Fan va texnologiyalar universiteti
11.6K subscribers
1.1K photos
287 videos
7 files
659 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
🥳 Qadrli do'stlar, xushxabar bilan bo'lishishga shoshilmoqdamiz!

🏆 Respublikamizning 50 ta oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinida USAT talabalari faxrli 2-o'rinni egallashdi!

⚡️ Eslatib o'tamiz, ʼʼIntellektual haftalikʼʼ doirasida o'tkazilgan tadbirning final bosqichi Buxoro viloyatida bo'lib o'tdi.

Shiddatli kechgan va qiziqarli taassurotlarga boy bo'lgan o'yinda universitetimizning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi rahbari Fotima Jumanazarova boshchiligida quyidagi talabalarimiz sovrindor bo'lishdi:

1. Soxib Jontayev;
2. Asliddin Mirzakarimov;
3. Abdulvohid Abdullayev;
4. Begzod Tursunboyev;
5. Komila Rasulova;
6. Sevinch Absamatova;
7. Mirjalol Kattayev.

Hurmatli talabalar! Biz siz bilan faxrlanamiz!

☎️ +99878 888 38 88
🌐 usat.uz
📍г.Ташкент, Алгоритм, улица Дийдор, дом 71

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥 University of Science and Technologies talabalari intellektual cho’qqilarni zabt etishda davom etmoqda!

Bugun Buxoro shahrida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Intellektual haftalik” doirasida “Shaxsiy o’yin” bo’yicha chempionat o’z yakuniga yetdi.

Eng quvonarlisi, finalda 360 ball bilan birinchi o’rinni universitetimiz talabasi Mirjalol Kattayev qo’lga kiritdi 🥇va 20 mln. so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi! 🥳

Bir kun avval USAT jamoasi haftalik doirasida o’tkazilgan “Zakovat” o'yinida faxrli 2-o'rinni egallagan edi.

🤔 Eslatib o’tamiz, tadbirda respublikamizning 50 ga yaqin oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Biz butun universitet rahbariyati va talabalari nomidan Mirjalol Kattayevni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelajakda bundanda yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz! 🤲

☎️ +99878 888 38 88
🌐 usat.uz
📍г.Ташкент, Алгоритм, улица Дийдор, дом 71

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Django Academy
📣 Diqqat, do'stlar! 📣

29-may soat 16:00 da Django Academy o'quv markazida grafik dizayn bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tadi! 🎨

Agar siz chiroyli va funksional dizaynlarni qanday yaratishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, unda ushbu darsimiz siz uchun! Ochiq dars davomida siz dizayn asoslari bilan tanishasiz, rang va shriftlar bilan ishlashni o'rganasiz. 🧐

O'z mahoratingizni va ijodiy salohiyatingizni oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! @djangoacademy_admin'ga yozing va hoziroq ochiq darsga ro‘yxatdan o‘ting! 💻

Ha aytgancha, ochiq darsga tashrif buyurgan har bir ishtirokchiga ajoyib sovg'amiz bor. 🎁

Sizni o'quv markazimizda kutamiz! 🤗

☎️ +99871 200 73 77
🌐 djangoacademy.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm, Diydor ko’chasi 71.
📍 Mo’ljal: Fan va texnologiyalar universiteti, sobiq Roison binosi

📸 Instagram | Telegram |💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli universitetimiz rektori Anvar Norovich!

Barcha o'qituvchilar, xodimlar va talabalar nomidan sizni qutlug' 68 yoshni qarshilaganingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Siz universitetimiz va umuman ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan haqiqiy yetakchi va namunasiz. Sizning kasbiy mahoratingiz, tajribangiz, kuch-g'ayratingiz va mehribonligingiz eng yuksak hurmatga loyiqdir.

Biz sizning rahbarligingiz ostida ishlayotganimizdan faxrlanamiz va sizning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlashingizni qadrlaymiz.

Sizga mustahkam sog'liq, baxt, farovonlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Har bir kun sizga quvonch va yangi yutuqlar olib kelsin!

Chuqur hurmat bilan,
University of Science and Technologies jamoasi
Hurmatli abituriyentlar!

Universitetimizga qabul boshlanganini eslatib o’tmoqchimiz. University of Science and Technologies – sifatli ta’lim olish va o‘z sohasining muvaffaqiyatli mutaxassisi bo‘lishni xohlovchilar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Universitetimiz 12 ta ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy moddiy-texnika bazasi, tajribali va malakali professor-o‘qituvchilar, shuningdek, talabalarning ijodiy va ilmiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi.

Shu bilan birga, siz vaqtingizga qarab quyidagi ta’lim turlaridan birini tanlashingiz mumkin:

1️⃣-kunduzgi ta’lim;
2️⃣-sirtqi ta’lim;
3️⃣-kechki ta’lim;

Bizning do'stona jamoamizning bir qismi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Qabul shartlari, talab qilinadigan hujjatlar va arizalarni topshirish muddatlari haqida batafsil ma'lumotni quyidagi telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, bilib olishingiz mumkin.

Sizni universitetimizda kutamiz!

☎️ +99878 888 38 88
🌐 usat.uz
📍Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarning yuzidagi tabassum - inson nigohini quvontiruvchi eng ajoyib tuyg'u desak adashmaymiz. Bu tabassumlarda shu qadar ko'p samimiylik va ishonch mujassam-ki, ular eng badjahl va qattiqqo'l yurak sohibini ham eritishga qodir.

University of Science and Technologies barcha bolalar va ularning ota-onalarini bugungi ajoyib bayram – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!

Bolalar bizning kelajagimiz, umidimiz va quvonchimizdir. Biz ularning xavfsizligi, ta'lim olishi, salomatligi va baxtiyorligini ta'minlash uchun qo’limizdan kelgan barcha narsani qilishimiz kerak.

Aziz bolajonlar! Qalblaringiz doimo mehr va umidga to'lsin, yuzlaringiz doimo tabassum, ko'zlaringiz esa nur bilan porlasin!

Ishonamizki, har biringiz katta muvaffaqiyatlarga erisha olasiz va baxtli inson bo'lasiz. Bizning universitet esa kelajakda sizga eng sifatli ta'lim berib, maqsadlaringizga erishishga yordam beradi.

Sizni universitetimizda kutamiz!

☎️ +99878 888 38 88
🌐 usat.uz
📍Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
University of Science and Technologies binosida joylashgan Django Academy o'quv markazi universitetning barcha talabalarini dasturlash (Frontend, Backend) va grafik dizayn bo'yicha kurslarga taklif qiladi. Hozirgi kunda USAT talabalari hamda universitet xodimlarining farzandlariga birinchi oy uchun 50%, qolgan oylar uchun esa 20% chegirma mavjud.

Siz kurslarimizda ajoyib loyihalarni yaratish uchun kerak bo'lgan barcha ko’nikmalarni o’z ishining mutaxassisi bo’lgan o'qituvchilardan o'rganasiz. Shuningdek, sizga har bir kurs oxirida malaka va bilimingizni potentsial ish beruvchilarga isbotlovchi sertifikat beriladi. Va bu hammasi emas! Django Academy sizga rezyume yozish, suhbatga tayyorgarlik ko'rish va mamlakatning eng yaxshi IT-kompaniyalarida bo'sh ish o'rinlarini topish va u yerga joylashishga yordam beradi.

Siz dasturchi yoki dizayner sifatida ish boshlab, oyiga $500 dan daromad olib, bilim uchun sarflagan sarmoyangizni 1-2 oyda qoplashingiz mumkin bo’ladi.

Kutmang va hoziroq ro'yxatdan o'ting 👉🏻 @djangoacademy_admin

Professional dasturchi yoki dizayner bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!


☎️ +99878 888 38 88
🌐 usat.uz
📍Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31-may kuni Suffolk universiteti professori, iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega Karlos Rufin universitetimizga tashrif buyurdi.

University of Science and Technologies ma'muriyati, professor-o’qituvchilari va xodimlari ishtirok etgan seminarda professor “Yashil iqtisodiyot: global muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida master-klass mashg'ulotini o'tkazdi.

Suffolk universiteti - AQSh Massachusets shtatining Boston shahridagi xususiy tadqiqot universitetidir. Unda 7500 dan ortiq talaba tahsil oladi. Bu ko’rsatkich bo’yicha u Bostondagi sakkizinchi yirik universitet hisoblanadi. Oliy ta'lim muassasalarining Karnegi tasnifi bo'yicha tadqiqot universiteti sifatida tasniflanadi.

Karlos Rufin - Strategiya va xalqaro biznes bo’yicha professor, Xalqaro aloqalar boʻyicha direktor.

U Jahon banki, taraqqiyot banki va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi kabi yirik tashkilotlarda qayta tiklanadigan energiya, barqaror urbanizatsiya masalalari bo’yicha maslahatchi sifatida ishlagan.

☎️ +99878 888 38 88
🌐 usat.uz
📍Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli abituriyentlar! University of Science and Technologies'da 2023-2024 o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Universitetimizga tashrif buyurib yoki admission.usat.uz sayti orqali kunduzgi, kechki yoki sirtqi taʼlim shakllari bo’yicha quyidagi 12 ta mutaxassisliklarning biriga ariza topshirishingiz mumkin:

Maktabgacha ta’lim;
Boshlang’ich ta’lim;
Tarix;
Xorijiy til va adabiyoti;
Iqtisodiyot;
Psixologiya;
Buxgalteriya hisobi va audit;
Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
Bank ishi va auditi;
Logistika;
Dasturiy injiniring;
Turizm.

☎️ +99878 888 38 88
🌐 usat.uz
📍Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avvalroq Buxoro shahrida talabalar o’rtasida o’tkazilgan “Intellektual haftalik” doirasidagi “Zakovat” o’yinida University of Science and Technologies talabalari faxrli 2-o’rinni, “Shaxsiy o’yin” bo’yicha musobaqada esa 1-o’rinni qo’lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 8-iyul kuni universitetimizda ushbu jamoa a’zolarini taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Tantanali tadbir doirasida ushbu iqtidorli talabalarimiz faxriy yorliq hamda oliygohimiz rektori nomidan 20 mln so’mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tez orada tadbirning to’liq video lavhasini siz bilan bo’lishamiz.

☎️ +99878 888 38 88
🌐 usat.uz
📍Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-iyun kuni universitetimizning “zakovatchi” talabalarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Eslatib o’tamiz, Buxoro shahrida 50 ga yaqin OTM talabalari ishtirok etgan “Zakovat” o’yinida University of Science and Technologies jamoasi faxrli 2-o’rinni, “Shaxsiy o’yin” bo’yicha musobaqada esa 1-o’rinni qo’lga kiritgan edi.

Shu munosabat bilan tashkillashtirilgan tantanali tadbirda ushbu iqtidorli talabalarimiz faxriy yorliq hamda oliygohimiz rektori nomidan 20 mln so’mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ushbu quvonchli voqelikka bee’tibor bo’lmagan kursdoshlar jamoa a’zolariga universitet logotipi tushirilgan tort sovg’a qilishdi.

Ko’tarinki ruhda o’tgan tadbir san'atga ishtiyoqi baland bo'lgan professor-o’qituvchi va talabalar tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar bilan o’z nihoyasiga yetdi.

Video-lavhamizni YouTube va Facebook sahifalarimizda ham tomosha qilishingiz mumkin:

👉🏻 ▶️YouTube

👉🏻 ▶️ Facebook

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun University of Science and Technologies’da yil yakuni bo‘yicha imtihonlar boshlandi.

Universitetning birinchi bosqich talabalari o’quv yilini tugatib, o‘zlarining ilk yakuniy imtihonlarini topshirishmoqda.

Talabalarimizga imtihonlarda omad tilab qolamiz!

☎️ +99878-888-38-88
🌐 www.usat.uz
📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71.

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM