Alisher Navoiy: Buyuk Tilshunos
Garchi kech bölgan bölsa ham, nimadirlar yozay dedim. 9-fevral kuni yurtimizda Alisher Navoiy tavalludi deya bilinadi. Shu munosabat bilan u zotning kalomda mohirligidan namunalar keltirishni xohladim. Quyida "Ğaroyib us-siğar" (Bolalik ğaroyibotlari) devonining debochasidan qisqa parchalar keltiraman. Islom taʼlimotlariga köra har bir eʼtiborli ish basmala (Allohning ismini zikr qilish), hamdala (Allohga hamd aytish) va salovot (Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga gözal duolar qilish) bilan boshlanadi, shu jumladan, asarlar ham.
Hazrat Navoiy ham öz devonini shu qoida böyicha boshlaydi. Allohga ajoyib hamdini quyidagicha izhor etadi:
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning madhi:
Eslatma: Iqtibosda keltirilgan satrlarni ovoz chiqarib öqib köring. Shundagina sözlarning gözalligini his etasiz.
#tilimiz
@shmirzayevofficialblog

Shukr-u sipos ul Qodirğakim, chun adam osoyishgohidin vujud oroyishi ogohlarig‘a jilva berdi, insonni soyir maxluqotdin nutq sharafi bila mumtoz qildi.
Va hamdi behaddu qiyos ul soni’ğakim, chun iborat javohirin nazm silkiga tortdi, ul gulshani Eramoyinni nazm ahli xomayi gavharafshoni bila rashki nigorxonayi Chin va ğayrati xuldi barin yasadi. Jalla jaloluhu va ammat nuamouhu va lo iloha g‘ayruhu.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning madhi:
Va durudi noma’dud ul anbiyo xalqasining xotamiğakim, inn ash-she’ra lahikmatun va inn al-bayona lasihrun nuktasi bila shuaro poyasin hukamo martabasiğa chektiyu bayon rutbasin sehr manzilasiğa tortti. Va sallollohu alayhi va alo olihi va as’hobihi va sallam.

🔥4⚡1❤1🤣1