqarli joylari, ta’lim va tadbirkorlik sohalaridagi tajribalar kutmoqda. Talabalarimizning sayohatdagi taassurotlari va yangiliklarini kuzatib boring!