🤝 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va University of Science and Technologies o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum quyidagi hamkorlikni nazarda tutadi:
- markaz hamda universitet xodimlari o‘rtasida o‘zaro malaka almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;
- hamkorlikda treninglar, xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkaziladi va birgalikda ilmiy maqolalar nashr qilinadi;
- talaba-yoshlarning ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalangan holda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-madaniy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish yo‘lga qo‘yiladi.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
Intellektual olimpiadada g’olib bo’lgan University of Science and Technologies jamoasi haqida “Sevimli” telekanalidagi “Zamon” teledasturining lavhasi.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
🏆 Eng katta turnirlardan biri - Intellektual olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi! Unda University of Science and Technologies jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Olimpiada davomida ko‘plab hissiyotlarni, quvonch va alam ko‘z yoshlarini guvohi bo‘ldik. Kadrga tushgan hissiyotlarni sizlar bilan ulashamiz.
📣University of Science and Technologiesda “Zakovat” intellektual olimpiadasida go’lib bo’lgan talabalarni tantanali ravishda kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbir boshida universitet rektori Xamdamov Anvar Norovich talabalarni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarni bildirdi hamda tegishli tashakkurnomalarni topshirdi. Tadbirda ishtirok etgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktorining o’rinbosari Fozil Farxodov talabalarni tabriklab, ularga kelajakda yanada balandroq marralarni zabt etishda omad tiladi. Tadbirimiz mehmoni bo’lgan Chilonzor tumani hokimining o’rinbosari Gulnara To’laganova esa hokimning tabrigini o’qib eshittirdi.
Tadbirning badiiy qismida talabalarni tabriklash uchun tashrif buyurgan xonanda va san’atkorlar o’z chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar.
Shu bilan birga, tadbir davomida universitetimizning QVZ jamoasi barcha uchun maxsus sovg’a sifatida sahna ko’rinishini taqdim etdi, talaba qizlar esa zamonaviy raqslarni ijro etib, barchaga xush kayfiyat ulashdilar.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya