Shaxzodning sahifasi
342 subscribers
283 photos
24 videos
20 files
215 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Channel created
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

In the name of Allah, the Entirely Merciful, the Especially Beneficent!
Kanal yuritishni davom ettiraymi?
Anonymous Poll
82%
Ha/yes/да/evet
18%
Yoʻq/no/нет/hayır
"Ha" degan ovozlar soni 100+ boʻlgandan keyin postlar qoʻyib boraman.
Shaxzodning sahifasi
Kanal yuritishni davom ettiraymi?
Assalomu alaykum, Qadrdonlar!
Uzoq vaqt davom etgan tanaffusdan so`ng yana kanal faoliyatini boshlamoqda. Modomiki, 100dan ortiq inson kanalning yuritilishiga xayrixoh ekan, biz yo`limizda davom etamiz.
Bundan so`ngra kanalda til o`rganish, chet elda o`qish, yangiliklar va boshqa talabalarga foydali maslahatlar qo`yib boriladi.
Hurmat bilan,
Admin!
WHY STUDENTS ERR IN CHOOSING THE APPROPRIATE UNIVERSITY?

1. Yaqin do'sti yoki yoqtirgan qizi o`qimoqchi bo`lgan (o`qiyotgan) universitetlarni tanlash
Abituriyentning maqsadi yaqin do'sti emas, balki o'zi uchun to`g`ri universitetni topish bo`lishi kerak. Hatto eng yaqin do`stlar yoki sevgan qizi ham turli xil ta`lim maqsadlari va qiziqishlariga ega bo`lishi mumkin. Do'sti aniq fanlarga yo`naltirilgan darslarni yoqtirsa, mazkur abituriyent ijtimoiy fanlarni yaxshi o`zlashtirishi mumkin. Talabalar kimligini va universitetdan nimani xohlayotganini aniqlab olishlari kerak. Keyin ehtiyojlari va qiziqishlariga mos keladigan universitetni qidirish kerak.

2. Ota-onalarning ta'siri
Kelajakda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lish, yaxshi sharoitlarda yashash uchun nimalarni o'rganishingiz kerakligi borasida ota-onanlarning fikriga va ularning ko'rsatmalariga quloq solish yaxshi. Biroq, ularning maslahatlarini inobatga olish kerak bo'lsa-da, talaba o`zi mustaqil qaror qabul qilishi kerak, endi u ammasining buzog`I emas, yetaklab yuriladigan. Chunki talaba o`zi boshdan kechirgan tajribalari, o'rgangan bilimlari, xatolari va erishgan yutuqlari haqida biladi. Dehqoncha aytadigan bo`lsak, o`zidan o`tganini o`zi biladi.

3. O'yin-kulgi uchun borish
Universitetda nafaqat o'qish, balki maroqli vaqt o`tkazish imkoniyati ko'pchilik talabalar orzu qiladigan narsadir. Va bu, albatta, yomon emas. Ammo nima uchun kollejga borganingizni va pulni nimaga sarflanayotganini eslash kerak. U yerda birinchi navbatda ta'lim olish ustuvor maqsad bo`lishi kerak. Shuni ham yodda tutish kerakki, hatto akademik jihatdan eng mashaqqatli universitetlarda ham bazmlar va tadbirlar mavjud. Talabalar har qanday joyda ziyofat topishingiz mumkin. Shunday ekan universitetni tanlashda o`yin-kulguni ustuvor yo'nalishga aylantirmaslik kerak.

4. Kimligini va universitetdan nimani xohlayotganini aniq bilmaslik
Bu, ehtimol, universitet tanlashda talabalarning eng katta xatosi hisoblanadi. Talabalar o`zining nimalarga qodir ekanligini, qaysi sohada o`zini qulay hamda muvaffaqiyatli his qilishini bilishi kerak.

5. Universitetning narxi
Ba’zan xususiy hamda jamoat (davlat) universitetlarining kontrakt narxlari o`rtasida tafovutlar bo`ladi. Bunda arzon yoki qimmat ekanligiga qarab baho berish ham keyinchalik muammolari tug`diradi.

6. Ariza topshirishdan oldin universitetni borib ko`rmaslik
Talabalar ko`proq “Ochiq eshiklar kuni” marosimlarida ishtirok etishga haris bo`lishlari kerak. Negaki, kelgusida o`qimoqchi bo`lgan oliy ta’lim dargohini yaqindan his qilish, kamchilik va afzalliklaridan boxabar bo`lishi kerak.

7. “Universitetga kirish qanchalik qiyin bo'lsa, u shunchalik yaxshi bo'ladi” degan zarbulmasalga ishonib qaror qilish
Masalan, bizda ko`pincha diplomatiya, tibbiyot, yuridik, moliya, narxoz va shu kabi ba’zi nufuzli univeristetlarga kirish anchayin mashaqqatli. Shu sababli u yerda o`qiydigan talabalarga nisbatan “o`o`o`o`” deyishadi. Universitetni esa juda sifatli deyishadi. Albatta, bu nisbiy tushuncha. Misol tariqasida keltirdim, xolos.

