Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
Jalolbeyning mashinasiga o'rnatilgan bomba uning hayotiga nuqta qo'yadimi? "Qizilyanoq"ning keyingi rejasi qanday? Sarpning ishlari orqaga qaytadimi? Shu va boshqa savollarga javobni bugun soat 19:30 da "Ichkarida" serialini tomosha qilgach, bilib olasiz.
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
Bugun soat 21:00 da "Sevimli" telekanalda "Ajnabiy" filmini tomosha qiling. Film Buyuk Britaniya, AQSH va Xitoy kinomatograflari tomonidan suratga olingan. Bosh rollarni Jeki Chan, Pirs Brosnan, Maykl MakElxatton va boshqalar ijro etgan. Janri: Jangari, kriminal va drama. Film premyerasi Xitoyda 2017 yil 30 sentabrda o'tkazilgan. Film syujeti: Sobiq maxsus agent, iste'fodagi Tsyuan qizi bilan ko'chaga chiqadi va ko'z oladida terakt uyushtiriladi. Buning natijasida qizi nobud bo'ladi. Politsiyachilar esa jinoyatchilarni qidirishga uzoq vaqt ketishini bildirishadi. Tsyuan esa jinoyatchilarni qidirishga bel bog'laydi. Tsyuan "kutilmagan dushman" ni topish uchun safarga chiqadi.
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
O'zbek xalqining uzilmas milliy bosh kiyimlaridan biri do'ppi bizning ham g'ururimiz ham faxrimiz xisoblanadi. "Sevimli" telekanal xodimlari ham shunday milliy liboslarimizdan foydalanishingizni tavsiya qiladi. #Doppi
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
Jalolbeyning o'limini kutgan, biroq, uni xohlamagan Sarp va Komissar Yusuf nima qilishmoqchi? Jalolbeyning ishonchiga kirishga uringan odam unga qanday "sovg'a" tayyorlab qo'ygan? Melek nima uchun ko'z yosh to'kmoqda? Nahotki Sarp vafot etsa? Shu va boshqa savollarga javobni bugun soat 19:30 da "Sevimli" telekanalda "Ichkarida" serialini tomosha qilgach, bilib olasiz.
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
Aziz muhlislar yaqindagina telekanalimizda o'z premyerasini o'tagan "Qimmatbaho" serialini o'z vaqtida tomosha qilmadingizmi? Siqilishga ne hojat? Buning imkoni bizda bor. Har kuni soat 11:00 da takroriy qismini tomosha qilishingiz mumkin. Yoqimli hordiq tilaymiz.
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli TV
#Ichkarida_fakt ☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
Qiziqarli ma'lumotlar berishda davom etamiz. Siz u aktyorni taniysiz. Siz u aktyorni yaxshi ko'rasiz. Uning rollari sizni o'ziga jalb qilgan. Gap "Muhtasham yuz yil" serialida "Shaxzoda Boyazid" va "Ichkarida" serialida "Mert" rolini ijro etgan aktyor Aras Bulut Iynemli haqida ketmoqda. Aktyor 1990 yil 25 avgustda Istanbulda tavallud topgan. Litseyni bitirib, Istanbul Texnika Universitetining aviatsiya texnikasi yo'nalishida tahsil oladi. Uning kinodagi ilk muvaffaqiyatini "Alleyning qaytishi" filmidagi obrazi olib keladi. Keyingi muvaffaqiyatini esa "Bebaho vaqt" filmidagi Mete obrazi olib kelgan. Uning mazkur rollari ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor nominatsiyasida g'olib deb topiladi. Mazkur sovrindan so'ng, u 2016 yilda ikkita yirik loyihada ishtirok etadi va butun dunyodagi tomoshabinlarning mehrini qozonadi. Bu loyihalar "Muhtasham yuz yil" va "Ichkarida" seriallari edi. Uning shaxsiy hayoti esa sirligicha qolmoqda
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
"Sevimli" telekanalda namoyish etilayotgan "Qimmatbaho" seriali haqida qiziqarli faktlar va ma'lumotlar berishda davom etamiz. Ushbu serialda Laylo obrazini yaratgan aktrisa Zeyna (Zeina) bugungi qiziqarli ma'lumotlarimiz nishonida. Zeyna 1977 yil 4 fevralda Misrda Reda Vesmas hamda Ismoil al Dagvi oilasida dunyoga kelgan. Aktrisa faoliyati davomida bir qancha sovrinlarni qo'lga kiritgan va telekanalimiz tomonidan namoyish etilayotgan "Qimmatbaho" serialida bosh rollardan birini ijro etgan. Yoshiga nisbatn biroz yosh ko'rinuvchi aktrisa karyerasini kliplardagi turli obrazlarni ijro etishdan boshlagan. U taniqli rejissyor Dovud Abdul Saidning e'tiboriga tushgan va ilk rolini uning rejissyorligidagi "Qo'rquv yeri" filmida ijro etgan. Keyinchalik teleko'rsatuvlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, keng ommani jalb qildi. Aktrisa 2005 va 2006 yillarda "Yilning eng yaxshi aktrisasi" nominatsiyasida g'olib deb topilgan. #Facts Aktrisaning asl ismi Vesman bo'lib, aktrisalikka qadam qo'ygan onlarida Zeyna taxallusini olgan.
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
"Sevimli" telekanalning muxlislarini chin ma'noda deyarli har kuni hayajonga solayotgan Jalolbey haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni sizlarga taqdim etishni boshlaymiz. Assalomu alaykum azizlar. Telekanalimiz tomonidan namoyish etilayotgan va o'z navbatida qiziqarli bo'layotgan "Ichkarida" serialining bosh rol ijrochilaridan biri Chetin Tekindor (Jalolbey) 1945 yilning 16 iyulida Turkiyaning Sivas shahrida tug'ilgan. Uning turmush o'rtog'i Zarrin Tekindor bo'lib, ularning bir nafar farzandi bor. Chetin Tekindor 1983 yildan boshlab Turk kinoijodkorlari tomonidan kashf qilingan desak hech mubolag'a qilmagan bo'lar edik. Sababi aktyor aynan shu yildan boshlab, katta ekranlarda ko'zga ko'rinarli darajadagi va muvaffaqiyatli obrazlarni yarata olgan. Uning debyut roli "Kichik boshliq" seriali edi. Mazkur serialda ijro etgan roli orqali chin ma'noda aktyor muvaffaqiyat sari odimlay boshladi. 2005 yilda "Mening otam - mening o'glim" filmi aktyorga eng yuqori marralarni taqdim etdi. Mazkur filmdagi roli uchun aktyor mukofotga sazovor bo'lgan. Aktyor "Ichkarida" serialidagi obrazidan bir qancha vaqt chiqib keta olmagan. Ushbu obraz chin ma'noda aktyorning mahoratini ko'rsatib bera olganini kino tanqidchilar e'tirof etib kelishmoqda. So'nggi yillarda aktyor ushbu serialdan tashqari "Ayla: Urush qizi" va "Bobom" filmlarida ham rol ijro etdi. Bizdagi ma'lumotlar hozircha shu va sizlar bilan ma'lumotlar almashishda davom etib qolamiz.
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot