Shaxzodning sahifasi
341 subscribers
283 photos
24 videos
20 files
215 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
🌍 Xalqaro Valyuta Fondining yuridik bölimida amaliyot dasturi - 2024!

Xalqaro huquq va moliya sohalariga qiziqasizmi? Unda 2024-yilning iyun-sentyabr oylari mobaynida 10-12 haftalik amaliyot uchun XVFning yuridik bölimiga ariza topshiring! Yetakchi mutaxassislar rahbarligida amaliy tajriba orttiring va turli loyihalar ustida ishlang.

Nomzodga qöyilgan talablar:
- Magistratura (L.L.M - Master of Laws), J.D (Juris Doctor) yoki unga tenglashtirilgan huquqshunoslik darajasini tamomlagan yoki bir/ikki yil ichida bitirishi kutilayotgan bölishi;
- Amaliyotdan keyin universitetga qaytish;
- 32 yoshdan oshmaslik;
- Ingliz tilini mukammal bilish (yozma va oğzaki)
- Kuchli tahliliy moliyaviy va kompyuter savodxonligi;

Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:
- Töliq töldirilgan ariza shakli (varaqasi);
- Barcha savollarga har tomonlama töliq javoblar;
- CV/rezyume;
- Joriy dastur uchun universitetdan olingan baholar ilovasi (transcript);
- Ikkita akademik tavsiyanoma;

👉 ariza topshirish

Eslatma: Agar ariza topshirish mobaynida tavsiyanomalarni yuklash imkoni bölmasa, bu sizning arizangiz rad etiladi degani emas. Saralangan nomzodlar tavsiyanomalarni keyinroq taqdim etishlari ham mumkin.

XVF xilma-xillikni qadrlaydi va turli millat vakillarini rağbatlantiradi. Tanlov jarayonida nogironlar uchun maqbul shart-sharoitlar mamnuniyat bilan ta’minlanadi.

#ish_imkoniyat #amaliyot

Telegram | Instagram | Linkedin