PROFI EDUCATION
1.18K subscribers
1.05K photos
94 videos
185 files
727 links
🚀We teach better

🏢Учебный центр в Ташкенте
👨‍🏫Лучшие учителя
🆓2 пробных дня бесплатно

📲 +998787771111 — Алмазар (Беруний)

📲 +998712663066 — Мирзо-Улуғбек (Қорасув)

Возникли вопросы👇
📥t.me/profieducation

Для подробного инфо⤵️
myurls.co/profi
Download Telegram
Keyingi bekat Toshkent moliya instituti😁👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓
Tabriklaymiz🎉🎉🎉
t.me/profieducation_group
Audio
Hozirgina aytilgan ota-onalar duosi

t.me/profieducation
Yana bir xushxabar! Endi Toshkent Iqtisodiyot universitetidan. Yana 30ta! Qo'shimhasiga CEFR!!! Faqat o'zingizga, o'zingizga ishoning do'stlar, hammasi sizning qo'lingizda!
t.me/profieducation_Group
1-avgustdagi test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball qaysi oliy ta’lim muassasida bo‘ldi?

23 ta oliy ta’lim muassasalarining 154 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida 58 985 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Natijalarga ko‘ra, davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 223,5, to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 176,7 ni tashkil qildi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 142,9;

to‘lov-kontrakt – 123,7 ni tashkil qildi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

davlat granti bo‘yicha – 223,5 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (rus) ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 176,7 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

t.me/profieducation_Group
Oliy ta’lim muassasalarida 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlari yakuni

2-avgust kuni kun davomida 2-smenada 25 ta oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari belgilangan katta sig‘imli binolarda bir vaqtda 1-smenada 08:00 dan boshlanib, 11:20 ga qadar, 2-smenada 15:00 dan boshlanib, 18:20 ga qadar to‘liq yakunlandi.

Kirish test sinovlarida 25 ta oliy ta’lim muassasalarining 71 ta ta’lim yo‘nalishida 58 ming 206 nafarabituriyent ishtirok etdi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 1219 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 508 nafar abituriyent, shundan 251 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun,
257 nafari bino ichida boshqa birovning o‘rniga kirishga hamda shpargalkadan foydalanishga uringangi uchuntest sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan 2 ming 444 nafar guruh nazoratchilari jalb etilishi belgilangan. Shundan, 38 nafari ishtirok etmadi.

t.me/profieducation_Group
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7ta to‘siqdan o‘tgan soxta abituriyent, noyob telefon. Test imtihonlarida aniqlangan dastlabki qallobliklar

t.me/profieducation_Group
Технический институт Ёджу — первый частный вуз в Узбекистане — начал прием документов на 2018/2019 учебный год.

t.me/profieducation_group
Apellyatsiya berish namunasi

t.me/profieducation_group
Как не уснуть готовясь к экзаменам? Об этом, как ни кто другой, знает студент Университета Мадраса. 1948 год.

t.me/profieducation_group
sirtqi test binolari.pdf
181 KB
Сиртқи таълим учун имтиҳонлар катта павильонларда 20 августдан 2 сменада тест шаклида бўлади.

Тест ўтказиладиган бинолар рўйхати билан танишинг.

t.me/profieducation_group
Bir qarashda grandga 379 ball bilan kirganmi deysiz. Aniqlab qarasangiz bu 37,9 ball😳😂

👉 Do'stlarga tarqating
t.me/profieducation_group
"Супер контракт" нархи қанча ва кимлар учун?

Тест натижалари чиқишни бошлагач, абитуриентлардан қўшимча контракт (халқ тилида "супер контракт") ҳақида саволлар кўпайди. Шуларни инобатга олиб, қўшимча контракт ҳақидаги айрим саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.

Қўшимча контракда ўқиш учун неча балл олиш керак?

Камида 56,7 балл тўплаган бўлиш керак. Ундан кам тўплаганлар ҳозирча қўшимча контрактда ўқий олмайди.

Қўшимча контракда ўқишни хоҳлаганлар қачон ариза бериш керак?

Етарли балл тўплай олмаган абитуриентлар қўшимча контрактда ўқиш учун тест натижалари эълон қилингандан бошлаб 1 ой ичида ариза бериши керак.

Ариза қаерга берилади?

Қўшимча контрактда ўқиш истагида бўлганлар ОТМ ректори номига ариза беради.

Оширилган контрактнинг нархи қанча?

Оширилган тўлов-контракт миқдори амалда ўрнатилган тўлов-контракт миқдорига нисбатан қуйидаги миқдорларда белгиланади:

1-тоифа
Тўплаган баллари тасдиқланган тўлов-контракт бўйича қабул квоталари чегарасига бир баллгача етмаган абитуриентлар учун - 1,5 баробар;

1.1 баллдан 2 баллгача етмаганлар учун - 2,0 баробар;

2.1 баллдан 3 баллгача етмаганлар учун - 2,5 баробар;

3.1 баллдан 4 баллгача етмаганлар учун - 3,0 баробар.

Масалан, кириш бали 140 бўлган дейлик. 139 балл тўплаган абитуриент контрактнинг 1,5 баробарини тўлайди. Масалан, асли 10 млн контракт бўлса, 15 млн сўм тўласа кифоя.
138,9 балл олган абитуриент эса 2 баробарини тўлайди, яъни 20 млн сўм. Ва ҳ.к.

2-тоифа

56,7 баллдан кўп тўплаган, лекин кириш чизиғига 4 баллдан кўпроқ етмай қолган абитуриентлар контракт суммасининг 10 бараваридан 25 бараваригача миқдорида тўлайди.

Масалан, яна ўша кириш 140 балл бўлган йўналишни мисол олсак, 135,9 баллдан кам 56,7 баллдан кўп тўплаганлар 2-тоифага тушади.

Жорий йилда 2-тоифа учун нархлар ҳали тасдиқланмади. Ўтган йилдаги нархларни қуйидаги манзилдан кўриб олишингиз мумкин.

Оширилган контракт ҳар йили тўланадими ёки бир марта?

Бир марта тўланади. Қўшимча қабул қилинган талабалар биринчи ўқув йилини тугатгандан сўнг кейинги ўқув йилидан бошлаб амалда ўрнатилган базавий тўлов-контракт миқдори асосида (яъни эл қатори) ўқишини давом эттирадилар.

ЭСЛАТМА: 10 ёки 20 баробар дегани бу энг кам ойлик иш ҳақига нисбатан эмас, ўша йўналишдаги контракт нархига нисбатан. Яъни контракт 10 млн сўм бўлса, 10 баробар бўлганда қўшимча контрактда 100 млн сўм тўланади.

t.me/profieducation_group
PROFI EDUCATIONdan Zayniddinova Laylo rekordni yangiladi. OFARIN🎉🎉👏

t.me/profieducation_group
Statistika

5-avgust test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 292 nafar abituriyent, shundan 161 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o'zgani o'rniga kirishga uringanligi uchun, 131 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

t.me/profieducation_group
8-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi

Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining sakkizinchi kuni natijalari

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining sakkizinchi kuni – 8-avgust natijalari quyidagicha:

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 17 ta oliy ta’lim muassasalarining 68 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 58 063 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 452 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 90 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 380 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 184,6 ball, Urganch davlat universitetining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo‘nalishi;

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 138,3 ball, Farg‘ona davlat universitetining “Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishi.

O‘rtacha o‘tish bali: davlat granti – 99,0 ball; to‘lov-kontrakt – 78,9 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining results2018.dtm.uz saytida 2018 yil 9-avgust kuni soat 18.30da e’lon qilindi.

t.me/profieducation_group
Он хотел побить рекорд, и он это сделал. Шохрух поступил в 4 престижных вуза. Есть одно но. ГДЕ ЕМУ ТЕПЕРЬ УЧИТЬСЯ?
Помогите ему с выбором.
1) JIDU- 👍
2) WUIT - ❤️
3) TTPU - 😎
4) MDIS - 😃
Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining to’qqizinchi kuni natijalari

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining to’qqizinchi kuni – 9 avgust natijalari quyidagicha qayd etildi.

❇️Test sinovlari 15 ta oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tkazildi.

❇️Test sinovlarida 57 577 nafar abiturient ishtirok etdi.

❇️Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 170,3.

❇️To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 151,6 ni tashkil qildi.

✳️O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti –97,3;

to‘lov-kontrakt – 79,9 ni tashkil qildi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

davlat granti bo‘yicha – 170,3 ball, Farg’ona davlat universitetining “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 151,6 ball, Farg`ona davlat universitetining “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

t.me/profieducation_group
Test sinovlarining o‘ninchi kuni: hamon shpargalkalar, uyali telefon va birovning o‘rniga kirishga harakat bor

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining o‘ninchi kuni ham odatdagidek ikki smenada tashkil etildi. Har ikki smena natijalarini Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasida e’lon qildi.

Unda qayd etilishicha, 10 avgust kuni 25 ta oliy ta’lim muassasalarining 121 ta ta’lim yo‘nalishida test sinovlari o‘tkazilgan.

1-smenada 25 ming 990 nafar abituriyent ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovlarining ikkinchi smenasida 22 ming 466 nafar abituriyent qatnashga

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, kunning birinchi yarmida 760 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmagan, ikkinchi yarmida esa bu raqam 542 nafarni tashkil etdi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 140 nafar abituriyent, shundan 66 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgalar o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 74 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga, boshqa abituriyentga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Feldyegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18.30 dan qaytarish boshlandi.

Aziz Abduhakimov ma’lumotiga qaraganda, test sinovlari belgilangan reja asosida o‘tkazilgan va bu jarayonda hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermagan.

t.me/profieducation_group