8. Yangilik, jurnallardagi reytinglarga tayanish
Ko`plab reklama o`choqlarida aylanadigan universitetlarni munosib deya tanlash ham ko`p hollarda xato bo`ladi. Reklama bilan real hayot o`rtasidagi farqlar haqida gapirib o`tirmasam ham bo`ladi.

9. Muayyan universitetga o'qishga kirish qobiliyatini noto`g`ri baholash
Barcha universitetlar odatda bir xil narsani qidiradi: kuchli akademik o`zlashtirishga va albatta “qippp-qizil diplom” ega talabalar. Biroq, o'qituvchisi talabani vunderkind deb og`iz ko`pirtirib maqtasa, bu o`sha talaba istalgan universitetga qabul qilinadi degani emas. Akademik litseyda o`qib yurgan kezlarimda men bilan birga repetitorga boradigan tengdoshlarim o`ziga bo`lgan ishonch yo`qligi yoki o`zini yetarliga baholamaganligi sababli nufuzli universitetlarga topshirmasdan oddiyrog`iga qanoatlanib qolishgan edi. Vaholanki, uchta blokni ham suvdek ichvorishgan edi.

10. Aytingchi, siz universitet tanlayotganingizda yuqoridagilardan tashqari qanday xatolarga yo`l qo`ygansiz? Izohlarda kutib qolaman.
To the attention of my subscribers who speak foreign languages!

If you want to learn about these messages or find them useful, and the Language Barrier is a problem for your understanding, I refer you on this life hack!
Channel name was changed to «Shaxzodning sahifasi»
Assalomu alaykum, Qadrli kuzatuvchilar!

Uzoq vaqtdan beri post yozmayotgan edim. Chunki hozirgi Slovakiyadagi universitetimdagi oraliq hamda yakuniy nazorat imtihonlaridan o'tish bilan band edim. Bundan tashqari, chet el universitetlariga magistratura bosqichini davom ettirish uchun arizalar topshirdim. Ba’zan xorijiy universitetlardagi qabul komissiyasi vakillarining ozlari menga shaxsan boglanib, universitetlarida oqish uchun ariza topshirishimni taklif etishdi. Quvonarlisi shundaki, ba’zilaridan kattagina miqdorda grant ham yutdim.
Sizlar uchun keying postlarim nima haqida (til organish, chet elda oqish, yangiliklar va boshqa talabalarga foydali maslahatlardan chetga chiqmaslik ma’qulroq) bo`lsin? Izohlarda yozib qoldiring!

🏛 Telegram | Instagram | Linkedin | YouTube
Forwarded from TDYU Yoshlari
23- dekabr soat 20:00 da "Chet elda ta'lim" mavzusida ovozli chat bo'lib o'tadi.
Ovozli chat mehmoni : 4-bosqich talabasi Mirzayev Shaxzod

Mehmonimiz haqida qisqacha :
@shmirzayevofficialblog kanali asoschisi, shuningdek:
✓Scholarships holder at The Pennsylvania State University’s Penn State Law (University Park Campus) LL.M. degree program in an amount of 38000$
✓ Winner of Deutschë-Kazachische Universität Summer Scholarships 2022
✓  Participant of ELSA summer school 2022
✓ Winner of National scholarship programme of SLovak Republic
✓ Participant of Alfred Deakins International Commercial Arbitration Moot Court Competition
✓ Participant of Frankfurt International Investment Arbitration Moot Court Competition
✓ Participant of John H. Jackson International Moot Court Competition
Va boshqa 20 dan ortiq xalqaro Konferensiya ham grantlar sohibi


Suhbat jarayonida siz òzingizni qiziqtirgan kòplab savollarga javob topishingiz mumkin.

Ovozli chat manzili : @TDYUYoshlari
Studying Abroad.pdf
8.2 MB
Taqdimotdan bahramand bo`linglar!


Telegram | Instagram
TALABALAR UCHUN FOYDALI 7 MOBIL ILOVA

Aksariyat talabalar o`qish davomida samarasizlikka uchrayotgani, vaqtni to`g`ri taqsim qila olmayotgani, uyga vazifalarni bajarishning oxirgi muddatiga ham ulgura olmayotgani hamda ko`plab muvaffaqiyatlarga boshqalar kabi erisha olmayotganligidan nolishadi.

Bu kabi muammolar mening hayotimda ham uchrab turadi. Ammo bu osongina taslim bo`lib, faqat shikoyat qilish bilan davom etish degani emas. Buning oldini olish maqsadida sizga bir necha mobil ilovalar ro`yxatini tavsiya qilaman.

1. Linkedin
Kuchli professional aloqalar tarmog`ini yaratish, ish to'g'risida bildirishnoma va e'lonlardan xabardor bo`lish, yirik kompaniyalar sizni topishiga imkon berish, intervyularga tayyorgarlik ko'rish uchun Linkedindan foydalanish tavsiya etiladi.

