Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.1K photos
283 videos
7 files
655 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Hurmatli abituriyentlar!

Bizga telegramdagi “USAT talabalari” guruhimizda firibgarlar paydo bo’lgani haqida xabarlar kelib tushdi. Ushbu odamlar guruhdagi abituriyentlarga shaxsiy xabardan yozib, o’zini universitet xodimi sifatida tanishtirib, ijaraga xonadon topib berishini aytib, pul undirib olgan.

Bizda ushbu firibgarlarning ism-familiyasi va karta raqamlari mavjud. Jabrlanuvchi bizga hamma skrinshotlarni taqdim etdi. Biz ushbu dalillar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilamiz va albatta firibgarlarni topamiz. Ular qonun oldida albatta javob beradi.

Eslatib o’tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasiga ko’ra bunday firibgarlik 136 mln so’mgacha jarima yoki 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli abituriyentlar, eslab qoling! Universitet xodimlari hech qachon sizdan pul so’ramaydi! Hech qachon notanish odamga pul o’tkazib bermang! Ogoh bo’ling!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli talabalar!

📞 Fan va texnologiyalar universiteti sizlarni oliygohimizning “call-center” va sotuv bo’limiga ishga taklif etadi.

Talabgorlar 18 dan 25 yoshgacha bo‘lishi, nutqi ravon, stressga chidamli, odamlar bilan chiroyli muloqot qila olish qobiliyati bor, sotuvga va psixologiyaga qiziqadigan bo’lishi kerak.

💳 Ushbu lavozimdagi xodimlarga 3 mln so’mdan 10 mln so’mgacha oylik ish haqi olish imkoniyati yaratiladi.

📝 Agar siz ham odamlar bilan muloqotdan qo’qrmasangiz va sotish mahoratingiz borligini sezayotgan bo’lsangiz, @usat_sb telegram akkauntiga ismingiz va raqamingizni yozib yuboring. Xodimlarimiz siz bilan bog'lanishadi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Payme ilovasida universitet kontraktini osongina to‘lang!

📌 Buning uchun quyidagi amallarni bajarishingiz lozim:

1- Avval ilovaning asosiy sahifasidan “Servislar” qismiga o‘tiladi.
2- “Moliyaviy xizmatlar” bo‘limidan “Hisob raqamiga to‘lov” tugmasi bosiladi.
3- Ushbu sahifa Fan va texnologiyalar universiteti kontraktini to‘lash uchun quyidagicha to‘ldiriladi:
4- Qabul qiluvchining bank kodi: 00083
5- Qabul qiluvchi hisob raqami: 20208000105449663001
6- Qabul qiluvchi nomi: University Of Science And Technologies
7- To‘lov maqsadi: Talaba o'zining ism-familiyasi va shartnoma raqamini yozishi kerak bo'ladi

🔖So‘ngida to‘lovchi (talaba)ning F.I.Shi hamda to‘lov summasi yoziladi va to‘lov amalga oshiriladi.

🎞 Batafsil yuqoridagi videoda.

🔔 Ariza topshirish:

👉🏻 Telegram bot orqali - @usat_bot
👉🏻 Saytda - qabul.usat.uz

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli abituriyentlar va talabalar!

O‘zbekistondagi eng yirik yangiliklar sayti – kun.uz’da oliygohimiz – Fan va texnologiyalar universiteti haqida maqola va video lavha e’lon qilindi. Unda universitetning tarixi, hozirgi kungacha rivojlanishi, afzallik va qulayliklari, imkoniyat va sharoitlari haqida gap boradi.

Quyidagi havola orqali o‘tib, maqola va video lavha bilan tanishishingiz mumkin:

👉 https://kun.uz/kr/73034551

🔔 Ariza topshirish:

👉🏻 Telegram bot orqali - @usat_bot
👉🏻 Saytda - qabul.usat.uz

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😃 26-avgust kuni Fan va texnologiyalar universitetiga Belarus Milliy fanlar akademiyasining Tizimli tahlil va strategik tadqiqotlar markazi delegatsiyasi tashrif buyurib, hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida markaz direktori Valeriy Goncharov va universitetimiz prorektori Muzaffar Hamdamov hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1️⃣ Ilmiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish: Universitet va Markaz birgalikda forumlar, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarni tashkil etish, shuningdek, akademiyalararo almashinuv va mutaxassislarning malaka oshirishiga ko‘maklashish borasida hamkorlik qilishadi. Bu talabalarimizga xalqaro ilmiy tadbirlarda ishtirok etish va qimmatli tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.

2️⃣ Hamkorlikda tadqiqotlar olib borish va grantlarni qo‘lga kiritish: Tomonlar ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va grant olish uchun tanlovlarda ishtirok etish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bu, o’z navbatida, talabalar uchun zamonaviy ilmiy loyihalarda qatnashish va innovatsion faoliyatga jalb etilish imkoniyatini ochib beradi.

3️⃣ Texnologiyalar transferi va nashriyot faoliyatini rivojlantirish: Hamkorlik shuningdek, texnologiyalar transferiga ko‘maklashish va nashriyot faoliyatini oshirishga qaratilgan. Bu talabalarimizga ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va ilmiy ishlar yozish hamda chop etish ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradi.

🤝 Umuman olganda, bu hamkorlik universitetimizning ta’lim va ilmiy imkoniyatlarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi va talabalarning ilmiy faoliyat hamda xalqaro almashinuv sohasidagi istiqbollarini kengaytiradi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor 31-avgust hamda 1, 2 va 3-sentyabr kunlari O’zbekistonda dam olish kunlari sifatida e’lon qilindi. Ammo universitetning qabul bo’limi va call-markaz xodimlari har kuni sizning xizmatingizda bo’ladi.

Bayram kunlari universitetimizda qabul jarayonlari odatdagidek davom etadi. Xodimlarimiz sizlarni 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilishga tayyor.

Eslatib o’tamiz, hujjatlarni universitetimizga kelish bilan birga onlayn qabul.usat.uz sayti hamda @usat_bot orqali topshirishingiz ham mumkin. DTM ballingizni kiritsangiz, imtihonsiz qabul qilinasiz.

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yurtdoshlar!

🇺🇿 Barchangizni Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!

🔖Mustaqillik bu — erkinlik, tinch-totuv hayot va o‘z yo‘limizni mustaqil tanlay olish demakdir. Bunday ulug‘ ne’mat bardavom bo‘lishini tilaymiz!

💫 Yoshlarimiz ilm va odobda peshqadam bo‘lib, yurtimiz yana-da taraqqiy etsin. Xalqimiz farovonligi bundan-da ziyoda bo‘lsin!

🤗 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fan va texnologiyalar universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Farrux Tursunov “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Aytib o’tish lozim, “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.

💐Ushbu mukofot prorektorimiz va universitet jamoasiga muborak boʻlsin!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM