Transport litseyi
836 subscribers
3.03K photos
183 videos
22 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ IT VIKTORINASIDA G’OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

🖥 2024-yil 20-aprel kuni TDTrU akademik litseyida Transport universitetining "Informatika va kompyuter grafikasi" kafedrasi bilan navbatdagi hamkorlik yo’lida o’quvchilar o’rtasida "Informatika va axborot texnologiyalari" mavzusida viktorina musobaqasi amalga oshirildi.

💻 Qiziqarli tarzda tashkil etilgan viktorina II boshqichda o’tkazildi. IT sohasida qiziquvchi juda ko’plab o’quvchilar o’z bilimini sinovdan o’tkazdi.

💎 Ishchi guruh va o’quvchilarning bilim darajasi bo’yicha eng yuqori ballni olgan quyidagi o’quvchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
1️⃣-o’rin: N.Yusupov (4-22-gr);
2️⃣-o’rin: K.Asomov (7-22);
3️⃣-o’rin: D.Abubakirov (7-22).

💐 Tadbirni tashkil qilgan Informatika fani o’qituvchisi M.Abdujalilovaga hamda hamkorlik uchun universitet kafedrasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ IT VIKTORINASIDA G’OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

🖥 2024-yil 20-aprel kuni TDTrU akademik litseyida Transport universitetining "Informatika va kompyuter grafikasi" kafedrasi bilan navbatdagi hamkorlik yo’lida o’quvchilar o’rtasida "Informatika va axborot texnologiyalari" mavzusida o'tkazilgan viktorina musobaqasidan lavhalar.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4
⭕️ EKSKURSIYADAN OLGAN TAASSUROTLARIM

🦠 Sun’iy ekotizm loyihasi doirasida 2024-yil 22-aprel kuni TDTrU akademik litseyining bir guruh o’qituvchi va o’quvchilari ishtirokida navbatdagi ekskursiya jarayoni amalga oshirildi.

🍎 Ekskursiya rahbarlari A.Mirtursunova hamda E.Abdunazarovlar bir guruh o’quvchilar bilan “Navro’z bog’i” va “Anhor park” ko’ngilochar maskanlarda madaniy hordiq chiqarishdi.

🎤 Tashrif chog’ida ijtimoiy tarmoqlardagi “Sello” kanali xodimlari tomonidan “Oxirgi o’qigan kitobim” mavzusida o'quvchilardan intervyu olishdi. Bunda o'quvchilar hattoki o'qituvchilar ham faol ishtirok etdi.

🔥 Sayohat qiziqarli va taassurotlarga boy bo’ldi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍3
⭕️ "XALQ DARDIDA YASHAGAN MUHAMMAD YUSUF" TANLOVIGA MARHAMAT!

🟢 TDTrU akademik litseyining iste’dodli, ijodkor o‘quvchi-yoshlari!

☀️ O’zbekiston xalq shoiri, sevimli o’zbek farzandi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Muhammad Yusuf mangu yashaydi" shiori ostidagi tanlovda barchani chorlab qolamiz.

💧Tanlov quyidagi yo’nalishlar orqali olib boriladi va qabul qilinadi.

1️⃣ "Eng yaxshi she'r ijrochisi" nominatsiyasi (videorolik);
2️⃣ "Muhammad Yusuf she’rlarida xalq dardi" mavzusidagi insho;
3️⃣ Shoir hayoti va ijodiga bag’ishlangan eng yaxshi videorolik.

🔻Izoh: bir o'quvchi bir vaqtning o'zida 3 ta yo'nalishda ham ishtirok etish huquqiga ega.

📅 Ijodiy ishlarni qabul qilish oxirgi muddati: 25-aprel, 2024-yil

👮♂️Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilar guruh rahbaringizga yoki tanlov tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

💐Aziz yoshlar tanlovda ishtirok eting va esdalik sovg'alar egasiga aylaning.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍3
⭕️ “BITTA TANDIRINGGA ALISHMASMAN…” TADBIRI JARAYONIDAN

🌷 2024-yil 24-aprel kuni TDTrU akademik litseyida O’zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab, “Bitta tandiringga alishmasman…” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

💥 Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, shoirning hayot yo’li, turfa mavzulardagi she’rlarining mazmun-mohiyati xususida o’quvchilarga gapirib, she’rlaridan namunalar aytib o’tdi.

🌸 Tadbir davomida shoir qalamiga mansub o'zbekona, sodda, bokira va betakror ash’orlari, kuy-qo’shiqlar o’quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

♻️ Shuningdek, “Iste’dod” nomli musiqa to’garagi rahbari A.Oyto’rayev, to’garak a’zolaridan B.Tavakkalov hamda Yoshlar yetkachisi E.Abdunazarovlar tomonidan ham shoir she’rlaridan bir juft qo’shiqlar guldastasi in’om etildi.

💐Tadbirda ishtirok etgan va o'z hissasini qo'shgan o'qituvchi va o'quvchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍6
⭕️ DIQQAT E'LON!!!

🔷 TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI UMUMIY O'RTA MAKTABNING 9-SINF BITIRUVCHILARINI "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"GA TAKLIF ETADI.

🌈 Tanlangan yo'nalishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

📚Tajribali ustozlarning interaktiv dars mashg'ulotlari siz uchun.

Darsdan keyingi qiziqarli loyihalar sizni xizmatingizda.

🥇"Akademik litsey iftixori" stipendiyasiga sizning nomzodingiz bo'lishi mumkin.

🏆 Ikki yil ichida raqobatbardosh kadr bo'lishingizga ishonamiz.

👨‍🎓 Barcha ma'lumotlar haqida to'liq bilishni istaysizmi? Marhamat, tashrifingiz davomida barchasiga o'zingiz guvohi bo'ling.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍3