Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.3K photos
4.98K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Термиз шаҳар ҳокими Ў.Тўраев фахрий ўқитувчилар ва таълим соҳаси вакиллари билан учрашди

Маълумки, Президентимиз томонидан Халқ таълими тизимини ривожлантириш ва ўқитувчиларнинг жамиятдаги обрўсини кўтариш бўйича аниқ вазифалар белгилаб берилиб, барча ҳудудларда кенг кўламли ишлар олиб борилмоқда.

Ушбу вазифаларнинг ижросини таъминлаш ҳамда умумтаълим мактабларида таълим сифатини ва педагог ходимларнинг салоҳиятини ошириш мақсадида Термиз шаҳар ҳокими ва сектор раҳбарлари кўп йиллик педагогик тажрибага эга фахрий ўқитувчилар, фаол нуронийлар, умумтаълим мактаблари директорлари ва ўринбосарлари, тажрибали устозлар ва ёш ўқитувчилар билан учрашув ўтказди.

Учрашув ўзаро ва самимий мулоқот тарзида ўтказилиб, устозларнинг таклиф ва тавсиялари тингланди ҳамда умумтаълим мактабларида таълим сифатини янги босқичга олиб чиқиш, фарзандлар таълим-тарбиясида ўқитувчилар ва оталар ролини ошириш бўйича асосий вазифалар белгилаб олинди.

Термиз шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизмати.
👍4
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мақсадимиз - ишончли тиббиёт!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
📢 Тадбиркорлар диққатига!

Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимовнинг жорий йил 24 июль, душанба куни ўтказиладиган навбатдаги "Тадбиркорлар қабули" шаҳар ва туманлар студиялари орқали онлайн форматда бўлиб ўтади.

Онлайн форматда ўтказиладиган “Тадбиркорлар қабули”да иштирок этиш истагида бўлган тадбиркорлар эртага, 23 июль куни соат 18:00 га қадар қуйидаги рақамларга мурожаат қилиб, рўйхатдан ўтишлари сўралади:

🔝 +99876 225 1237
🔝 +99891 585 0242
🔝 +99890 645 5380

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мақсадимиз - сифатли таълим!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍41
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мақсадимиз - сувни эъзозлаш!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍5
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мақсадимиз - одил судлов тизими!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍2
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мақсадимиз - баракали бизнес!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍2
Termiz shahar Mehrobod mahallasi Binafsha koʻchasi 69-uyda yashovchi Abidov Farid va sheriklari hozirgi kunda haqiqatdan ham 1-guruh nogironlari boʻlib, qisman oʻzgalar yordamiga muhtoj. Ularning ijtimoiy ahvoli toʻgʻrisida Mehrobod mahallasi faollari, Termiz shahar hokimligi mas’ullari yetarli ma’lumotga ega boʻlib mas’ullar tomonidan muntazam moddiy va ma’naviy yordamlar koʻrsatib kelinmoqda, shuningdek mahalla yoshlaridan koʻngilli volontyorlar muntazam uy yumushlariga yordam koʻrsatib kelinmoqda. Shuning bilan birga aytib oʻtish joizki ular har doim har qanday shaxslarning oʻzlarining shaxsiy masalalariga aralashishlarini va xonadonlariga tashrif buyurushlarini xoxlashmaydi.
🔥31👍1
🗣TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Termiz shahar obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ”Bobur” hamda “Bolajon” madaniyat va istirohat bogʻlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori asosida tender tanlovi eʼlon qilinadi.

Tenderda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlarni ushbu tender tanoviga taklif etamiz.  

📞 Murojaat uchun telefon:

(76) 224-13-12, (76) 224-16-40
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
RASMIY MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali fuqaro Erkin Norsafar tomonidan 2023-yil 16-iyulda “Erkatoy”larning etagini yig'ishtirib qoyadigan mard bormi? sarlavhasida berilgan maqolaga rasmiy munosabat

Sizning mobil aloqa tayanch stansiyasini olib tashlash masalasida bir necha marotaba yo‘llagan murojaatlaringiz Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Ozbektelekom” AK “OzMobayl” filiali hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilgan.
Aloqa inshootlarini qurish vakolatli davlat organlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal  xo'jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) tomonidan tegishli xulosalar asosida amalga oshiriladi.
Aloqa obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan, qabul qilish jarayonida ishtirok etadigan vakolatli davlat organlarining ijobiy xulosalari, shu jumladan Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan berilgan sanitariya pasporti asosida amalga oshiriladi. Aloqa vositalari “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan radioelektron vositalarni ekspluatatsiya qilish uchun berilgan ruxsatnomasiga muvofiq ishlaydi.
Operatorning o‘ziga tegishli binolar, inshootlar va yer uchastkalari bu maqsad uchun yetarli emasligi sababli, mobil aloqa operatorlari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bino va inshootlardan ijara shartnomalari asosida foydalanadilar.
O‘zbekiston Respublikasida mobil aloqaning qamrab olinishi va mobil aloqa xizmatlarining sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri operator tomonidan boshqariladigan tayanch stansiyalar soniga bog‘liq, shu sababli mobil aloqa operatorlari turli hududlarda aloqa sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Termiz shahar, Tinchlik mahallasi, Temiryoʻlchi koʻchasida oʻrnatilayotgan mobil aloqasi baza stantsiyasi barcha tegishli xujjatlarga asosan qonuniy tartibda qurilayotganligini ma’lum qilamiz.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
👍10🤩1
Ta'mirlash ishlari tufayli Termiz shaharning ba'zi mahallalarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi

Termiz shaharning  "Katta bog'", "Yulduz" mahallalari hududida joylashgan hovli uylarni taʼminlovchi o‘rta bosimli gaz  quvurlarini mustahkamligi va zichligini kompressor bosimi ostida tekshirilishi sababli   gaz quvurida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun soat 11:00 dan 17:00 gacha hudud iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali xodimlari tomonidan aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida Termiz shahar  “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasi hududida joylashgan 110/10/6 kV li “Sharq” podstansiyasidagi yuklamada ishlayotgan quvvati 10 000 kVA kuch transformatorini quvvati 20 000 kVA kuch transformatoriga almashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bu haqda, Surxondaryo telekanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali namoyish etilgan videolavhada batafsil tо‘xtalib о‘tildi.
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚛Nosozlik bartaraf etilmoqda

Bugun Termiz shahridagi markaziy oqova suv quvurida avariya holati sodir bo‘ldi. Hozirda “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJning Termiz shahar bo‘limi tomonidan mazkur nosozlik bartaraf etilmoqda. Shu sababli, shaharning “Do‘stlik”, “Tuproqqo‘rg‘on”, “A.Avloniy”, “Bo‘ston”, “Kattabog‘” mahallalarida oqova suv tarmog‘i va ichimlik suv ta’minotida uzulishlar yuzaga kelishini ma’lum qilamiz.

✔️Nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng, oqova va suv ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📱https://t.me/uzsuvsurxondaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7💯2🔥1🤩1
🇺🇿 28-iyul kuni soat 15:00 da Termiz shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Sessiya kun tartibida 15 ta masala ko‘rib chiqishi rejalashtirilgan bo‘lib, sessiya ishini Termiz shahar hokimligi axborot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz hamda o‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram📹YouTube  | Facebook|🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6