Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.2K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahrida oilalar mustahkamligini ta’minlashda “Oqila ayollar harakatining o‘rni" mavzusida forum o‘tkazildi.

Bugun Termiz shahrida “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda "Oqila ayollar harakatining o‘rni" mavzusida ochiq va mazmunli forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir oila institutini mustahkamlash, farzand tarbiyasi va xotin-qizlar ma’rifatini yuksaltirish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda turli salbiy holatlarning oldini olishda “Oqila ayollar” harakatining ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Forumda mahallalarda o‘z faolligi va ibratli faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Termiz shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Gulnora Rahmonova so‘zga chiqib, harakatning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi samarali yondashuvi haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati “Oqila ayollar” harakati rahbari Xosiyat Qosimova tomonidan harakat a’zolari nomidan tayyorlangan murojaatnoma forum ishtirokchilari e’tiboriga havola qilindi. Tadbir yakunida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan bir guruh faol ayollar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur forum “Oqila ayollar” harakatining faollari orasida tajriba almashish, dolzarb muammolar yuzasidan ochiq fikr bildirish hamda kelgusi ishlar yuzasidan taklif va tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1
Termiz shahrida oilalar mustahkamligini ta’minlashda “Oqila ayollar harakatining o‘rni" mavzusida forum o‘tkazildi.

Batafsil: https://t.me/termizshh/49437

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Termiz shahridagi "Bolajon" bogʼi yonida faoliyat olib borayotgan "Kapital texno stroy" masʼuliyati cheklangan jamiyatining maxsus texnikalari tomonidan Termiz shahar elektr taʼminoti bilan kelishmagan holatda oʼzboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotgan vaqtda kabel uzilishi yuzaga kelgan.

Natijada 110/6 kV li "TMZ”podstansiyasidagi yacheykalarda nosozlik yuzaga kelib, ushbu podstansiya orqali elektr energiya bilan taʼminlanuvchi isteʼmolchilarning tarmoqdan ajralishiga sabab boʼlgan.

Ayni vaqtda Termiz shahar elektr taʼminoti tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👏321
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BRIFING

Inson qadrini ulug‘lashga e’tibor yanada kuchaytiriladi


Allamurodova Shoxista Nosirovna - Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BRIFING

Shaharda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.


Imamov Baxtiyor Shernazarovich - Termiz shahar hokimining o‘rinbosari

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1👍1
23-iyun — Davlat xizmati kuni

Har yili ushbu kun dunyo miqyosida BMTning Davlat xizmati kuni sifatida keng nishonlanadi.

2003-yilda BMT Bosh Assambleyasining 57-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiya asosida joriy etilgan ushbu sana davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, shaffoflik va fidoyilikni targ‘ib qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyatini e’tirof etishga, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishdagi yuqori standartlarni taklif qilishga qaratilgan.


Sana munosabati bilan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilariga fidokorona mehnati, yuksak mas’uliyat hissi va Vatanga sadoqati uchun minnatdorlik bildirgan.

"Har bir davlat xizmatchisining sa’y-harakatlari ortida yurtimizda samarali boshqaruvni rivojlantirish, fuqarolarga sifatli, adolatli, tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek, barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shish maqsadi mujassam ekanligini qadrlaymiz", deyiladi tabrikda.


Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
UzA | Kulobdagi xalqaro forumda O‘zbekistonning noyob turistik jozibasi namoyish etildi

Avval xabar berganimizdek, Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatidagi Kulob shahrida "Xatlon-turizmning qaynoq yuragi" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro turizm forum-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy, Koreya, Eron, Rossiya, Qirg‘iziston, Turmaniston kabi o‘nga yaqin davlatdan turizm sohasi vakillari qatnashgan tadbirda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalari ham faol ishtirok etdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida Xatlon viloyati raisi Davlatali Said forum qatnashchilarini tabriklab, hududning boy turistik salohiyati va sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha malumot berdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/733029

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1
“Bugunning qadri” — Termizda hokim va nuroniylar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

BATAFSIL : https://uza.uz/uz/posts/nuroniylarga-ehtirom-korsatildi_733323

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram