Shaxzodning sahifasi
334 subscribers
282 photos
24 videos
20 files
213 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Channel created
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

In the name of Allah, the Entirely Merciful, the Especially Beneficent!
👍83
Kanal yuritishni davom ettiraymi?
Anonymous Poll
82%
Ha/yes/да/evet
18%
Yoʻq/no/нет/hayır
👍72🥰1
"Ha" degan ovozlar soni 100+ boʻlgandan keyin postlar qoʻyib boraman.
👍162👏2
Shaxzodning sahifasi
Kanal yuritishni davom ettiraymi?
Assalomu alaykum, Qadrdonlar!
Uzoq vaqt davom etgan tanaffusdan so`ng yana kanal faoliyatini boshlamoqda. Modomiki, 100dan ortiq inson kanalning yuritilishiga xayrixoh ekan, biz yo`limizda davom etamiz.
Bundan so`ngra kanalda til o`rganish, chet elda o`qish, yangiliklar va boshqa talabalarga foydali maslahatlar qo`yib boriladi.
Hurmat bilan,
Admin!
🔥9🎉3👍2🥰2😱1
WHY STUDENTS ERR IN CHOOSING THE APPROPRIATE UNIVERSITY?

1. Yaqin do'sti yoki yoqtirgan qizi o`qimoqchi bo`lgan (o`qiyotgan) universitetlarni tanlash
Abituriyentning maqsadi yaqin do'sti emas, balki o'zi uchun to`g`ri universitetni topish bo`lishi kerak. Hatto eng yaqin do`stlar yoki sevgan qizi ham turli xil ta`lim maqsadlari va qiziqishlariga ega bo`lishi mumkin. Do'sti aniq fanlarga yo`naltirilgan darslarni yoqtirsa, mazkur abituriyent ijtimoiy fanlarni yaxshi o`zlashtirishi mumkin. Talabalar kimligini va universitetdan nimani xohlayotganini aniqlab olishlari kerak. Keyin ehtiyojlari va qiziqishlariga mos keladigan universitetni qidirish kerak.

2. Ota-onalarning ta'siri
Kelajakda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lish, yaxshi sharoitlarda yashash uchun nimalarni o'rganishingiz kerakligi borasida ota-onanlarning fikriga va ularning ko'rsatmalariga quloq solish yaxshi. Biroq, ularning maslahatlarini inobatga olish kerak bo'lsa-da, talaba o`zi mustaqil qaror qabul qilishi kerak, endi u ammasining buzog`I emas, yetaklab yuriladigan. Chunki talaba o`zi boshdan kechirgan tajribalari, o'rgangan bilimlari, xatolari va erishgan yutuqlari haqida biladi. Dehqoncha aytadigan bo`lsak, o`zidan o`tganini o`zi biladi.

3. O'yin-kulgi uchun borish
Universitetda nafaqat o'qish, balki maroqli vaqt o`tkazish imkoniyati ko'pchilik talabalar orzu qiladigan narsadir. Va bu, albatta, yomon emas. Ammo nima uchun kollejga borganingizni va pulni nimaga sarflanayotganini eslash kerak. U yerda birinchi navbatda ta'lim olish ustuvor maqsad bo`lishi kerak. Shuni ham yodda tutish kerakki, hatto akademik jihatdan eng mashaqqatli universitetlarda ham bazmlar va tadbirlar mavjud. Talabalar har qanday joyda ziyofat topishingiz mumkin. Shunday ekan universitetni tanlashda o`yin-kulguni ustuvor yo'nalishga aylantirmaslik kerak.

4. Kimligini va universitetdan nimani xohlayotganini aniq bilmaslik
Bu, ehtimol, universitet tanlashda talabalarning eng katta xatosi hisoblanadi. Talabalar o`zining nimalarga qodir ekanligini, qaysi sohada o`zini qulay hamda muvaffaqiyatli his qilishini bilishi kerak.

5. Universitetning narxi
Ba’zan xususiy hamda jamoat (davlat) universitetlarining kontrakt narxlari o`rtasida tafovutlar bo`ladi. Bunda arzon yoki qimmat ekanligiga qarab baho berish ham keyinchalik muammolari tug`diradi.

6. Ariza topshirishdan oldin universitetni borib ko`rmaslik
Talabalar ko`proq “Ochiq eshiklar kuni” marosimlarida ishtirok etishga haris bo`lishlari kerak. Negaki, kelgusida o`qimoqchi bo`lgan oliy ta’lim dargohini yaqindan his qilish, kamchilik va afzalliklaridan boxabar bo`lishi kerak.

7. “Universitetga kirish qanchalik qiyin bo'lsa, u shunchalik yaxshi bo'ladi” degan zarbulmasalga ishonib qaror qilish
Masalan, bizda ko`pincha diplomatiya, tibbiyot, yuridik, moliya, narxoz va shu kabi ba’zi nufuzli univeristetlarga kirish anchayin mashaqqatli. Shu sababli u yerda o`qiydigan talabalarga nisbatan “o`o`o`o`” deyishadi. Universitetni esa juda sifatli deyishadi. Albatta, bu nisbiy tushuncha. Misol tariqasida keltirdim, xolos.

8. Yangilik, jurnallardagi reytinglarga tayanish
Ko`plab reklama o`choqlarida aylanadigan universitetlarni munosib deya tanlash ham ko`p hollarda xato bo`ladi. Reklama bilan real hayot o`rtasidagi farqlar haqida gapirib o`tirmasam ham bo`ladi.

9. Muayyan universitetga o'qishga kirish qobiliyatini noto`g`ri baholash
Barcha universitetlar odatda bir xil narsani qidiradi: kuchli akademik o`zlashtirishga va albatta “qippp-qizil diplom” ega talabalar. Biroq, o'qituvchisi talabani vunderkind deb og`iz ko`pirtirib maqtasa, bu o`sha talaba istalgan universitetga qabul qilinadi degani emas. Akademik litseyda o`qib yurgan kezlarimda men bilan birga repetitorga boradigan tengdoshlarim o`ziga bo`lgan ishonch yo`qligi yoki o`zini yetarliga baholamaganligi sababli nufuzli universitetlarga topshirmasdan oddiyrog`iga qanoatlanib qolishgan edi. Vaholanki, uchta blokni ham suvdek ichvorishgan edi.

10. Aytingchi, siz universitet tanlayotganingizda yuqoridagilardan tashqari qanday xatolarga yo`l qo`ygansiz? Izohlarda kutib qolaman.
🔥7👍3👏2
To the attention of my subscribers who speak foreign languages!

If you want to learn about these messages or find them useful, and the Language Barrier is a problem for your understanding, I refer you on this life hack!
🔥4👍1