Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
1.05K subscribers
781 photos
427 videos
17 files
871 links
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz

📞 +998953401070

👨🏻‍💻 Murojaat uchun:
@roboticslab_school
Download Telegram
Forwarded from Alisher Sadullaev
​​#imkoniyat

2022/2023-o‘quv yilidan boshlab xotin-qizlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan:

oliy ta’lim muassasalarida, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga budjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

davlat oliy ta’lim muassasalarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

xorijiy oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat uchun — 50 nafar, magistratura uchun — 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.

@alisher_sadullaev