#sarhisob
👥 Yoshlar bandligini ta’minlash ijrosi qay ahvolda?
🔎 Surxondaryo viloyatida joriy yilning uch choragi davomida o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 9 918 nafar doimiy ish bilan ta’minlanmagan ishsiz yoshlar aniqlanib, ularni turli yo‘nalish va tarmoqlar orqali bandligini ta’minlashga erishildi.
Xususan:
✔️1 728 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.
✔️1 733 nafari kasb-hunarga o‘qitildi.
✔️826 nafariga subsidiya asosida mehnat qurollari berildi.
✔️1 290 nafariga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi.
✔️4 126 nafar yoshlarga dehqonchilik faoliyatini olib borishlari uchun yer maydonlari ajratildi.
✔️215 nafar yoshning harbiy xizmatga yuborilishi orqali bandligi ta’minlandi.
🗺 Joriy yilda viloyatda migratsiyadan qaytgan, ishsiz va ehtiyojmand bo‘lgan yoshlarga dehqon xo‘jaligi bilan shug‘ullanishi uchun 6 000 gektar yer maydonlari ajratib berish orqali bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Buning uchun yer olish istagini bildirgan 10 ming nafar yoshlar ro‘yxati shakllantirildi. Mahalla "yettiligi" tomonidan ularning barchasiga dalolatnoma asosida ijobiy xulosa berildi.
📍Hozirga qadar 6 000 gektar yer maydoni "e-auksion.uz" elektron platformasi orqali savdoga chiqarilgan bo‘lib, 5 160 gektar (88 foiz) yer maydoni 9 258 nafar yoshlar tomonidan auksion savdolarida yutib olingan.
📈 Surxondaryo viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ishsiz yoshlar soni kamaymoqda va ularning iqtisodiy faoliyatda ishtiroki oshmoqda. Bu jarayon davomida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularni ish bilan ta’minlash maqsadida ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

👍5