Shaxzodning sahifasi
334 subscribers
282 photos
24 videos
20 files
213 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Sense of Humour

Humor can be likened to salt. Like how a dish can taste bland with too little salt or overly salty with an excess, humor, too, should be used in moderation. It's not suitable to be completely devoid of humor, maintain a perpetually serious demeanor, or engage in constant silliness. A believer exercises moderation in all aspects of life, adhering to the limits set by Sharia's instructions.

Shamaili Muhammadiyah by Imam Termiziy

#mutoola

@shmirzayevofficialblog
👍1🔥1
Shaxzodning sahifasi
Bahramand boʻling)))
#elon

Ertaga Community Solutions Programga ariza topshirishning oxirgi kuni ekan. Kimdir topshirdimi oramizdan?

Adashmasam yosh boʻyicha cheklovi bor edi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyaliklar tillariga sodiqligi bilan bilinadi.

Masalan, “Stop” belgisiga ham “Dur” deb yozib qöyilgan.

Lekin oxirgi 25-30 yilda turkchaning ham zamonaviylashganini körishimiz mumkin aslida.

Buni shu “zamonaviylashma” boshlangan payti Ülkü Giray juda töğri tanqid qilgan ekan.
2
ChatGPT va Bardning şuhratiga soya tuşdi...

Yönalişim huquqşunoslik bölişiga qaramasdan, köp sohalardan xabardor bölişni yaxşi köraman. Keça internetdan qiziq yangilikka duç keldim. Ilon Maskning yangi Grok deb nomlangan sun'iy intellekt boti işga tuşiş arafasida. Deyarli tamomlandiyam qariyb. Aslida kuniga minglab sun'iy intellekt maxsulotlari işlab çiqarilyapti, ammo bunisi odatdagidan boşqaça:

Mazkur çatbot X (aniqroği Twitter)ga oniy ravişda ulangan bölib, Maskning aytişiça, u biroz "isyonkor" va "böysunmas" tabiatga ega. Hazil, piçing, kinoyali gaplarni yoqtirgani uçun berilgan savollarga andakkina hazilomuz tarzda javob beradi. Soha mutaxassislari hozirça Grokning X(Twitter) postlariga kirişga izn berilişidan mamnun. Lekin ular xavfsizlik nuqtai nazaridan bu jarayonning maxsus ogohlantiriş orqali bajarilişini tavsiya etişmoqda.

Ma'lumki, Twitterda soxta botlar, spam, keraksiz va notöğri ma'lumotlar juda köp aylanadi. Agar Grok Twitterdagi barça postlar tarixiga havola qiliş uçun dasturlaştirilgan bölsa, axborotning aniqligini ta'minlaş juda qiyin böladi.

Aytgança, yangi alifboga közlaringiz örganib qoldimi?🤓

#yangilik #suniyintellekt

@shmirzayevofficialblog
Asli yöq bir hayoldir janon,
Şakl-u rangi maholdir janon.
Topolmaysan jahonni kezsang,
Bir körinmas jamoldir janon!


#sheriyat #vasf #tasavvuf

@shmirzayevofficialblog
👍4🔥1
Forwarded from Al Mufiyd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kursga yozilmoqchi bo’lganlar (+) belgisini qoldiring!!!

https://t.me/Al_Mufiyd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Intizomga örganing! Muvaffaqiyatga oson va qisqa yöllar orqali borilmaydi. Faqat va faqat qattiq mehnat, keçalarni bedor ötkazish, tonglari barvaqt uyğoniş, böm-böş hamyonlar, döstsiz-hamrohsiz onlarni boşdan keçiriş orqali erishiladi. Bunda senga faqatgina Robbingga bölgan iymoning kuç-quvvat beradi.

@shmirzayevofficialblog
👍72
MCW Young Leaders Fellowship 2024 in the USA

Kecha ariza topshirishning oxirgi muddati edi. Amal-taqal qilib ulgurib qoldim. Koʻramiz, natijasi qanday boʻlarkan.

Aytgancha, shu dasturga topshirganlar nechtamiz? 🙌 qoʻyingizlar izohda...

@shmirzayevofficialblog
👍3🔥1
Yangi safar... Yangi mutolaa...

Bu safar taniqli turk yozuvchisi Ismoil Bilginning "57-Polk Falastin" asari. Oʻylaymanki, hozirgi vaziyat uchun eng uygʻun kitoblardan biri. Oʻzbekcha tarjimasi bilan asl turkchasini solishtirib oʻqiyman. Koʻramiz qay darajada qoyillatishgan ekan.

#mutoola #kitob_3

@shmirzayevofficialblog
👍4😎1
Harvard College Project for Asian and International Relations

HPAIR Garvard Anjumaniga ham bir amallab ariza topşirib oldik. Aslida hali ham imkoniyat bor. Bunisi töliq stipendiya uçun edi.

Koşki "Your application has been successfully submitted" iborasiga "Your application has been successfully selected among thousands of applicants" deya javob kelsa. Va men ham "Thank you so much for informing. I'm more than delighted to hear that I'm accepted. I can't wait to see you" deb javob qaytarsam.

Ha, mayli. Yaxşi niyatlar qilaylik. Amallarimiz niyatlarimizga boğliq. Sabablarni qildik. Uyoği Uning Özidan.

Toshkent. 03:17

16.11.2023

@shmirzayevofficialblog
👍2
Forwarded from GrantX
UGRAD haqida barchasi!
(2-mehmon)

UGRAD — bu AQSHning nufuzli grantlaridan biridir. Oldinroq bu haqida postlar yozgan edik.

⚡️Endi esa bu grant bo'yicha ma'lumotlarni o'z bitiruvchilaridan eshitishingiz mumkin. Biz esa mehmonlarni chaqirishni davom etamiz.Mehmonimiz hozir Amerikada ta'lim olmoqdalar.

Navbatdagi mehmonimiz — Olima Ergasheva:
- ALWIUT bitiruvchisi 🇺🇿
- AJOU Tashkent talabasi 🇰🇷
- Boise State University 🇺🇸
- Ajou Institute Summer School program qatnashuvchisi🇰🇷
- US Embassy HR Assistant 🤵‍♀️
- IELTS 8.0 owner, 7 ta til (polyglot)
- Techgirls a'zosi, 16 yoshlarida 🇺🇸
- Global UGRAD Finalist🇺🇸

Shaxsiy bloglari:
https://t.me/typicalolima

Yuqorida ko'rganizdek, ko'p qirrali O'zbek qizidan ko'pgina savollaringizga ham javob olasiz. 😊

Manzil: @GrantXuz telegram kanali
Sana: 19.11.2023 | 21:00

@GrantXuz
👍2🔥2
Savdogarning izzati hamyonida bölsa, olimning izzati kitoblaridadir.

Mahmud az-Zamaxşariy
👍41🤓1
Mashoyixlar derlarki:

Rizqing qöşilgan bölsa, kelar Şom-u Iroqdan,
Rizqing qöşilmagan bölsa, ketar qoş-u qaboqdan
.

Islom Taraqqiyot Banki magistratura va doktorantura bosqiçlari uçun Türkiye Bursları dasturi doirasida stipendiya eʼlon qilgan edi. Joriy yilning 30-avgust sanasigaça ariza topşiriş kerak edi. Men ne zahmatlar bilan ariza topşirdim. Ariza natijalari 15-noyabr kuni kelibdi. Keyingi bosqiçga öta olmabman.

Rosa umid qilgandim. Balkim şunisi xayrlidir men uçun. Özi şu kunlarda Yaqin Şarq va unga tutaş Turkiyada suv tinmayapti: narxlarning oşişi, ketma-ket zilzilalar, Isroilning qatliomi, Amerikaning Örtayer dengiziga harbiy kuçlarini kiritişi... . Şu narsalarni öylab ikkilanib turgan edim, agar yutsam, borganda qanday hayot keçiraman deb.

Töxtaş, umidsizlikka tuşiş yöq, zero, umidsizlaniş şaytondan. Hali imkoniyatlarim juda köp. Şu qadar köpki, qaysi biriga ariza topşirişga ulgurmayapman. Darvoqe, esimdan çiqay debdi, men Turkiyada magistratura va doktorantura bosqiçlari uçun stipendiya dasturiga qabul oçilganligini eʼlon qilgandim. Şunga ham harakat qiliş esdan çiqmasin. Eng kamida dengiz böyida simit, baklava, türk qahvalaridan totib keliş nasib qilar.

Telegram | Instagram
👍2😢21
#iş_örni

Yuridik sohada iş qidiryapsizmi? Özbekiston Respublikası Prezidenti huzuridagi Qonuncilik va huquqiy siyosat instituti öz jamoasiga izlanuvcan Yuristlarni işga taklif qiladi!

Agar siz iştiyoqli, harakatcan va huquq sohasida özgarishlar qilişga qiziqsangiz, bu imkoniyatni qöldan boy bermang! Rezyumeni tayyorlang va ariza topşiring.

Telegram | Instagram
2
Hozir GDG DevFest Tashkent '23da qatnashyapman. Tadbir haqiqatan zoʻr tashkillashtirilgan. Kechqurun batafsil yozaman.

Kimdir qatnashayotgan boʻlsa, izohda yozvoringlar.

Telegram | Instagram
👍2
GDG Tashkent Festival' 2023

#taassurotlar


Ochiği bu festivaldan köp natijalar kutmagandim. Shunchaki bir ukam tavsiya qilgani va ötkaziladigan joy kvartiramga yaqin bölganligi, bundan tashqari shanba kuni boʻlganligi sababli borishga qaror qildim.

