Учебный центр REAL SCIENCE
1.56K subscribers
4.37K photos
966 videos
433 files
2.34K links
Переходите по ссылке и будьте в курсе всех новостей учебного центра REAL SCIENCE 👇🏻

https://t.me/realscienceuz
realscience.uz
facebook.com/realsciencenou
instagram.com/realsciencenou

📞 +998712050880
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024
#akademik_litsey

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

Qabulga doir rasmiy bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Qabul parametrlari-2024.pdf
710.1 KB
#qabul2024
#akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari
va o‘qitish tillari bo‘yicha
tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 71 ta akademik litseyga jami 15 496 ta kvota, shundan 12 324 ta o‘zbek, 2 730 ta rus va 442 ta qoraqalpoq tillari kesimida ajratildi.
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024
#akademik_litsey
#infografika

Akademik litseylarga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi

13-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 4 ming 145 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

☝️Eslatma, abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida my.edu.uz portaliga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

❗️Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylar uchun hujjatlar 20-iyundan litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024
#akademik_litsey
#infografika

Akademik litseylarga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi


20-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 15 ming 186 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

☝️Eslatma, hujjatlar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

💻Qabul bo‘yicha videoyo‘riqnoma BU YERDA.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤯42
❗️​​Имтиҳон вақтидаги ҳаяжонни қандай жиловлаш мумкин?

Ваниҳоят имтиҳонлар бошланиш арафасидамиз. Аслида ҳар қандай имтиҳон эмоцияларга бой, ҳаяжонли ўтади. Aбитуриентнинг имтиҳон вақтида муваффақиятга эришиши икки омилга боғлиқ: назарий ва психологик тайёргарлик. У мавзуларни қанчалик яхши ўзлаштирган бўлса ҳам, имтиҳон вақтидаги ҳаяжон душманга айланиши мумкин.

Диққатни жамланг.
Титул варағини тўлдириш каби барча расмиятчиликларни бажариб бўлгач, диққатни жамлашга ва атрофни унутишга ҳаракат қилинг. Сиз учун фақат вазифалар матни ва соатлар мавжуд бўлиши керак. Қатъий белгиланган вақт жавоблар сифатига таъсир қилмаслиги керак. Жавобни киритишдан олдин саволни икки марта ўқинг ва сиздан нима талаб қилинаётганини тўғри тушунганингизга ишонч ҳосил қилинг.


Осонидан бошланг.
Тест ечишни сизда шубҳа туғдирмайдиган саволларга жавоб беришдан бошланг. Узоқ ўйлантирадиган саволларга кўп тўхталманг. Шунда анча тинчланасиз, юклама енгиллашади. Мия янада аниқ ишлай бошлайди. Қолган бутун куч ва диққатни қийин саволларга йўналтириш мумкин бўлади.
Шошманг, тестни охиригача ўқинг
Вазифани биринчи сўзлариданоқ унинг шартини тушунаман деб шошқалоқлик қилманг. Бунда энг осон саволларга ҳам хато жавоб бериш эҳтимоли ошади. Шошқалоқлик натижасида жавоби миянгизда нақд бўлган саволни ҳам бой беришингиз мумкин.
Фақат тест ҳақида ўйланг.
Янги вазифани ўқиётганда аввалги ҳамма нарсани унутинг. Тестлардаги вазифалар бир-бири билан боғлиқ эмас, шунинг учун сиз илгари қўллаган қоидалар ва формулалар янги вазифани тўғри ҳал қилишга халақит беради.

Муваффақиятсизликни унутинг. 
Агар биронта тестга жавобни билмасангиз, бу муваффақиятсизлик таъсирида қолиб кетманг. Янги саволни янги имконият сифатида қабул қилинг. Аввалги вазифалар натижасидаги тушкунлик кейинги топшириқлар самарасига таъсир кўрсатмасин.

Истисно қилинг.
Тўғри жавобни билмасангиз, нотўғрилигига ишончингиз комил бўлган жавобларни кетма-кет чиқариб ташланг. Бу вариантлар ўртасида танлов доирасини торайтиради.

Текшириб кўринг.
Бажарган топшириқларингизни текшириб чиқишга вақт ажратинг, ҳеч бўлмаганда кўз югуртириб, хатоларни кўриш учун вақт топинг.

Тахмин қилинг. 
Аниқ жавобга ишончингиз комил бўлмаса, интуитив равишда бирор вариантни танланг. Баъзида интуицияга ишониш керак.

#abituriyent  #qabul2024 #talim
👍82🙏2🤓2🔥1
Forwarded from Edu.uz
#eslatma #Akademik_litsey #qabul2024

⚡️Testga kechikmang, aks holda binoga kiritilmaysiz
!

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ESLATMA!


📆 Ertadan akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanib, maxsus belgilangan hududlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.

🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

➡️ 25-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi;

➡️ 26-iyul kuni 2️⃣ smenada o‘tkazilib:
1️⃣-smena soat 9:00 da;
2️⃣-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olish mumkin.

Oʻquvchilardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Qayd etish kerakki, hukumatning 320-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan oʻquvchi sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi.

Shuningdek, oʻquvchi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

👉 Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar BU YERDA.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

⚡️2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishning tanlov bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi

01:35 Saytda o‘tgan yildagi mandat natijalari ko‘rsatiladimi?

04:50 Davlat granti ulushi nima?

08:29 Abituriyentlarga nima sababdan ogohlantirish, eslatma kelmoqda?

10:20 Oliy ta’lim muassasalarini tanlash yakunlangandan keyin, ya’ni 10-avgustdan keyin har bir yo‘nalishni qancha abituriyent tanlagani e’lon qilinadimi?

11:18 Akademik litseylarning mandati qachon chiqadi?

13:00 Grant va kontraktda o‘tish ballari turli oliygohlar kesimida turlicha aniqlanadimi yoki umumiy ballar kesimidami?

15:10 Nega faqat fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar chiqyapti?

17:25 Ichki ishlar vazirligi xodimlarining farzandlariga 5 foizli qabul kvotalari tasdiqlandi, kunduzgi, sirtqiga topshirsa bo‘ladi deb aytildi. Agar birinchi yo‘nalishni sirtqi tanlasa to‘lov-kontrakt bo‘lib qolmaydimi? Yoki kontrakt uchun ham alohida kvota chiqadimi?

20:51 Nega jismoniy madaniyat bo‘yicha sirtqi yo‘nalishga topshirib bo‘lmayapti?

28:20 65 ball olganlar o‘qishga kiradimi?

31:39 Xotin-qizlarning 4 foizli kvotasini olgan abituriyentlar davlat-grant ustuvorligini tanlay olmaydimi?

35:40 Maqsadli kvota nima?

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍3🤝2👏1