tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
3.33K subscribers
2.64K photos
66 videos
1 file
2.5K links
Iqtisod, biznes, fintech, bank-moliya tizimiga oid O'zbekiston va jahon yangiliklari hamda tahlillar

Hamkorlik va reklama bo'yicha: @tangauz_ads_bot

Murojaatlar uchun: @tanga_aloqa_bot

Jamoaga qo’shilish uchun: https://forms.gle/1LCn3v4v8Fuq
Download Telegram
2026-yilning avgust oyida O‘zbekiston milliy valyutasi so‘m dollarga nisbatan 1,7 foizga mustahkamlandi.

E’tiborli jihati, bu joriy yilda kuzatilgan eng yirik oylik mustahkamlanish bo‘lgan.

Oy boshida rasmiy kurs 11 960,18 so‘mni tashkil etgan va bu oy davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.

26-avgust kuniga kelib esa rasmiy kurs 11 778,52 so‘mni tashkil etdi.

Bu 2023-yilning 10-avgust sanasidan keyingi davrda kuzatilgan eng past ko‘rsatkich bo‘lgandi.

Avgust oyida AQSh dollari so‘mdan tashqari yana bir qator xorijiy valyutalarga nisbatan ham qadrsizlangan.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1629

Telegram | Instagram | YouTube
2👍1
Gruziyaning Bank of Georgia banki egasi Lion Finance Group O‘zbekistondagi eng yirik beshta bankdan birini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Mavjud xususiylashtirish rejalari va davlat banklari maqomidan kelib chiqib, iqtisodchi Otabek Bakirov ehtimoliy nomzod sifatida Xalq Bankini ko‘rsatdi.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1630

Telegram | Instagram | YouTube
👏41🤔1🤯1
Ushbu haftaning dam olish kunlarida 23 ta bankning ayrim filiallari ishlaydi.

Ular valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari kabi xizmatlarni taqdim etadi.

Filiallar ro‘yxati quyidagi banklarning havolasida berilgan.

📣 Agrobank
📣 Asia Alliance Bank
📣 Apex Bank
📣 Biznesni Rivojlantirish Banki
📣 Ipoteka-bank
📣 O'zmilliybank
📣 Orient Finans bank
📣 Tenge Bank
📣 Trastbank
📣 Hamkorbank
📣 Anorbank
📣 Garant Bank
📣 Hayot Bank
📣 SQB
📣 Asakabank
📣 InFinBank
📣 Saderat bank
📣 Universalbank
📣 Xalq Banki
📣 Ipak Yuli Bank
📣 Mikrokreditbank
📣 Poytaxt Bank
📣 Kapitalbank

Batafsil: https://tanga.uz/news/1632

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Bu hafta O'zbekiston bank tizimida yuz bergan eng muhim yangiliklar dayjesti:

📣 Gruziyaning Bank of Georgia banki egasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

📣 Ipak Yuli Bank islomiy moliya kengashi a’zolarini saylash masalasini ko‘rib chiqmoqchi

📣 Asia Alliance Bank islomiy bank faoliatini islomiy darcha shaklida joriy etishga qaror qildi

📣 Endilikda har bir tumanda imtiyozli kreditlarni boshqaruvchi shtablar tashkil etiladi

📣 Avgust oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?

📣 Kredit shartlari biznes yo‘nalishidan kelib chiqib belgilanadi

📣 Bank of Georgia O‘zbekistondagi qaysi bankni sotib olishi mumkin?

📣 Markaziy bank talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qildi

📣 Kredit tarixida muammosi bo‘lgan ehtiyojmand fuqarolarga ham imtiyozli kredit olish imkoniyati yaratiladi

Batafsil: https://tanga.uz/news/1633

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👏1🙏1
📣📣📣📣

Qozog‘istonga kirish endi pullik bo‘lishi, O‘zbekistonda biznesi yurishmagan 62 ming kishi kreditini qaytara olmayotgani, avgust oyida 72 mlrd so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani

O'tgan haftaning shu va boshqa O‘zbekistonga oid iqtisodiy hamda ijtimoiy yangiliklar tanga.uz haftalik dayjestida.

📺 https://youtu.be/WBybU3EB9EM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
7-sentyabr uchun dollarning banklardagi eng yaxshi sotish va sotib olish kurslari

Telegram | Instagram | YouTube
1🙏1
IT Park sobiq rahbari Farhod Ibragimov Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi (Enterprise Uzbekistan) boshqaruv raisi etib uch yil muddatga tayinlandi.

Markazni shu vaqtgacha boshqarib kelgan Amir Mardiyev faoliyatini markaz boshqaruv raisining maxsus huquqiy rejim bo‘yicha o‘rinbosari sifatida davom ettiradi.

Enterprise Uzbekistan haqida batafsil:

Batafsil: https://tanga.uz/news/1631

Telegram | Instagram | YouTube
1👍1
Avgust oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 6,2 foizni tashkil etdi. Iyul oyida bu ko‘rsatkich 6,4 foizga, o‘tgan yilning mos davrida esa 8,8 foizga teng bo‘lgandi.

Meva va sabzavotlar narxining pasayishi inflatsiya tushishiga xizmat qildi. Biroq yoqilg‘i va ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshish ta’siri yuqori bo‘ldi.

Natijada avgust oyida iste’mol savatidagi tovar va xizmatlar narxi iyul oyiga nisbatan 0,2 foizga oshdi.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1634

Telegram | Instagram | YouTube
2🔥1
Avgust oyida narxi eng ko‘p oshgan 20 ta oziq-ovqat mahsuloti

📣 Qovoq — (+17,6%)
📣 Sabzi — (+9,2%)
📣 Tarvuz — (+7,5%)
📣 Piyoz — (+6,2%)
📣 Turp — (+5,7%)
📣 Lavlagi — (+1,8%)
📣 Apelsin — (+1,6%)
📣 Mandarin — (+1,6%)
📣 Bodring — (+1,5%)
📣 Limon — (+1,5%)
📣 Shaftoli — (+1,4%)
📣 Pomidor — (+1,1%)
📣 Grechka — (+1,1%)
📣 Qovun — (+1,1%)
📣 Guruch — (+1,1%)
📣 Ko‘katlar — (+1%)
📣 Qattiq pishloq — (+0,9%)
📣 Qiyma go‘sht — (+0,9%)
📣 Anor — (+0,9%)
📣 Pivo — (+0,8%)

Avgust oyida narxi eng ko‘p arzonlagan 20 ta oziq-ovqat mahsuloti

📣 Uzum — (-10,9%)
📣 Bulg‘or qalampiri — (-9,2%)
📣 Olma — (-7,2%)
📣 Nok — (-6,0%)
📣 Baqlajon — (-5,5%)
📣 Karam — (-4,9%)
📣 Kartoshka — (-3,3%)
📣 Banan — (-2,8%)
📣 Qo‘ziqorin — (-1,4%)
📣 Sarimsoq — (-0,7%)
📣 Shakar — (-0,6%)
📣 Suli yormasi — (-0,6%)
📣 Plitka shokolad — (-0,5%)
📣 Tuzlangan bodring — (-0,4%)
📣 Xom sut — (-0,4%)
📣 Tvorogli siroklar — (-0,3%)
📣 No‘xat — (-0,2%)
📣 Novvot — (-0,2%)
📣 Oq qand — (-0,2%)
📣 Paxta yog‘i — (-0,1%)

Narxi eng ko‘p oshgan va eng ko‘p arzonlagan nooziq-ovqat mahsulotlari

📣 AI-98 va AI-100 markali benzin — (+6,7%)
📣 Avtomobillar uchun propan — (+5,8%)
📣 AI-95 markali benzin — (+4,9%)
📣 Hojatxona qog‘ozi — (+1,2%)
📣 AI-92 markali benzin — (+1,1%)
📣 Noutbuk — (-0,7%)
📣 Changyutgichlar — (-0,8%)
📣 Ovoz va tasvir yozib olish uskunalari — (-0,9%)
📣 Foydalanilgan avtomobillar — (-1,1%)
📣 Qo‘l soatlari — (-1,1%)

Batafsil: https://tanga.uz/news/1634

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏1
Taksi bozorining sakkiz oylik aylanmasi 7 trln so‘mdan oshdi — infografika

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida rasmiy faoliyat yurituvchi 242 ta taksi agregatori orqali 329 million martadan ko‘proq yo‘lovchi tashildi.

Shu davrda agregatorlarning yo‘lovchi tashish aylanmasi 7 trln 168 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bunda o‘rtacha chek miqdori 21 785 so‘mga teng bo‘lgan.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1636

Telegram | Instagram | YouTube
🔥3👍1
Markaziy bank kredit qarzdorligini undirishda mijozning barcha bank kartalaridagi mablag‘larni to‘liq yechib olishni cheklashni taklif qilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, bank kredit yoki kafillik bo‘yicha to‘lovlarni undirish chog‘ida mijozning kartasida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmi (680 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘ni qoldirishi kerak bo‘ladi.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1637

Telegram | Instagram | YouTube
🔥7👍2👎1
8-sentyabr uchun dollarning banklardagi eng yaxshi sotish va sotib olish kurslari

Telegram | Instagram | YouTube
🙏3
10 yil avvalgi 100 ming so‘mning bugungi kunda xarid qobiliyati qancha?

O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mning xarid qobiliyati so‘nggi 10 yil ichida qariyb 67 foizga kamaydi.

Sodda qilib aytganda, hozir 100 ming so‘mga olinadigan tovar va xizmatlarni 10 yil avval 33 ming so‘mga xarid qilish mumkin bo‘lgan.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1639

Telegram | Instagram | YouTube
🤯6👍3😱1💯1
AloqaBank’da yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, unga Iskandar Umarjonovich Tursunov nomzodi ma’qullandi. Tayinlov Markaziy bank bilan kelishilganidan so‘ng rasman kuchga kiradi.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1638

Telegram | Instagram | YouTube
👍31👌1
2026–2027-yillarda ommaviy savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan davlat ulushi mavjud korxonalar ro‘yxati shakllantirildi.

Ro‘yxatga Turonbank ham kiritilgan bo‘lib, bank ustav kapitalidagi 98,9 foizlik davlat ulushini xususiylashtirish rejalashtirilgan.

Bunda xususiylashtirish xalqaro maslahatchilarning xulosalari hamda bankning jarayonga tayyorlik darajasidan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1640

Telegram | Instagram | YouTube
1
ANORBANK ta’sischiligida Anor Sug‘urta aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.

Yangi kompaniya bankning sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari va affillangan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1641

Telegram | Instagram | YouTube
👍31
9-sentyabr uchun dollarning banklardagi eng yaxshi sotish va sotib olish kurslari

Telegram | Instagram | YouTube
2🙏1
O‘zbekistonda so‘mga tenglashtirilgan HUMO nomli raqamli tokendan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha tajriba loyihasi boshlanmoqda.

Loyiha doirasida token yordamida tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilish hamda to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati sinab ko‘riladi.

HUMO tokenlari barqaror bo‘lib, bir donasi 1 so‘mga teng bo‘ladi. Ular davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Tajriba loyihasining dastlabki muddati 12 oy. Zarurat tug‘ilganda, loyiha uzaytirilishi mumkin, biroq uning umumiy muddati uch yildan oshmasligi belgilangan.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1642

Telegram | Instagram | YouTube
👍1👏1
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 8 mlrd dollarga ko‘paydi

Avgust oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi oltin narxining ko‘tarilishi hisobiga 7,8 mlrd dollarga ortdi.

Natijada 1-sentyabr holatiga ko‘ra umumiy zaxiralar 72 mlrd 135 mln dollarni tashkil etib, fevraldagi 77 mlrd dollarlik rekorddan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Shuningdek, avgust oyida zaxiradagi oltinning fizik hajmi 8,05 tonnaga ko‘payib, 438,83 tonnaga yetgan. Bu oltinning fizik hajmi bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1643

Telegram | Instagram | YouTube
👍21👏1
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yilning dastlabki yetti oyida 40 tonna oltin xarid qildi. Ushbu ko‘rsatkich bilan mamlakat dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari orasida uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Eng yirik xaridorlar esa Polsha (90 tonna) va Xitoy (60 tonna) bo‘lgan. Shu bilan birga, ayrim markaziy banklar yil boshidan buyon oltin zaxiralarini qisqartirgan.

Eng yirik oltin sotuvlari Turkiya (85 tonna) va Rossiya (50 tonna) markaziy banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Batafsil: https://tanga.uz/news/1645

Telegram | Instagram | YouTube