• Festivalga kirishdayoq maktabda birga öqigan ikki tengdoshlarimni uchratib qoldim, ancha suhbat qurdik.

• Festival juda hayajonli video-rolik bilan boshlandi. Özbekistonning sohadagi erishgan yutuqlarining madhi bilan yöğrilgan video katta ekranda qöyildi.

• Söngra xalqaro mutaxassislarning qisqacha ma'ruza (keynote speech)ga ötildi. Dastavval, festivalni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Google’ning Markaziy Osiyo, Kavkaz, Rossiya, Hukumat bilan aloqalar va davlat siyosati bölimi boshliği Olga Skoroxodova ochib berdi. Dasturning keyingi qismi GDG Tashkent Yetakchisi Nuruddin Iminoxunov, Googlening Sun'iy Intellekt Dasturchilari Vakili Mark McDonald, Axborotlar bilan ishlash bolim yetakchi mutaxasisi va Garvard universiteti bitiruvchisi Usha Rengaraju, Outtalent asoschisi va bosh direktor Tilek Mamutov, Lesly Zerna, Dara Tumenbaeva, kompyuter oyinlari muhandisi Eldar Azamatov va boshqalarning ma'ruzalariga ulanib ketdi.

• Men olgan eng katta foyda: Dara Tumenbaevaning "How to pass Amazon's interview?" mavzusidagi taqdimoti böldi. Mavzu umumiy ishga ariza topshirish böyicha böldi. MAANG (Meta, Amazon, Apple, Netflix, Google) Mentorship Programiga ariza topshirishimiz mumkinligini aytdi. Ish topish, ariza topshirish, va intervyudan muvaffaqiyatli ötish usullari haqida qiziqarli dars böldi.

• Maʼruzadan keyin coffee break & pizza party böldi. Shu bilan qaytdik. Döst orttirish (networking) uchun zör imkoniyat böldi. Xullas, Muqimiy aytganidek, xohi yayov, bölsin otim, goh sayr ham darkor. ekan.

Telegram | Instagram
👍6🏆2👏1
Qishning keldi.

Yangi o'zgarishlar bo'lyapti. Kuni kecha Yevroosiyo Jamg'armasi va AQSHning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi tomonidan moliyalashtiriladigan kiberxavfsizlik bo'yicha muhim tashabbus - "Critical Lens: Media Literacy Workshops for Teens"da qatnashdim. Ushbu loyiha 15-18 yoshli o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko`langan asosiy maqsad - o‘smir o‘quvchilarga mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash, ijtimoiy tarmoqlar xavfsizligi va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat. Ma’ruzam mavzusi: O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasiga yurist ko’zoynagidan nazar: qonunchilik va dolzarb muammolar tahlili.
Biz O‘zbekistonning kiberxavfsizlik va unga aloqador sohalarga oid tartibga solish faoliyati va kiberjinoyatlarni ko‘rib chiqdik. O‘smirlar chin dildan qiziqish ko‘rsatdilar, o`zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mazmunli munozaralarda qatnashdilar.

Dastur asoschisi Zilolaxon Jamolova, texnik xodim Javohir Ne’matov va tadbir boshqaruvchisi Marjona To‘ychiboevalarga takliflari uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman. Doimiy bir xil ish ustida ishlash insonning nafsini charchatadi, zeriktiradi. Ba'zan inson ko`ngilni yozadigan suhbatlarga, sayohatlarga, mutolaaga ehtiyoj sezadi. Bu suhbat ham menga ancha zavq berdi.

Yana bir ‘yangilik’, Instagramdan bahorgacha tanaffus qilishga qaror qildim. Qish - tiniq havosi va uzundan uzoq tunlari bilan diqqatni jamlagan holda o'rganish va shaxsiy o'sish uchun ajoyib mavsum yaratadi. Bahor va yozda kunlar uzayadi, iqlim isib ketadi, va qushlaring shovqini ko'payadi. Bu esa diqqatni jamlashga xalaqit beradi. Mening talabalar va abituriyentlarga maslahatim shuki - bu qishni o'qish va shaxsiy rivojlanishga sarmoya kiritish davri deb qabul qiling. Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechish vaqtingizni ko`proq ilm olishga ajratishga imkon beradi.

Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Qish mo'min uchun eng yaxshi fasldir. Uning kechalari namoz o'qishi uchun uzun, kunlari esa ro'za tutishi uchun qisqadir.”

[Hadis-Majma az-Zavoid (3/203)]. Keling, bu vaqtni nafaqat shaxsiy o'sish, balki iymonimizni mustahkamlash uchun ham, uzoqroq kechalarni ibodat uchun va qisqaroq kunlarni ro'za tutish uchun g’animat bilaylik. Ushbu faslni qadriga yetib, o'zimizni ilm olishga, ibodatga, shaxsiy rivojlanishga va qalbimizni poklashga bag'ishlaylik.

Telegram | Instagram | Linkedin
🔥6👍3