Fan va texnologiyalar universiteti
11.8K subscribers
1.15K photos
314 videos
7 files
698 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
📢 “Muqaddas ayol” bayram tadbiriga taklif!

Hurmatli talabalar va ustozlar!

6-mart kuni universitetimiz faollar zalida “Muqaddas ayol” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.


Sizni ajoyib konsert dasturi kutmoqda:
🎤 Bahrom Nazarov;
🎤 G‘aybulla Tursunov;
🎤 Ilyos Yunusiy

Ushbu bayram tadbirida siz jonli ijrolar, iliq tilaklar va bayramona kayfiyatga ega bo‘lasiz!

📍
Joy:
Universitet faollar zali
📅
Sana:
6-mart
Vaqt:
12:00


Bayramni birga nishonlaylik! 🌷

Barchangizni ushbu unutilmas tadbirga taklif qilamiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qizlarni o‘qitish – millat kelajagini yuksaltirishdir!

Bir insonning kechirilmagan xatolari, bir oilaning buzilgan taqdiri va yana qayta tiklangan umid…

Hayot og‘ir sinovlar qo‘yadi, lekin har doim oldinga intilish, sevgi va bilim bilan yangi sahifa ochish mumkin.

🌿 Bir oilaning qayta barpo bo‘lishiga sabab bo‘lgan nima?

Bu – bir qizning ilm olishga, kelajagini o‘zgartirishga bo‘lgan ishonchi. Chunki qiz bolaning ilmi nafaqat o‘z hayotini, balki butun jamiyatni o‘zgartiradi. Ona o‘qisa – bola o‘qiydi. Ayol tarbiya ko‘rsa – millat yuksaladi.

📌 O‘qish, izlanish, ma’rifat sari intilish – eng katta kuch.

Siz ham qizlarning ta’lim olishi jamiyat kelajagini belgilashiga qo‘shilasizmi? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍176👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Ayolga baxt bering, saodat bering...

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang, yuribdi-ku kulib jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.


Ayol – bu mehr, sabr va muhabbat timsoli.
Uning tabassumida butun olamning nuri, qalbida esa cheksiz kuch mujassam. Bizni tarbiyalagan, ilm o‘rgatgan, hayotimizga ma’no bergan barcha ayollarga cheksiz hurmat va ehtirom bilan...

Universitetimiz erkaklar jamoasi barcha ayol ustoz va talabalarga chuqur hurmat bajo keltirgan holda ushbu bayram bilan tabriklaydi!

🌹 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3111🎉6👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Ayollarga ehtirom – eng yuksak qadriyat!

Ayol – hayot chirog‘i, mehr va ilhom manbai. Ayniqsa, ilm yo‘lida fidokorlik qilayotgan ayol ustozlar jamiyatimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shmoqda.


Bugun universitetimiz erkak xodimlari she’r orqali barcha ayol ustoz va talabalarimizga o‘z hurmat-ehtiromini izhor etishdi. Chunki ayolga bo‘lgan hurmat – kelajak avlodga bo‘lgan hurmatdir.

🌹 Barcha ayol ustozlarimiz va talabalarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍217🎉7
🌸 8-MART BAYRAMI MUBORAK!

Fan va texnologiyalar universiteti barcha ayollarni bahoriy bayram – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi!

Sizning mehribonligingiz, sabringiz va fidoyiligingiz hayotimizni yanada chiroyli va mazmunli qiladi. Siz yaratgan iliqlik va go‘zallik doimo qalbimizni ilhomlantiradi.


🌷 Yuzingizdan tabassum arimasin, baxt va omad sizga doimiy hamroh bo‘lsin!

Hurmat bilan, USAT jamoasi!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍6👏3🎉3
Hurmatli ustozlar, mehribon onalar va aziz talaba qizlar!

Sizlarni bahorning ilk go‘zal kunlari bilan birga kirib kelgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ayollar ezgulik va fidoyilik timsoli. Sizlar jamiyatimiz taraqqiyoti, ta’lim va ilm-fan rivojida beqiyos hissa qo‘shmoqdasiz. Universitetimizda faoliyat olib borayotgan fidoiy ayol ustozlarimiz, talaba qizlarimiz bir qator yutuqlarga erishib, barchamizga faxr va g‘urur bag‘ishlamoqda. O‘nlab professor-o‘qituvchilarimiz ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘lishdi, iqtidorli talaba qizlarimiz esa yirik tanlovlar va stipendiyalar g‘olibiga aylandi.


Bu bayram munosabati bilan barchangizga sog‘lik, oilaviy baxt va ulkan zafarlar tilaymiz. Hayotingiz doimo bahor kabi yorug‘ va go‘zal bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, USAT rektori Xamdamov Anvar Norovich

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2813🎉8👏3
Ayolga ehtirom

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Innovatsion rivojlanish agentligida respublikadagi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlar hamda innovatsiyalarga masʼul rahbar ayollari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


🎉 Tadbirda USAT Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna boshchiligidagi universitet olima ayollari ishtirok etdi.

Tadbirda keyingi paytda yurtimizda ilm-fan va taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida xotin-qizlar ushbu yo‘nalishda ham katta natijalarga erishayotganligi qayd etib o‘tildi.


Tadbir davomida ilm-fan taraqqiyoti va yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👍73🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎁 USAT ayollariga bayram tuhfalari!

😊 8-mart munosabati bilan universitetimizda faoliyat yuritayotgan ustoz ayollarimiz va xodim ayol-qizlarimizga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bu kichik tuhfa – sizlarning fidoyiligingiz, sabringiz va ezgu mehnatingizga bo‘lgan hurmatimizning bir ifodasi xolos. Sizning borligingiz – universitetimizning gullab-yashnashidir. 🌷

💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍15🎉3👏2😁1
⚠️ Endi USAT universitetida Work & Travel dasturi yo'lga qo'yildi!

Germaniya Work & Travel 🇩🇪 dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Shoshiling, joylar cheklangan!

Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/FANvawgsqMhSLrU4A

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📞 +998 94 950 46 66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🎉4
📢 USAT universitetida Navro‘z oldi hashar va tozalash ishlari!

Universitetimiz sharqona qadriyatlarni yuqori e’zozlaydi. Shu sababli, 15-mart kuni Fan va texnologiyalar universitetida rahbariyat, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida Navro‘z bayrami oldi umumiy hashar tashkil etiladi.

🌳 Hashar doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

Universitet hovlisi va atrof hududlarni obodonlashtirish;
Daraxt va butalarga shakl berish, ularni oqlash;
Yo‘laklar, sport maydonlari va binolarni tozalash;
Ariqlarni chiqindilardan tozalash;
300 tup manzarali gul va daraxt ko‘chatlarini ekish.


⚠️ Diqqat! 17-18 mart kunlari universitet avtomobil turar joyi bayram tadbirlari sababli yopiq bo‘ladi. Hamma haydovchilar mashinalarini boshqa joyga qo‘yishlari so‘raladi.

🌿 Hasharda barcha ustozlar, xodimlar va talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🚀 Birgalikda universitetimizni yanada obod qilaylik!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
📚 USATda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi!

13-mart kuni Fan va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda yangi innovatsion yondashuv: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

🔹 Tadbirda yurtimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi olimlar ishtirok etishdi. Konferensiya davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi:

Ijtimoiy-falsafiy tafakkur va axborotlashgan jamiyat;
Ijtimoiy sohalarda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari;
Yangi O‘zbekiston jamiyatida bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish masalalari;
Yangi O‘zbekistonda mediasavodxonlik va axborot madaniyatining dolzarb muammolari;
O‘zbekiston tarixini o‘qitishda innovatsion yondashuv va tajribalar


🔎 Konferensiya davomida dolzarb muammolar muhokama qilinib, ijtimoiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha zamonaviy innovatsion yechimlar taklif etildi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85