Fan va texnologiyalar universiteti
11.6K subscribers
1.1K photos
286 videos
7 files
658 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
❗️Talaba-yoshlar diqqatiga❗️

Fan va texnologiyalar universitetida talaba yigitlar o‘rtasida sportning mini-futbol, qizlar o’rtasida esa voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkaziladi.

Dastlab musobaqaning saralash o‘yinlari guruhlar va fakultetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Sport musobaqalarida ishtirok etishni xohlovchi talabalar Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishlari kerak.

Voleybol bo’yicha musobaqaning final o‘yinlari 14-mart kuni 203-maktabning sport zalida, mini-futbol bo’yicha esa 15-mart kuni maktab stadionida bo‘lib o‘tadi.

🏆 Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoa diplom bilan birga quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1️⃣ - o‘rin uchun 3 mln so‘m;
2️⃣ - o‘rin uchun 2 mln so‘m;
3️⃣ - o‘rin uchun 1 mln so‘m.

Universitet ma’muriyati talabalarni sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chaqirib qoladi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14 fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda.

Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy sheʼriyatning eng nodir durdonalari bo‘lib, "Boburnoma", “Mubayyin”, "Xatti Boburiy", Aruz vazni haqidagi risolalari islom huquqshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalari rivojida munosib o‘ringa ega.

Bugun yurtimiz bo‘ylab buyuk bobokalonimizning 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

✍️ Siz Zahiriddin Muhammad Boburning qaysi mashhur ruboiy yoki gʻazalini bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆

“Fan va texnologiya” xalqaro ilmiy-texnik jurnalida iqtisod fanlari doktori, Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisod” fakulteti dekani, professor Gaibnazarova Zumrat Talatovna hammuallifligida yozilgan “Zaif formallashtirilgan jarayonlarda bankrotlik xavfini prognoz qilish” mavzusidagi maqola chop etildi.

Maqolada prognozlash maqsadida zaif formallashtirilgan jarayonlarda bankrotlik xavfi modeli ishlab chiqilgan.

Aytib o’tish lozim, ushbu jurnal Web of Science, EBSCO, DOAJ, WorldCat, OpenAIRE, Google Scholar, Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi, “Lan” elektron kutubxona tizimi, “CyberLeninka” ilmiy elektron kutubxona, “Sotsionet” va boshqa ko’plab xalqaro tan olingan maʼlumotlar bazalariga kiritilgan.

Jurnal 2002-yildan beri Belarus milliy texnika universiteti tomonidan nashr etiladi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-fevral kuni universitetimizga Yefrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universitetining “Gumanitar fanlar” fakulteti dekani Aleksey Leonidovich Radyuk tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Aleksey Radyuk “Iqtisodiyot” fakulteti dekani, professor Gaibnazarova Zumrat Talatovna hamda "Ijtimoiy fanlar" fakulteti dekani Chariyev Tursun Xuvayevich bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda 9-fevral kuni ikki universitet rektorlari tomonidan imzolangan hamkorlik to’g’risidagi memorandum ijrosini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Jumladan, tomonlar qo’shma ta’lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, xalqaro loyihalarda birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, qo'shma o'quv-uslubiy nashrlarni tayyorlash, professor-o'qituvchilar va talabalar akademik mobilligini yo'lga qo'yish, ularni malaka oshirish va stajirovkalarga yuborish kabi yo’nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Universitetimizda Toshkent shahridagi Inha universiteti professori, doktor Abhijit Tawaradening “ChatGPT yordamida samaradorlikni oshirish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ta'lim uchun sun'iy intellektdan foydalanishda yangi istiqbollarni ochdi, ChatGPTni o'quv va tadqiqot jarayonlariga integratsiyalashning innovatsion usullarini taklif qildi.

🤖 Seminar ishtirokchilari ChatGPT’dan foydalangan holda o‘qitishni takomillashtirish, muntazam vazifalarni avtomatlashtirish hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar. Professor ushbu texnologiya o‘quv jarayonini qanchalik interaktiv va samaraliroq qila olishini amaliy misollar bilan ko‘rsatib berdi.

📚 Bu o'qituvchilar va talabalarga qanday yordam beradi?

Seminar ishtirokchilari quyidagilarni bilib oldilar:

- o'quv jarayonini takomillashtirish va uni yanada interaktiv qilish;
- ilmiy ish va maqolalar yozishda ChatGPT’dan samarali foydalanish;
- muntazam vazifalarni avtomatlashtirish va ta’lim olishning ijodiy jihatlariga e'tibor berish;
- ta'limning umumiy samaradorligi va sifatini oshirish.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM