Sevimli TV
55.4K subscribers
9.21K photos
18.1K videos
6 files
12.9K links
«Sevimli TV» telekanalining rasmiy sahifasi!

📱 https://instagram.com/tvsevimli_official
💻 facebook.com/tvsevimli
🚩YouTube: http://bit.ly/Sevimli-TV
🌍 https://sevimlitv.uz
Download Telegram
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
Sarp rolini gavdalantirgan Chаg‘atay Ulusоy 1990-yil Istanbulda tug‘ilgan. Otasi bolgar, onasi bosniyalik. Mutaxassisligi — landshaft arxitektori. U 2010-yilda “Turkiyaning eng yaxshi erkak modeli” deb e’tirof etilgan. Chag‘atay Ulusoy “Ichkarida” serialida o‘ynagan har bir seriyasi uchun 50 000 turk lirasi, ya’ni 14 000 AQSH dollari miqdorida gonarar olgan.

☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Mert roli ijrochisi Aras Bulut Iynemli 1990-yilda Istanbulda tug‘ilgan. Aviatsiya texnikasi sohasida oliy ma’lumotga ega. 16 yoshidan kinolarda suratga tusha boshlagan. Qo‘lga kiritgan nufuzli mukofoti uchun “Muhtasham yuz yil” serialiga taklif etishgan.

☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Shanba kuningizni bizning telekanal bilan o‘tkazing! Bugun soat 21:00 da "Sevgi senga o‘xshaydi" nomli turk filmini tomosha qiling!
Malak rolini o‘ynagan Bensu Soral 1991-yil Bursada tug‘ilgan. Marmaris universitetining tasviriy san’at fakultetida tahsil olmoqda. Aktrisa 2016-yilda “Maks faktor” pardoz buyumlari firmasining yuzi” deb tan olingan. Boshqa serial va kliplarda suratga tushgan.
Ertangi kuningiz "Sevimli TV" bilan sermazmun o'tishini tilab qolamiz!

☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сегодня на телеканале "Севимли" вы можете посмотреть неповторимую передачу "Сокровища культурного наследия Узбекистана в музеях мира" в 19:00.

☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Bugun soat 20:20 da "Siz bilan" ko'rsatuvini aslo o'tkazib yubormang!

☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Bugun soat 15:00 da "Uch kunda qochish" filmini tomosha qiling!

☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
"Ichkarida" serialining 33,34-takroriy qismlarini bugun soat 17:00 da tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi!

☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Eylem rolini ijro qilgan Damla Jolbay 1993-yil Izmirda tug‘ilgan. U aktyorlik va san’atshunoslik mutaxassisliklarini egallagan. Boshqa turk seriallarida ham suratga tushgan.
Ertangi kuningiz har doimgidanda mazmunli o’tsin!

☑️ @tvsevimli
🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
“ICHKARIDA” SERIALI
2016 yilda Turkiyaning “Ay Yapim” prodyuserlik kompaniyasi tomonidan suratga olingan “Ichkarida” seriali ekran yuzini ko‘rdi va nihoyatda qisqa fursat ichida xalqaro miqyosda mashhurlikka erishdi. Ajoyib rejissor Uluch Bayraktar yaratgan kartinani muvaffaqiyatli chiqqan deb bemalol aytish mumkin. Bosh rollardan birini taniqli aktyor Chag‘atay Ulusoy (Sarp) mahorat bilan o‘ynagan. Mert rolini ijro qilgan Aras Bulut Iynemli ham o‘z rolini yaxshi o‘ynagan. Bu ikkisi haqida ular rol o‘ynamagan, ular serialda “yashagan” deyish mumkin. Sarpning sevgilisi rolidagi Bensu Soral esa yosh va sohibjamol aktrisalardan hisoblanadi. “Ichkarida” serialini tomosha qilar ekansiz, har gal navbatdagi seriya tamom bo‘lgach, teletomoshabin o‘yga toladi. Keyingi seriyasida voqealar rivoji taxminan qay tarzda borishini mulohaza qilib turganida, kutilmaganda butunlay boshqacha yechimlar paydo bo‘ladi. Bu esa uni ko‘rishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Bastakor Toygar Ishikli serial mazmuniga nihoyatda mos tushgan kuy yaratgan. Maxsus effektlar, to‘g‘ri montaj va sifatli tasvir a’lo darajada uyg‘unlashtirilgan. Deyarli barcha aktyor va aktrisalar o‘z rolini qoyilmaqom tarzda chiqarib berishgan. Chunki rejissyor ularni to‘g‘ri tanlay bilgan.
"Ichkarida" serialining 35-qismini bugun soat 19:30 tomosha qiling!
Bugun soat 18:00 da "Sevimli" telekanalida "Ovsinlar" ko‘rsatuvini tomosha qiling!
Sevimli TV
☑️ @tvsevimli 🤖 @tvsevimlirobot
Sevimli san’atkoringizning haqiqiy muxlisi ekanligingizni isbotlashning ayni fursati. “Musiqiy ring” dasturining navbatdagi sonida estradamiz yorqin yulduzlari Munisa Rizayeva va Nilufar Usmonovalarning muxlislari o‘zaro kuch sinashishadi. Dushanbadan jumaga qadar “Sevimli” telekanalingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ovoz bering. Aynan sizning ovozingiz “Musiqiy ring” dasturining galdagi g‘olibini aniqlab beradi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan xonandaning eng sara kliplari 27-yanvar shanba kuni soat 18:30 da aynan siz uchun namoyish etiladi. Ayni daqiqalardanoq ashaddiy muxlis ekanligingizni isbotlashni boshlang.

Ovoz bering!

Munisa Rizayeva - ☝️
Nilufar Usmonova - ✌️