Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.2K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun 5-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon kulgi kuni.
🌏Afrikaning Butunjahon merosi kuni.
🌏Butunjahon qo‘l gigiyenasi kuni.
🌏Butunjahon o‘pka gipertenziyasi kuni.
🌏Xalqaro malikalar kuni.
🇪🇺Yevropa kuni.

#muhim_voqealar
🔹1836 – Belgiyada Yevropadagi ilk temir yo‘l ishga tushdi.
🔹1912 – Shvetsiyaning Stokgolm shahrida V Olimpiya o‘yinlariga start berildi. 
🔹1912 – “Pravda” gazetasining birinchi soni nashr etildi.
🔹1921 – Koko Shanel “Chanel No.5” atirlarini taqdim etdi.
🔹1994 – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin yulduz”, “Jasorat”, “Shuhrat” medallari, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari ta’sis etildi.

#tavalludlar
🔹1818 – Karl Marks – nemis faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi, sotsiologi, siyosiy jurnalist va sotsial inqilobchi
🔹1846 – Genrik Senkevich – polyak yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1910 – Hamid Sulaymonov – adabiyotshunos, matnshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
🔹1916 – Mutal (Mutavakkil) Burhonov – bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti.
🔹1918 – Matyoqub Qoʻshjonov – oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi.
1929 – Ibroyim Yusupov – qoraqalpoq yozuvchisi, O‘zbekiston xalq shoiri.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash chora-tadbirlari

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3🔥1
🌙 Ибратли маърузалар — қалб учун озуқа

💬 Айб қидириш осон, ибрат олиш қийин
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар

💬 Шаҳидликнинг асл моҳияти
🎙 Исроилжон домла Исмоилжонов

💬 Хунрезлик ва нотинчликларнинг келиб чиқиш сабаблари
🎙 Зайниддин домла Эшонқулов

🎧 Тингланг, ўйланг ва ибрат олинг.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍4
Termiz shahar IIB JXX tomonidan probatsiya nazorati ostidagi yoshlar o‘rtasida volleybol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi

Termiz shahar Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi tashabbusi bilan nazorat ostida bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Mazkur tadbir sportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, probatsiya hisobida turgan shaxslarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish va ularni foydali faoliyatga jalb etish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini yaratishdi. Yakunda g‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari saylovi uyushqoqlik va oshkoralik ruhida davom etmoqda!

Termiz shahridagi “Jo’yjangal” mahallasida saylov jarayoni yuqori ruhda va fuqarolarning faol ishtirokida o‘tkazildi. Saylovda mahalla aholisining keng qatlamlari ishtirok etdi, nomzodlar esa o‘z dasturlarini taqdim etar ekan, jamoatchilik fikri va ehtiyojlarini hisobga olishga harakat qilmoqda!

Raislikka 3 nafar nomzod qo‘yildi. Ular orasidan D.Jabborova aholi ishonchiga sazovor bo‘lib, eng ko‘p ovoz to‘pladi va Jo’yjangal mahallasi raisi etib saylandi.


Bu kabi saylovlar mahallalarni rivojlantirish, jamoatchilikni qaror qabul qilish jarayoniga keng jalb etish hamda fuqarolarning o‘z hayotidagi muhim masalalarda mas’uliyatni his etishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍41
Termiz shahrida dzyudo bo’yicha o’smirlar o’rtasida O’zbekiston kubogi boshlandi.

O’zbekiston kubogi bellashuvida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan saralangan 1000 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishmoqda. Shaharning Yakka kurash majmuasida o’tkazilayotgan bellashuvning birinchi kunida yengil vazn toifadagi dzyudochilarning chiqishlariga keng o’rin berilayapti. Shu kungi g’oliblarga diplom, madel hamda estalik sobg’alar topshirildi.
Eslatib o’tamiz, o’smirlar o’rtasida O’zbekiston kubogi 7 may kuniga qadar davom etadi.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1