Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.16K photos
331 videos
7 files
713 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
🎓 Iqtidorli talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi!

📅 22-yanvar kuni, soat 10:00 da USAT universitetida "Iqtisodiyot" kafedrasi boshchiligida "Iqtisodiyot", "Logistika" va "Turizm va mehmondo‘stlik" yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi.

💡 Anjuman haqida:
Talabalar o‘zlari tahsil olayotgan sohalardagi muammolar va ularning yechimlari haqida taqdimotlar qildilar. Iqtidorli talabalar tomonidan taqdim etilgan innovatsion yechimlar barchaning e’tiborini tortdi.


🏆 Anjuman yakunida 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

USAT universiteti iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 22
📢 DIQQAT TALABALAR!

🎓 USAT universiteti talabalari uchun 2-semestr darslari boshlanish arafasida!

📅 27-yanvar kuni, soat 08:30 dan boshlab kunduzgi barcha guruhlar uchun o‘quv jarayonlari rasman start oladi.

Yangi semestrda barchangizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
USAT sahifasida yangi rubrika

💬 Yangi rubrikamiz sizga yoqdimi? Videoni ko’rib, fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 23
📣 Hurmatli fan va texnologiyalar universiteti talabalari hamda qadrli ustozlar!

Sizlarga muhim yangilikni ma’lum qilamiz.

Universitet ma’muriyati tomonidan o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida, 2024-2025 o'quv yilining 2-semestridan boshlab darslar soat 8:30 da boshlanishi belgilandi. Ushbu qaror quyidagi sabablarga asoslangan:


1️⃣O‘quv jarayonining erta tugashi: Darslarning erta boshlanishi talabalar va o‘qituvchilarga kunning qolgan qismini ilmiy, kasbiy yoki shaxsiy faoliyatga samarali sarflash imkonini beradi.

2️⃣Transport qulayligi: Darslarning erta boshlanishi transport qatnovining tig‘iz vaqtida ortiqcha vaqt yo‘qotmaslikka yordam beradi.

3️⃣Sog‘lom turmush tarzi: O‘quv jarayonining yangi jadvali talabalar va o‘qituvchilarni kunni to‘g‘ri rejalashtirishga undaydi, bu esa ularning jismoniy va ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

💬Shuningdek, tanaffuslar vaqti qayta ko‘rib chiqilib, katta tanaffus endilikda 40 daqiqa davom etadi. Bu esa talabalar va o‘qituvchilarga ovqatlanish, dam olish va boshqa muhim ehtiyojlarni bajarish uchun yetarli vaqtni taqdim etadi.

1-para: 08:30 dan 09:50 gacha
2-para: 10:00 dan 11:20 gacha
Katta tanaffus: 11:20 dan 12:00 gacha
3-para: 12:00 dan 13:20 gacha


E’tiboringiz uchun rahmat. Yangi tartibda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
Fan va texnologiyalar universiteti ma’muriyati


🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 24
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣
Hurmatli talaba va qadrli ustozlar!

Bugundan 2-semestr darslariga start berildi.

Eslatib o'tamiz. Universitetimiz hududida yangi oshxona faoliyatini boshladi. Barcha talaba va ustozlarni katta tanaffus vaqti, 11:20 dan 12:00 oralig'ida oshxonada kutib qolamiz.


Videoni ko'rish orqali oshxonamizga qanday borish yo'lini bilib olasiz.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 27
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SMS'ni adashib boshqa odamga yuborib qo'yganingda 😁

✈️ Videoni doim adashib boshqa sms yuboradigan talaba do’stingizga yuborib qo’ying.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 30
“Bo‘lajak Olim” — ilmiy g‘oyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash! 🚀

Bugun sizni “Bo‘lajak Olim” loyihasi bilan tanishtiramiz! 🔬

“Bo‘lajak Olim” — bu ilmga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbusli loyiha bo‘lib, u innovatsion fikrlashni rivojlantirish, ilmiy loyihalarni yaratish va tadqiqotlaringizni moliyalashtirishga yordam beradi.

🔎Loyiha orqali:
Innovatsion loyihangizni moliyalashtirish;
Xalqaro konferensiya va treninglarda ishtirok etish;
Tajribali mentorlar bilan hamkorlik qilish;
Ilmiy ishlaringizni amaliyotga tadbiq etishingiz mumkin bo‘ladi.

🔍 Kimlar ishtirok eta oladi?
- Bakalavr, magistr va doktorantlar;
- 35 yoshgacha bo‘lgan yosh tadqiqotchilar;
- Ilmiy yoki amaliy loyihasi bo‘lgan har bir USAT vakili.



Yanada batafsil bu yerda bilib olsangiz bo‘ladi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 30
📢 “Eko-turizm Zakovat” intellektual o‘yini

Turizmni yoshlar orasida ommalashtirish, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimizdagi eko-turizmga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida USAT universiteti talabalari o‘rtasida qiziqarli zakovat o‘yini tashkil etilmoqda!
🌍


Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar esdalik sovg‘alari 🎁 bilan taqdirlanadi!

📅 O‘yin sanasi: 5-fevral
Boshlanish vaqti: 13:30
📍 Manzil: 317-xona


👥 Qanday qatnashish mumkin?

1️⃣
6 kishidan iborat jamoa tuzing
2️⃣
Jamoangiz nomini @owner44 orqali ro‘yxatdan o‘tkazing

Qo‘shimcha ma’lumotni @zakovatusat kanalida olishingiz mumkin.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 USAT – ilm va innovatsiya maskani!

Bu yerda har bir kun – yangi bilimlar, ilhom va rivojlanish uchun imkoniyat.

📚 Zamonaviy auditoriyalar
💻 Innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan muhit
🤝 Do‘stona va ilhomlantiruvchi talaba hayoti

USAT’da nafaqat ta’lim, balki kelajak uchun mustahkam poydevor quramiz.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 USAT talabasining bir kuni!

Universitetimiz talabasi Isomiddinova Sitora o‘zining odatiy kunini siz bilan bo‘lishdi.

💬 Videoni ko'rib, izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
USAT – haqiqiy bilim va natija beruvchi universitet! 🚀

Bizning jamoamiz nafaqat talabalar, balki butun jamiyat uchun o‘rnak bo‘ladigan insonlardan iborat!

🏆 USAT universitetining 1-prorektori Farrux G‘ulomovich Tursunov farzandlari “Zayed Sustainability Prize” xalqaro tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, BAA Prezidenti tomonidan BYD avtomobili bilan taqdirlandi.

🎯 Fan va texnologiyalar universiteti farzandlaringizni kelajakka tayyorlaydi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 6
‼️Chet elda amaliyot qilish
uchun ajoyib imkoniyat!


Hurmatli USAT talabalari, “Iqtisodiyot” kafedrasi Turizm yo‘nalishi bo‘yicha chet el stajirovkasi uchun 1 nafar o‘g‘il bola talabani qabul qilmoqda!

📌Shart: Xorijiy pasport tayyor bo‘lishi kerak.

🌍 Stajirovka tafsilotlari

📍Manzil: Birlashgan Arab Amirliklari
🗓 Muddat: 12-fevral – 7 kecha, 8 kun
🏨 Turar joy:
Dubay: Capital Center by Rotana (3*+)
Abu Dabi: Media Rotana (5*)
💰 Narx: $640

🎓 Stajirovka nimalarni o‘z ichiga oladi?

✈️ Toshkent – Dubay – Toshkent (CentrumAir to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys)
🚌 Transfer xizmati
🍽 Ovqatlanish (tanlangan kontseptsiyaga muvofiq)
🏨 Turar joy
💊 Tibbiy sug‘urta
🎁 Sovg‘a sifatida ekskursiyalar:
Oq masjid (Sheikh Zayed Grand Mosque)
Burj Al Arab mehmonxonasiga ekskursiya
🏨 Turli mehmonxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish
🧳 Yuk me’yori: 25 kg yuk + 5 kg qo‘l yuki


📩 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📌 Admin: @Bonuboss
📌 Kafedra mudiri: @AlisherSultanov

🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: @InterenshipForUsat

📢 Chet elda amaliy tajriba orttirish va turizm sohasida bilimlaringizni oshirish uchun bu noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adabiyot va ma’rifat kechasi – USATda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag‘ishlandi!

📖 Kecha universitetimizda buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar sahna ko‘rinishlari orqali ulug‘ shoirlarning hayoti va ijodiy merosini jonlantirishdi, ustozlar esa ularning asarlari va ma’naviy qadriyatlari haqida so‘z yuritishdi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 8
🎓 Fan va texnologiyalar universitetida iqtidorli, bilimli va tashabbuskor talaba qizlar uchun “Olima qizlar klubi”ga a’zolik suhbatlari bo‘lib o‘tdi

📅 7-fevral kuni tashkil etilgan tanlovda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Zumrat Talatovna Gaibnazarova klubning maqsadi va talaba qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Klub a’zolari ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlanadi. Universitetimizning tajribali olima ayollari esa yosh tadqiqotchilarga qimmatli maslahatlar berib, ularning kelajak rejalari bilan tanishishdi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 9
📢 USAT universitetida “Olima qizlar klubi”ga qabul boshlandi!

🎓 Fan va texnologiyalar universiteti ilm-fan sohasiga qiziqadigan, ilmiy izlanishlar olib borishni xohlaydigan iqtidorli talaba qizlarni “Olima qizlar klubi” safiga qo‘shilishga taklif etadi!

Klubga a’zo bo‘lish shartlari:
🔹 Ilm-fanga bo‘lgan qiziqish va izlanishga intilish;
🔹 Xorijiy va mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish salohiyati;
🔹 Xalqaro va respublika konferensiyalarida ilmiy ma’ruzalar qilish qobiliyati;
🔹 Startup loyihalar uchun innovatsion ishlanmalar yaratish;
🔹 Ilmiy rahbarlar bilan loyihalarda ishtirok etish va ko‘maklashish;
🔹 Xorijlik mehmonlar tashrifida tarjimonlik qilish;
🔹 Ilmiy sohaga oid tadbirlarda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatish.


📍 Murojaat uchun manzil: USAT, 201-xona
🕒 Qabul vaqti: Dushanba – Seshanba – Chorshanba, soat 14:00-17:00

📌 Agar siz ham ilmiy izlanish olib borishni xohlasangiz, “Olima qizlar klubi” siz uchun ajoyib imkoniyat!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 9
🇺🇸 Welcome to USAT University!

The University of Science and Technology (USAT) is a hub of knowledge, innovation, and success, opening doors to your future.

Established in 2022, USAT offers 18 undergraduate and 6 master's programs, preparing top specialists in economics, business, IT, engineering, tourism, and more.

📚 With a library of 23,000+ books, a modern coworking space, advanced laboratories, and state-of-the-art infrastructure, students gain both theoretical knowledge and real-world experience.

🏆 USAT student achievements:
🔹 Winners of the "Zakovat" intellectual competition, receiving a 2 billion UZS Presidential grant
🔹 International partnerships and exchange programs with top universities in the USA, China, Qatar, Belarus, and Kazakhstan

USAT University – Your first step towards knowledge and success!

------------------------------------

🇺🇿 USAT universitetiga xush kelibsiz!

Kelajak ilmi va texnologiyalar markazi bo‘lgan Fan va texnologiyalar universiteti – bilim, innovatsiya va muvaffaqiyat sari yo‘lingizni ochib beradigan joy.

2022-yilda asos solingan universitet bugungi kunda 18 ta bakalavriat va 6 ta magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlamoqda. Talabalarimiz iqtisodiyot, biznes, IT, muhandislik, turizm kabi sohalarda tahsil olishmoqda.

📚 23 000+ kitobga ega kutubxona, zamonaviy kovorking hududi, ilg‘or laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulotlar uchun maxsus jihozlangan infratuzilma – bularning barchasi talabalarga nazariy bilimlarni mustahkamlash va real tajriba orttirish imkoniyatini beradi.

🏆 USAT talabalarining yutuqlari:
🔹 "Zakovat" musobaqasida 2 milliard so‘m Prezident mukofoti
🔹 AQSH, Xitoy, Qatar, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorlik va almashinuv dasturlari

Fan va texnologiyalar universiteti – bilim va muvaffaqiyat sari birinchi qadam!


🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 11