Shaxzodning sahifasi
342 subscribers
284 photos
24 videos
20 files
215 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Shaxzodning sahifasi
https://youtube.com/shorts/xNVkJqWHAmo?si=F3urrdO1-DQG6K0S
Boʻlarkan-u shunaqa yaxshi videolar chiqarsa)))👍👍👍🙌🙌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фаолиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
A web search function has recently been added. Be aware, in case!
Ancha vaqtdan beri badiiy asar oʻqimay qoʻygandim. Toʻgʻrisi vaqtimni toʻgʻri tartibga sololmaganim tufayli. Yaqin orada shu romanni boshlab, yotishdan oldin oʻqishni (bedtime reading) odat qildim. Oxiri, shu alfozda uch haftada tugatdim. Rostdanam oʻqishdan chiqib ketganimni sezdim. Bir vaqtlar 500-600 betlik kitoblarni ikki-uch kunga bormasdan oʻqib tugatardim. Hozir oʻzimni majbur qilsam ham bunga erisholmadim.

Use it or lose it! Bolta ham charxlanib turmasa, ishdan chiqarkan. Xuddi shunday miya ham)

#fikrlar
Forwarded from Akbar Tashkulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Энди lex.uz да ҳуқуқий саволларга сунъий интелект жавоб беради.

🌐 AI will answer to legal questions in lex.uz platform

🌐 Теперь искусственный интеллект будет отвечать на правовые вопросы в lex.uz.

Facebook | Instagram | LinkedIn
Doim javobini qidirgan savollarimdan biri. Juda qiyin. Hattoki bu savolni inson oʻziga oʻzi bermasdan oʻlib ketishni fojea deb oʻylayman.

#fikrlar
#foydali

Internetda #qiziq manbaga duch keldim. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti hamkorligida hazrati Alisher Navoiyning asarlarini bir saytga jamlab, kulliyot holiga keltirishibdi.

Sayt, Navoiy kulliyotining fihristi shaklida ishlangan.

👉 navoi.natlib.uz:8101/uz/


IT mutaxassislaridan shunday foydali ishlar kutib qolamiz.

@shmirzayevofficialblog
Sizningcha, Ibn Haldun shunday yozishi mumkinmi yoki tarjimonlar atayin qoʻshib qoʻyishganmi?

Modomiki, Ibn Haldun oʻzi shunday yozgan boʻlsa ham, nima uni shu xulosaga undagan?
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Ikki koʻz egasini otash kuydirmas: biri - bu Allohdan qoʻrqib yigʻlagan, ikkinchisi - Alloh yoʻlida poyloqchilik qilib uxlamagan kishini", - deb aytganlar. (Termiziy rivoyati)


Vatan himoyasi va unga xizmat qiluvchilar har doim, har bir dinda va madaniyatlarda ardoqlanadi. Shu sababdan, vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hammani tabriklayman. 🔥
Forwarded from Shaxzodning sahifasi
Soliq va soliq qonunchiligi haqida

Soliq va soliq qonunchiligi bo'yicha ishonchli manbalarni qidiryapsizmi? Boshqa qarashingizga hojat yo'q, o'rningizga topib qo'ydim! Soliqqa oid barcha masalalarga bag'ishlangan Telegram kanallari va guruhlarining ro'yxatini tuzdim.

▪️ @MySoliqUz
▪️ @Soliq_Maslahatchisi
▪️ @SoliqMaslahatchisi_UZ
▪️ @Nalogi_Onlayn_UZ
▪️ @Nalogovayakonsultasiya
▪️ @NalogUzb
▪️ @Buxgalteriya_Va_SoliqUZ
▪️ @SoliqNews
▪️ @SoliqKodeksi
▪️ @Murod_Muhamedjanov
▪️ @Toshkent_ShaharDSB
▪️ @Gulchikk
▪️ @UTaxAcademy
▪️ @UZ_Buxgalter
▪️ @SoliqQomitasi
▪️ @Soliq_Yangiliklari_Uzbekistan
▪️ @Soliq_Uzbekistan
▪️ @Soliqchining_Kundaligi

Foydali deb topsangiz, saqlab qo'ying.

#talabalarga_maslahatlar

@shmirzayevofficialblog
Nega kanalimda kamdan kam yozyapman?

Avvallari boshqa kanallarda yoki saytlarda mavjud xabarlarni qayta ulashardim. Keyinchalik anglab yetdimki, bu ish "velosipedni qayta ixtiro qilish" ekan. Bundan tashqari bi voqea haqida o'qib, keyinchalik videoda ham ko'rib qoldim:

Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk ilmidan foydalanish uchun Imom G'azzoliyni Isfahonga, Nizomiyya madrasasiga chaqiradi. O'shanda madrasa olimlarining botiniy firqalarga qarata yozgan raddiya asarlariga nazar soladi va ularni suvga uloqtiradi. Undan nega bunday qilganini so'rashganida shunday deydi:

Sadrda shifo bo'lmaganning satrda yeri yo'qdir.

Sadr - bu ko'krak qafasi, qalb nazarda tutilgan. Satr esa siz bilgan jumlalar qatoriga satr deyiladi. Qofiya va maʼnoning uygʻunligiga hayron qolganman. Shu bilan, odamlarni vaqtini oladigan narsalarni yozmaslikka qaror qildim.

Xullas, shu kanaldagi insonlarga foydali bo'lmasa, behuda lag'v gaplarni yozgim kelmaydi. Siyosiy xabarlarni muhokama qilib bosh og'ritgim ham kelmaydi, zotan bunday guruhlar, kanallar talaygina.

#fikrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Muqaddima" kitobining oʻzbekcha tarjimasini bugun bozorda koʻrdim. Kitobning yarmini tarjima qilishibdi.

4,5,6-bo'limlari hali chiqmabdi.
Muqallidlik hamma vaqt ham yaxshi emas.

Hozirda kimningdir tavsiyasiga binoan yoki urf-odat tusiga kirgan kitoblarni oʻqish koʻpaymoqda. Kitob oʻqish yaxshi, lekin koʻr-koʻrona taqlid qilish har doim ham oʻzini oqlamaydi.

Buni sayoz yozilgan, sayoz tarjima qilingan turk qissalari, romanlarida koʻrishimiz mumkin. Kitob doʻkonlarida turk tilidan tarjima qilingan, soni bor, salmogʻi kam kitoblarni koʻp koʻraman. Ichini ochib oʻqisam, tarozi pallasini bosmaydigan oldi-qochdidan iborat.

Bu fikrlarim hamma kitoblar uchun ham emas, albatta. Yaqinda "Muqaddima" asari bosmadan chiqib, tezda bozorda tugab ham boʻlibdi. "Muqaddima" haqiqatan zalvorli kitob. Lekin nazarimda, u hamma uchun emas. Chunki undagi istilohlar, fikrlar hamma hazm qiladigan emas. Afsuski, bu sohalardan ancha yiroq boʻlgan tanishlarim ham kitobni sotib olganini, oʻqib tushunmagandan keyin menga sotmoqchi boʻlganini guvohi boʻldim.😅

Shu sababli, kitob oʻqishda sizni qiziqtirgan savollarga javobni ololadigan kitoblarni mutolaa qiling. Zero, qiziqish - ilmning onasidir, deydilar. Qiziqmasangiz, u ilm sizga yuqmaydi.

#fikrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM