Qo'shko'pir IT Park
100 subscribers
244 photos
83 videos
195 links
⚡️Qo'shko'pir birinchi raqamli ta'lim markazi

Online ro'yxatdan o'tish:

🏁 Manzil: Qo'shko'pir hokimligi o'ng tamoni
Download Telegram
Channel created
🟩Bugungi dars jarayonlari ham qiziqarli va savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tmoqda.

👨‍💻Unda Muhammad al-Xorazmiy vorislari loyihasi asosida bo‘lib o‘tgan testlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar qatnashmoqdalar.

-Men 3-son maktab o‘quvchisiman,-deydi Marjona Hamidova,- test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganim yuksak kelajagimga qo‘yilgan bir qadam bo‘ldi desam adashmayman. Endi axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganaman va o‘z kelajagimni o‘zim yarataman.

👨‍🏫Eng quvonarlisi shuki, yoshlarga tuman markazida joylashgan IT-park o‘quv markazida tajribali, chuqur bilimga ega o‘qituvchilar dars berib kelmoqdalar.



Kanalga obuna bo‘lish uchun👇👇👇
👉Instagram | Facebook | Telegram | Youtube
🖥IT Park haqida nimalarni bilasiz?

🟢IT Park o‘zi nima?

2019 yil 24-iyulda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi IT Park ochilgan.

IT Park – bu....👇👇👇

📊IT kompaniyalar uchun istiqbolli boshlang‘ich loyihalarni, tashqi iqtisodiy zonani, shu jumladan, ilmiy va ta'lim tashkilotlari bilan integratsiyalashgan holda ishga tushirish va bozorga chiqarishni ta'minlash uchun mo‘ljallangan obyektlar, bino va inshootlar majmuasidir.


🔷IT sohasida faol va iqtidorli insonlar buxolteriya hisobi, yuridik, marketing va ta'lim orqali o‘z g‘oyalarini haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega bo‘ladigan joy
.


Kanalga obuna bo‘lish uchun👇👇👇
👉Instagram | Facebook | Telegram | Youtube
⚡️IMKONIYATLAR YANA BITTAGA KO‘PAYDI!

🏅🏅🏅IT sohasidagi qizlar, endi ular “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga davogarlik qila oladilar. Shu kungacha bu mukofot 30 yoshgacha bo‘lgan adabiyot, madaniyat, sport, san'at, fan, ta'lim sohalarida eng namunali, iqtidorli, iste'dodli qizlarga yuksak e'tirof bo‘lgan.

👩‍💻Prezidentimiz Farmoni asosida yo‘nalishlar soni yana bittaga ko‘paydi.
Bu kelajakni u bilan qurayotgan IT sohasidir.

‼️Ko‘pchilik tushunchasida IT erkaklarga xos kasb deb qaraladi. Ammo bugun ushbu qarashlar eskirgan.

🙋‍♀️Xotin-qizlarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi kundan kunga ortib borayotganligini Qo‘shko‘pir tumani misolida ham ko‘rish mumkin.

Shu paytgacha tumanda 300 nafardan ortiq qizlar IT sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, tayyor kadr sifatida o‘qitildi.

💸Bu esa ularning hayot va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishi bilan birga ushbu sohada yuqori daromadga ega bo‘lishlariga zamin yaratadi.



👉Instagram | Facebook | Telegram | Youtube
📣📣📣Aziz yoshlar

Siz zamon talablari asosida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni istaysizmi?!

🟢Kurslarimizdan so‘ng o‘z faoliyatingizni keng yo‘lga qo‘yishni xohlaysizmi?

💵Egallagan puxta bilim ortidan mo‘may daromad topishni-chi?

🏃Unda shoshiling!

⚡️Qo‘shko‘pir tumani markazida joylashgan "IT park" markazi sizga bir necha o‘quv turlarini taklif qiladi.

🔰Siz bu yerda IT sohasidagi eng muhim bilimlarni egallaysiz.

🧑‍💻Ya'ni, Offis Dasturlari (Kompyuter savodxonligi ), Web Dasturlash, Dasturlash tillari yo'nalishi, Android Dasturlash, Arxitektura va Dizayn kurslarini puxta o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🖥Kurslarning maqsadi – o‘quvchi-yoshlarga yangi axborot texnologiyalari sohasida mustahkam va barqaror bilimlarni berishga qaratilgan.

📋Kurs oxirida esa sertifikatga ega bo‘lasiz.

‼️Unutmang!

💻Kompyuterda o‘qitish - bu axborot texnologiyalari dunyosi bilan tanishishning eng yaxshi usuli.




Kanalga obuna bo‘lish uchun👇👇👇
👉Instagram | Facebook | Telegram | Youtube
🇺🇿 “IT-xizmatlar eksporti yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi qarorining 1-bandida nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi dastur joriy etish belgilangan.



Kanalga obuna bo‘lish uchun👇👇👇
👉Instagram | Facebook | Telegram | Youtube
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻KOMPYUTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ZAMON TALABI

“Hammalaringiz, hozir globallashuv zamonida kelajakda qaysi kasb egasi boʻlishlaringizdan qat'iy nazar, agar IT texnologiyalarini oʻrganmas ekanmiz, rivojlanish boʻlmaydi...”
Prezident Sh.Mirziyoyev.


🧑🏻‍💻Bugun yoshlarning IT sohasiga boʻlgan qiziqishi kundan kunga ortib borayotganligi quvonarli, albatta.

💻Qoʻshkoʻpir tumani markazida oʻz faoliyatini boshlagan IT-PARK markazi ham bugun sohaga qiziquvchi, axborot texnologiyalarini chuqur oʻrganishni maqsad qilgan yoshlar bilan toʻla. Ular veb-dasturlash boʻyicha oʻqish jarayonlarini allaqochon boshlab yuborishgan.

- IT sohasiga juda qiziqaman,-deydi oʻquvchilardan 17 maktabning 8-sinf oʻquvchisi Jahongir Jumanazarov-Ota-onam meni qiziqishimni qoʻllab-quvvatlab mana shu IT-parkga olib kelishdi. Kelganimga 2 kun boʻlgan boʻlsa-da, dasturlash boʻyicha koʻpgina tushunchalarga ega boʻldim. Kelajakda dasturchi boʻlishni maqsad qildim.



👉Instagram | Facebook | Telegram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM