Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.2K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
❗️Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi


"Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

30–65 yoshdagi ayollar har 2-yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.

Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Termiz shahrida sportning gandbol turi bo’yicha U-20 yoshdagi O’zbekiston chempionatining 4-davra o’yinlari bo’lib otmoqda.

Qiziqarli baxslarga boy tarzda otkazilayotgan bellashuvda mamlakatimiz hududlaridan saralangan o’g’il-qizlardan tashkil topgan jamoalar g’oliblik uchun o’z mahoratlarini namoyish etishayapti.
Mazkur chempionat 29-noyabr kuniga qadar davom etadi.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng Termiz shahridagi ko‘chalar bo‘ylab obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi hamda qurilish obyektlarida sanitariya qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rgandi.

Shuningdek, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun yo‘laklarni tartibga keltirish, infratuzilmani yaxshilash, yo‘lbo‘yi hududlarida "yashil" maydonlarni yaratish, sug‘orish ishlari ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari hududlarni obod va ekologik jihatdan qulay holatga keltirish borasida mutasaddilarga vazifalarni belgilab berdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Termiz temir yo’l vokzalida Xalqaro turnir g’oliblari kutib olindi.

“Unversal jang” sport turi bo’yicha Andijon shahrida xalqaro turnir bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqa 5 ta davlat sportchilari o’rtasida qizg’in kechdi. Turnirda Termiz shahridan 2 nafar sportchi 30 kg vaznda Normurodov Lazizbek va 40 kg vaznda Shermurodov Elshodlar faxrli 1-o’rinni egallab, oltin medal bilan qaytishdi.

Shahrimiz iftixorlari mas’ullar, yosh sportchilar va ularning ota-onalari tomonidan tantanali kutib olindi hamda ularga Termiz shahar hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Yosh sportchilarimizga doimo omad va zafarlar yor bo’lsin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Termiz shahar | Yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar
 
Termiz shahar prokuraturasi tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish sohasida maqsadli undiruv, nazorat va o‘rganish tadbirlari davom etmoqda.

Shu jumladan sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan shahar hokimi O’.To’rayev, viloyat Va shahar prokurorlari va mas’ullar ishtirokida tanishildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram