Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.92K subscribers
38.2K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri "Alpomish" mahallasida bo‘lib, ta’lim va tibbiyot maskanlari sharoitlari, qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan loyihalar, ko‘chalar obodligi bilan tanishdi.

Dastlab, hududda tashkil etilayotgan "Yoshlar va turizm" ko‘chasida loyihalarning qurilishi ko‘zdan kechirildi. Tun-u-kun faoliyat yurituvchi mazkur ko‘cha bo‘ylab, savdo va ko‘ngilochar hamda hordiq chiqarish maskanlari tashkil etilmoqda.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialida qish mavsumiga ko‘rilgan hozirlik va markaziy qozonxonaning ishlash jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, mahallada joylashgan 13-sonli maktab va 16-sonli bog‘chadagi sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari hudud bo‘ylab o‘rganishlari davomida ko‘chalarni tartibga keltirish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari oldidagi maydonlarni "yashil" hududlarga aylantirish, ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumiga barqaror isitilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga vazifalarni belgilab berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida loyihalar qurilishi, ta’lim va tibbiyot maskanlari sharoitlari hamda isitilishi bilan tanishildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
#sarhisob

👥 Yoshlar bandligini ta’minlash ijrosi qay ahvolda?

🔎 Surxondaryo viloyatida joriy yilning uch choragi davomida o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 9 918 nafar doimiy ish bilan ta’minlanmagan ishsiz yoshlar aniqlanib, ularni turli yo‘nalish va tarmoqlar orqali bandligini ta’minlashga erishildi.

Xususan:
✔️1 728 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.
✔️1 733 nafari kasb-hunarga o‘qitildi.
✔️826 nafariga subsidiya asosida mehnat qurollari berildi.
✔️1 290 nafariga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi.
✔️4 126 nafar yoshlarga dehqonchilik faoliyatini olib borishlari uchun yer maydonlari ajratildi.
✔️215 nafar yoshning harbiy xizmatga yuborilishi orqali bandligi ta’minlandi.

🗺 Joriy yilda viloyatda migratsiyadan qaytgan, ishsiz va ehtiyojmand bo‘lgan yoshlarga dehqon xo‘jaligi bilan shug‘ullanishi uchun 6 000 gektar yer maydonlari ajratib berish orqali bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Buning uchun yer olish istagini bildirgan 10 ming nafar yoshlar ro‘yxati shakllantirildi. Mahalla "yettiligi" tomonidan ularning barchasiga dalolatnoma asosida ijobiy xulosa berildi.

📍Hozirga qadar 6 000 gektar yer maydoni "e-auksion.uz" elektron platformasi orqali savdoga chiqarilgan bo‘lib, 5 160 gektar (88 foiz) yer maydoni 9 258 nafar yoshlar tomonidan auksion savdolarida yutib olingan.

📈 Surxondaryo viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ishsiz yoshlar soni kamaymoqda va ularning iqtisodiy faoliyatda ishtiroki oshmoqda. Bu jarayon davomida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularni ish bilan ta’minlash maqsadida ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍5
TERMIZ SHAHAR | "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI

“Yashil makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirishda o'rni beqiyosdir. Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iboratdir.

Bugun shahar hokimligi mas’ullari, nuroniy otaxonlarimiz va keng jamoatchilik faollari ishtirokida Termiz shahridagi “Murch bobo” masjidi yon-atroflariga ko’chatlar o’tqazildi.

Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, —“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas! .


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍43
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda tomorqa, ko‘chalar, dala chetlari va kanal-kollektorlar atrofidagi yerlarda oziq-ovqat va daromadli ekinlarni ekib, aktivga aylantirish masalalari muhokama qilinmoqda.


Ijobiy natijalar bilan birga, Prezident ta’kidlaganidek, ayrim viloyat, tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlar ishni to‘g‘ri tashkil qilmagani uchun mahsulot va eksport hajmida katta o‘zgarish sezilmayapti.

Shuningdek, 64 ta tumanda eksport o‘tgan yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa, shundan 17 tasida 50 foizga ham yetmagan.

Hokimlar bugun dunyodagi og‘ir vaziyatni hisobga olib, har kuni izlanib, yangi-yangi imkoniyatlar topib, ishga solishi shartligi haqida ogohlantirildi.


Yig‘ilishda dala chetlariga ekin ekish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Ba’zi joylarda dehqonlarga sifatsiz urug‘ sotilgan, zararkunandaga qarshi berilayotgan dorilar ham talabga javob bermaydi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘simliklar karantini agentligiga hokimlar, eksportchi, tajribali klaster, kooperatsiya va fermerlar bilan birgalikda oziq-ovqat ekinlarining urug‘i, ko‘chati, dorisi, o‘g‘iti bo‘yicha ishlashning yangi tizimini ishlab chiqish topshirildi.


Dala chetidan samarali foydalanayotgan tadbirkorlar ham ko‘payib borayotgani ta’kidlandi.

Yil yakunigacha dala chetlaridagi 650 ming, aholiga berilgan 364 ming gektarni eksportchi-tadbirkorlarga biriktirish topshirildi.

Endilikda tomorqa, ichki ko‘chalar, dala chetlari va kanal-kollektorlar atrofidagi yerlarda daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilishga O‘simliklar karantini va himoya agentligi mas’ul bo‘lishi belgilandi.

Viloyat hokimlaridan ham bu borada so‘rov qattiq bo‘lishi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍1
Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga tadbirkorlar reytingini hisoblashda qo‘shimcha ball beriladi, ichki fitosanitar sertifikati bir yil davomida bepul beriladi. Fermerlarga barcha yerlari uchun yer solig‘ini ikki yilga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

"Oilaviy tadbirkorlik" dasturidagi 100 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi.

Shu bilan birga, dala cheti hisobi, nima mahsulot yetishtirilgani va qancha mahsulot olingani "e-Fito" portali orqali nazorat qilib boriladi.

Shuningdek, har bir mahallada kamida 100 tadan xonadonga limon, uzum ko‘chati tarqatish, ko‘chalar va ko‘p qavatli uylar atrofida aholining tashabbuslari asosida kamida 10 million tup uzum ekish muhimligi ta’kidlandi.

Sayxunobod tajribasi asosida 164 ta qishloq tumanlarining 4 tadan mahallasiga minitexnika berilishi belgilandi. Kim minitraktorda xizmat ko‘rsatsa, o‘zini o‘zi band qilgan bo‘ladi va ularga mamlakatimizda chiqadigan texnika uchun 30 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍2
Yil yakunigacha quvvati 57 ming tonna bo‘lgan 10 ta agrologistika markazi, 230 ming tonnalik sovutkichli omborxona ishga tushiriladi

Viloyat hokimlariga yil yakunigacha 14 ming, kelgusi yili 29 ming gektar sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish topshirildi.

Texnik jihatdan tartibga solish va O‘simliklar karantini agentliklariga eksportga yuborishda har bir meva-sabzavot turi bo‘yicha alohida texnik standartlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.


Hozirda atigi 10 ta tumandagi 3 ming 900 gektar maydonda organik sertifikat mavjudligi, shuningdek, Jahon bozorida organik mahsulotlar narxi an’anaviy mahsulotlardan 2-3 karra qimmatligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga organik maydonlarni 2025-yilda 10 ming gektarga, kelgusi uch yilda 100 ming gektarga yetkazish topshirildi.

Endilikda organik maydon tashkil qilgan fermer va dehqonlarga yerni lazer bilan tekislash xarajati davlat tomonidan qoplab berilishi, "Organik", "Global Gap", "Halol", "Kosher" kabi sertifikatlarni olish xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi, yirik savdo tarmoqlarida organik mahsulotlar uchun alohida rastalar tashkil etilishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍1
Banklar balansiga olingan issiqxona, qayta ishlash sexlari, muzlatkichli omborlar uzoq vaqt ishlatilmasa, yaroqsiz ahvolga kelishi qayd etilib, ushbu korxonalarni tajribali tadbirkorlarga uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish taklif etilgan.

Ijobiy natija ko‘rsatgan tadbirkorlarga bu mulklar 10-yilda bo‘lib to‘lashga berilishi, qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizingga yetkazib berish tizimini issiqxonalar uchun ham joriy qilish zarurligi ta’kidlandi.

O‘mon Sultonligining yirik savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari uchun alohida rasta ajratilib, ilk bor gilos, shaftoli va o‘rik eksporti yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajribani Malayziya, Saudiya Arabistoni, Arab Amirliklari, Qatar, Singapur, Koreya, Yaponiya va Yevropada kengaytirish muhim ekani aytildi.

Ushbu davlatlarda savdo yarmarkalarini birinchi marta tashkil qilish xarajatlari qoplab berilishi ta’kidlandi.


Yig‘ilishda hokimlar tomonidan eksportni bajarish uchun boshqa viloyatdan kelgan tadbirkorlarga to‘sqinlik qilish hollari haligacha uchrayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda xaridori va mablag‘i tayyor eksportchilar mahsulotsiz qolib ketayapti.

Bundan buyon eksport jarayonida fitosanitar sertifikatda mahsulot yetishtirilgan hudud majburiy ko‘rsatiladigan tizim bo‘lishi e’lon qilindi.

Mas’ul idoralarga bojxona va karantin ma’lumotlar bazasini integratsiya qilib, bu tizimni ishlatish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahri | "Kitobsevar millat” loyihasi doirasida tadbirlar o’tkazilmoqda

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahri | 5 ming aholini tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanmoqda

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2