Shaxzodning sahifasi
341 subscribers
278 photos
24 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
#TIL

O‘zbek tili boy va rang-barang til bo‘lib, turli fikr va his-tuyg‘ularni inja so`zlarda ifodalash mumkin. Biroq so‘nggi yillarda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar orasida chetdan kirib kelgan so‘z va iboralarni, xususan, ingliz va rus tillaridagi so‘zlarni kundalik nutqiga kiritish xuruji kuchaymoqda. Bu oddiy holdek ko‘rinsa-da, o‘zbek tilining saqlanishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Chet elda qilgan sayohatlarim mobaynida mahalliy aholining o`z tillariga bo`lgan hurmati va muhabbatini yaqqol sezdim. Masalan, Turkiyada ko`chada deyarli barcha oshxonalar, savdo majmualari turk tilida nomlangan edi. Italiyada ham odamlar inglizcha gapirganimni tushunishiga qaramay jilmayib italyancha javob qaytarishdi.

Ammo bizdachi? O`zbek tiliga xorijiy atamalarni shundoqqina o`zlashtirma so`z sifatida kiritish kuzatilmoqda. Men shu o`rinda o`zim bilgan muqobil so`zlarni topdim. O`ylaymanki, tilimizdagi ba’zi o`zlashma so`zlardan ko`ra milliy muqobili chiroyliroq jaranglaydi.
IELTS IMTIHONIGA TAYYORLANISH UCHUN FOYDALI SAYTLAR

IELTS eng mashhur ingliz tili savodxonligini tekshiradigan imtihonlaridan biridir. Ushbu test natijalari Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yevropa mamlakatlarida va butun dunyoning deyarli barcha ingliz tilida so'zlashuvchi universitetlarida tan olinadi.
Quyida ushbu imtihonga tayyorgarlik mobaynida asqotadigan saytlar ro`yxatini havola etaman:

1. British Council - takeielts.britishcouncil.org/prepare-test
2. IELTS.org - ielts.org/about-the-test/test-format
3. IDP Education - ielts.idp.com/prepare-for-ielts/free-ielts-resources
4. Cambridge English - cambridgeenglish.org/exams-and-tests/ielts/preparation
5. E2Language - e2language.com/courses/ielts-preparation
6. IELTS Advantage - ieltsadvantage.com
7. Magoosh - magoosh.com/ielts/ielts-study-plans
8. IELTS Liz - ieltsliz.com
9. IELTS Mentor - ielts-mentor.com
10. IELTS Podcast - ieltspodcast.com
11. Road to IELTS - roadtoielts.com
12. Exam English - examenglish.com
13. IELTS Online Tests - ieltsonlinetests.com
14. IELTS Practice - ielts-practice.org
15. IELTS Test Online - ieltstestonline.com
16. IELTS Buddy - ieltsbuddy.com
17. IELTS Writing - ieltswriting.org
18. IELTS-Exam.net - ielts-exam.net
19. IELTS Material - ieltsmaterial.com
20. IELTS Up - ielts-up.com


#til_örganish #language #ielts


Shakhzod Mirzaev
09.04.2023
Toshkent