Albatta, Alloh Yaratguvchidir, Al-Musavvirdir...
Alloh taolo mazkur jasad shahrining eng yuksak manzilatiga Xalifa uchun maxsus baland va koʻzga koʻrinadigan ajoyib sayrgoh qurdi va bu yerga “Miya” deb nom berdi. Butun vujudning eng yuqorisiga toj sifatida kiydirib, "Miya"ni xalifa etib tayinladi. Bu sayrgohda Alloh Taolo xalifaga bir qancha deraza va eshiklarni ochdi, xalifa ular orqali o'z mulkiga nazar tashlaydi. Bu deraza va eshiklarga ikki ko‘z, ikki quloq, burun va og‘iz deb atadi. Keyinchalik Qodir Zot (miyada) xazina barpo etib, uni “Tasavvurot [Hayolot] Xazinasi” deb atadi. Miyadagi xayol xazinasi qaror qabul qilish va xalifaga tegishli Badan (Jasad) shahridan olinadigan soliq va yig'imlar yig'ish va 5 sezgi tomonidan berilgan axborotlarning to'planish joyiga aylantirildi. U erda barcha ma'lumotlar yig'iladi. Biz barcha his-tuyg'ulardan olgan ma'lumotlar Tasavvur xazinasiga to'planadi. So‘ngra Alloh Miyadagi Tasavvur xazinasidan ko‘rish, eshitish, hidlash, tatib ko‘rish, teginish va ular bilan bog‘liq bo‘lgan xabarlarni to‘plash uchun joy yaratdi. Uyqudagi odam ko'rgan tasvirlar va tushlar bu xazinadan chiqadi.
Alloh taolo mana shu sayrgoh o'rtasida g'oyalar xazinasi qurdi. Tushdan kelgan narsalar bu xazinaga kiradi va bu xazina tushdan kelgan narsalarni qabul qiladi va buzuq g`oyalarni rad etadi va ularga kirishga ruxsat bermaydi. Miyadagi bu joy Alloh Taoloning Vaziri, ya'ni yordamchisining qarorgohi bo'lib xizmat qiladi. U Vazir, ya'ni yordamchi, AQLdir. Bu yerda Alloh taolo inson ruhini sulton va xalifa etib tayinladi, va unga vazir berdi. Aql ruhning vaziri, ya’ni sultonning vaziri etib tayinlandi.
هُوَ ٱللَّهُ ٱلْخَٰلِقُ ٱلْبَارِئُ ٱلْمُصَوِّرُۖ لَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰۚ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Ma'nosi: U Alloh Xoliq, Bari’u, Musavvirdur. Barcha go‘zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etarlar. Yana U Aziz va Hakimdir. [Hashr surasi 24-oyat]
#tafakkur #mutoola
@shmirzayevofficialblog