Transport litseyi
833 subscribers
3.03K photos
183 videos
22 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ “BITTA TANDIRINGGA ALISHMASMAN…” TADBIRI JARAYONIDAN

🌷 2024-yil 24-aprel kuni TDTrU akademik litseyida O’zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab, “Bitta tandiringga alishmasman…” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

💥 Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, shoirning hayot yo’li, turfa mavzulardagi she’rlarining mazmun-mohiyati xususida o’quvchilarga gapirib, she’rlaridan namunalar aytib o’tdi.

🌸 Tadbir davomida shoir qalamiga mansub o'zbekona, sodda, bokira va betakror ash’orlari, kuy-qo’shiqlar o’quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

♻️ Shuningdek, “Iste’dod” nomli musiqa to’garagi rahbari A.Oyto’rayev, to’garak a’zolaridan B.Tavakkalov hamda Yoshlar yetkachisi E.Abdunazarovlar tomonidan ham shoir she’rlaridan bir juft qo’shiqlar guldastasi in’om etildi.

💐Tadbirda ishtirok etgan va o'z hissasini qo'shgan o'qituvchi va o'quvchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍6
⭕️ DIQQAT E'LON!!!

🔷 TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI UMUMIY O'RTA MAKTABNING 9-SINF BITIRUVCHILARINI "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"GA TAKLIF ETADI.

🌈 Tanlangan yo'nalishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

📚Tajribali ustozlarning interaktiv dars mashg'ulotlari siz uchun.

Darsdan keyingi qiziqarli loyihalar sizni xizmatingizda.

🥇"Akademik litsey iftixori" stipendiyasiga sizning nomzodingiz bo'lishi mumkin.

🏆 Ikki yil ichida raqobatbardosh kadr bo'lishingizga ishonamiz.

👨‍🎓 Barcha ma'lumotlar haqida to'liq bilishni istaysizmi? Marhamat, tashrifingiz davomida barchasiga o'zingiz guvohi bo'ling.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍3
⭕️ “MUNAQQID OZOD SHARAFIDDINOV AVLODLAR E’ZOZIDA” TADBIRI JARAYONIDAN

🔵 2024-yil 25-aprel kuni “Adiblar xiyoboni”da TDTrU akademik litseyi jamoasi “Munaqqid Ozod Sharafiddinov avlodlar e’zozida” mavzusidagi tadbirni amalga oshirdi.

🟢 Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, Ozod Sharafiddinov haykali qoshida adibning bosib o’tgan hayot yo’li, ijod olami, avlodlarga qoldirib ketgan asarlarining mazmun-mohiyati, ustozlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

🟣 Tadbirda o’quvchi-yoshlar tomonidan munaqqid qalamiga mansub maqolalar va asarlaridan parchalar mahorat bilan ijro etildi.

🟠 Munaqqid ijodida Vatan tushunchasi yuksak darajada qadrlanganini madh etuvchi diltortar kuy-qo’shiqlar “Iste’dod” to’garagi rahbari A.Oyto’rayev, to’garak a’zolaridan B.Tavakkalov, yoshlar yetakchisi E.Abdunazarovlar ijrosida jonli ijroda kuylandi.

🔴 Shuningdek, o’quvchi-yoshlar o’rtasida sportning shaxmat, shashka turlari bo’yicha ham musobaqa tashkil etildi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ MUHAMMAD YUSUF RUHI BARHAYOT...

🌷 1954-yil 26-aprelda tug'ilgan O’zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlanadi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍5🔥1👏1
⭕️ "INSON AZIZ – XOTIRA MUQADDAS" TANLOVIGA MARHAMAT!

🔷 TDTrU akademik litseyining iste’dodli, ijodkor o‘quvchi-yoshlari!

🎗 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan "Inson aziz – xotira muqaddas" shiori ostidagi tanlovda barchani chorlab qolamiz.

📌Tanlov quyidagi yo’nalishlar orqali olib boriladi va qabul qilinadi.

1️⃣ "Eng yaxshi rasm egasi" nominatsiyasi;
2️⃣ "Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" mavzusidagi insho;
3️⃣ “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi (1941-1945-yil voqealari asosida).

🔻Izoh: bir o'quvchi bir vaqtning o'zida 3 ta yo'nalishda ham ishtirok etish huquqiga ega.

📅 Ijodiy ishlarni qabul qilish oxirgi muddati: 4-may, 2024-yil

👮Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilar guruh rahbaringizga yoki tanlov tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

💐Aziz yoshlar tanlovda ishtirok eting va esdalik sovg'alar egasiga aylaning.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍1👏1🤩1
⭕️ "O'ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASI O'QUVCHILAR NIGOHIDA

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan.

🔹barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

🔸aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

🔹aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

🔸xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

🔹mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlashdan iborat.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍2
⭕️ “SHON-SHARAF” DAVLAT MUZEYIGA O’QUVCHI-YOSHLAR TASHRIFI

⭐️ 2024-yil 30-aprel kuni Prezidentning 2024-yil 16-apreldagi "9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyning bir guruh o'qituvchi va o'quvchilari “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrifi amalga oshirildi.

🔥 Tashrif chog’ida muzey tarixi, muzeyga fayz berib turgan, ikkinchi jahon urishi davrini eslatuvchi maketlar, frontda jasorat ko’rsatgan insonlar haqidagi ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan o’quvchilarga batafsil yetkazildi.

🌈 Bunday sayohatlar o’quvchilarni o’z tarixini bilishga, jasoratli shaxslarga munosib avlod bo’lishga, Vatanni asrash, va, hattoki jonini berish burchini o’rgatishga xizmat qiladi.

💐 Barcha guruh rahbarlariga, qiziquvchan o'quvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4