2. YouTube
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda YouTube tarmog`ida son-sanoqsiz video darsliklar keng va bepul tarzda tarqatilmoqda. Bu esa talabalarga uydan o`tirib uzoq masofalarga vaqt va energiyasini sarflamasdan katta miqdordagi ma`lumotni osongina olish imkonini beradi.

3. Telegram
Telegram yaqin yillar ichida o`z foydalanuvchilarining hurmati va ishonchini hamda raqobatchilarining esa e'tiborini qozondi. Ma'lumotlar xavfsizligi hamda uni buzib kirishni oldini olishning maksimum himoyasi talabalarga juda qo`l keladi.

4. Google Drive
Bitta hujjat ichida jamoaviy ish olib borish imkonini beradi hamda siz uchun tekin omborxona(ma'lumotlar ombori) vazifasini o`taydi.

5. WPS Office
Kitoblar, taqdimotlar hamda boshqa turdagi hujjatlarni ochib o`qishingiz mumkin.

6. Zoom (Google Meet or Mictrosoft Teams)
Uzoq masofa, ortiqcha pul hamda energiyani tejayman desangiz, dunyoning har burchaklaridan turib bo`lsa ham, bir majlisda yig`ilib suhbat qurishingiz mumkin.

7. OneNote
Darslardan, o`qigan kitoblaringiz yoki eshitgan ma'ruzalardan olingan foydali ma'lumotlarni yozib qo`yishingiz mumkin.

Shu paytgacha men foydali deb topgan mobil ilovalar ro`yxati shulardan iborat edi. Sizda ham shunaqa ilovalar bo`lsa izohlarda yozib qoldiring!

🇺🇸 READ IN ENGLISH

Telegram | Instagram | Linkedin | Youtube
KITOBSEVARLARNING ISHTIYOQINI OSHIRISH!

Shu kunlarda, kopchiligimiz, jumladan o`zim ham, ijtimoiy tarmoqlarda köp qolib ketyapmiz. Asosiy vazifalarimizdan, sevgan mashğulotlarimizdan uzoqlashib boryapmiz. Misol uchun, yaqin ikki oy ichida hech bir kitobni öqib tugatganimga ishonchim komil emas. Öylaymanki, sizlarda ham ayni holat. Shu sababli, avvalo özimning, qolaversa, boshqa kitobsevarlarning kitob öqishga bölgan ishtiyoqini yana oshirishga qöl urdim.
Köproq kitob öqishni xohlaydigan talabalar uchun bir nechta foydali tavsiyalar:
1. Davomli mutolaa qilishni odatga aylantiring! Öqish uchun har kuni yoki haftada ma’lum vaqt ajrating va iloji boricha unga rioya qiling. Bu sizga doimiy mutolaa qilish odatingizni rivojlantirishga yordam beradi.
2. Özingizga yoqadigan kitoblarni toping! Hamma kitoblar bir xil yozilmaydi. Agar siz chin dildan yoqtiradigan turdagi kitoblarni öqiyotgan bölsangiz, köproq öqish osonroq böladi. Qisqacha aytadigan bölsam, zeriktirmaydigan kitoblar o`qing.
3. Maqsadlar qöying. Öz oldingizga aniq maqsad qöyish sizni köproq öqishga undaydi. Masalan, yiliga kamida 20 yoki 30 kitob o`qiyman deb kundaligingizga yozib qöying. Ustiga ustak, Gregory kalendari böyicha hozir yilning boshi. Mazkur videoni körsangiz ajoyib kitob öqish uslublari körsatilgan.
4. Ovozli kitoblardan foydalaning! Agar siz muntazam ravishda ötirib kitob öqishga vaqt yoki sharoit topa olmasangiz, ovozli kitoblarni yuklab olib doimo eshitib yuring. Uy yumushlarini bajarayotganda, yölda ketayotganda, va boshqa vaziyatlarda bu usul juda qöl keladi.
5. Kitob muhokamasiga oid guruhlarga qöshiling! Döstlar bilan birgalikda kitob öqish hamda uni muhokama qilish maroqli ish. Bu kitobxonni kitob öqishdan zerikishidan asraydi. Balki, köproq kitob öqishga ishtiyoq beradi.
Umid qilamanki, bu maslahatlar ko'proq kitob öqishni istagan talabalar uchun foydali bo'ladi. Bundan boshqa tavsiyalar bölsa, izohlarda kutaman. Allah Xayrli mutolaa nasib qilsin!

♻️ Telegram | Instagram | YouTube
Erasmus Mundus Application GUide.pdf
492.8 KB
🇺🇿 Erasmus Mundus Qo’shma Magistr programmasiga topshirayotganlar uchun maxsus qo'llanma.

🇬🇧 Special guide for Erasmus Mundus Joint Master Degree applicants.
It really works!

————————————————————————-
Каналга уланиш:
@uzbbenelux

Follow us to know the best news:
@uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы:
@uzbbenelux
—————————————————————————