Otabek’s I/O
1.25K subscribers
50 photos
3 videos
63 links
Staff Software Engineer @Dropbox | Mentor @qirikki

I write about Backend, Infrastructure, Math, ML/AI, and Computer Science.
Download Telegram
SystemD yoxud System Daemon

Dasturlashga endi kirib, birinchi loyihamni ahost.uz ga joylaganimni eslayman. O'sha payt python dasturlarimni qanday internetda 24/7 ishlab turishini ta'minlash haqida o'ylardim. Terminalga kirib python falonchi.py deyishim bilan dastur ishlar ammo terminalni yopishim yoki browserdan chiqishim bilan dastur o'chib qolardi. Birdan nohup buyrug'iga ko'zim tushdi va u haqida o'rganishni boshladim.

nohup linux operatsion tizimidagi buyruq bo'lib shell yoki terminaldan chiqib ketgan taqdiringizgda ham process ishlab turishini ta'minlaydi (har bir dastur bitta processda run bo'ladi va uni ko'rish uchun htop, top yoki ps aux buyruqlarini terminalga yozish kifoya qiladi). nohup odatda SIGHUP (signal Hang UP) signalini qabul qilishdan qochishga yordam beradi. Ammo bu juda yomon yechim edi. Chunki har safar dastur o'chib qolsa yoki tizim reboot (qayta yonsa) bo'lsa uni qo'lda yana ishga tushirishni talab qilardi.

Keyinchalik Linux o'rganayotib systemd tushunchasiga ko'zim tushdi. systemd bu tizim sozlamalari va servicelarni ishga tushuruvchi tizim ekan. U har bir topshiriqlarni unitlarga bo'lib chiqar ekan. Va eng asosiysi virtual mashina boot (yonish) ketma-ketligida systemd har bir unit (service fayl)larni uyg'otib chiqar ekan. Bu ham mayli o'chib qolsa restart qilishni ham buyrusa bo'lar ekan. Menga juda yoqdi va bu haqida o'rganishni boshladim va muammoga yechim topdim.

Agar dasturlaringizni serverga deploy qilishda muammolaringiz bo'lsa yoki bilmayotgan bo'lsangiz mana bilib oldingiz )

@otabekswe
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TCP Handshake yoxud qo'l tashlang BRAT 2-qism

Ushbu qismda siz,
- Paketlar almashinuvini kuzatish
- Server va Client o'rtasidagi suxbat
- Paketlar xajmi
- Nima uchun connection ochish qimmatligi

va menga kofe olib berishingiz mumkinligini o'rganasiz.

Postni o'qish

@otabekswe
Keyingi qadam nima?

So'ngi 2-yil ichida eng ko'p beriladigan savolga o'z fikrimni yozdim.

Bu hammasi emas,
- qanday loyihalar yaratish kerakligini,
- 42.uz serverini yoqib yuborganimni,
- loyiha yaratishni qayerdan va nimadan boshlashni,
- networking qilish foydalarini o'rganasiz.

Postni o'qish

@otabekswe
SQL Execution order

Postni yaxshilab qaytadan yozib chiqdim.

Esingizdan chiqgan bo'lsa takrorlab oling...

Postni o'qish

@otabekswe
Tez kunda...

@otabekswe
How authentication works

Internet asosan HTTP(S) protokolida muloqot qiladi. Ammo bu protokol stateless (ya'ni state - xolatlarni saqlab bormaydi degani). Endi tasavvur qiling, agar internet stateless bo'lsa unda u bizni authentication qilgan xolatdamizmi yo'qmi qanday biladi?

Tizimlar foydalanuvchilarni ikki xil ko'radi, authenticated user va unauthenticated user. Authenticated userlar tizimga login/sing in qilib kirgani uchun va tizimda bu foydalanuvchi haqida ba'zi ma'lumotlar borligi uchun uni taniydi.

Unauthenticated userlar esa tizimga login/sign in qilmasdan kirgan foydalanuvchilar bo'lib tizimda bu foydalanuvchi haqida hech qanday ma'lumot yo'q va unga ba'zi ishlarni qilishni cheklashi ham mumkin (chunki u be-ga-na, ha beganada hay).

Postni o'qish

@otabekswe
Ha azizlar...

Kofe kelmay qo’ydi🥲

@otabekswe
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Double Booking Problem

Booking.com, Airbnb, Calendly va 42Mentors bularni barchasi bir toifadagi ishni bajaradi ya'ni siz uchun

• Uchrashuvlarni
• Ovqat, turar joy va boshqa turdagi narsalarni

band qila oladi. Ularda eng kam va shu o'rinda uchrashi mumkin bo'lgan eng yomon muammo bu double booking problem xisoblanadi.

Tasavvur qiling siz yaratgan tizimga ikki inson bir vaqtda kirishdi. Ikkisiga ham aynan 18-Aprel 20:00 vaqti yoqdi va buyurtma qilish tugmachasiga bosdi. Agar siz bunga qarshi chora ko'rmagan bo'lsangiz tizim ikkisiga ham muvaffaqiyatli buyurtma qildingiz deya javob qaytaradi. Ammo bu juda yomon 😢

Barcha misollar JS va PostgreSQL bilan keltirilgan!

Postni o'qish

@otabekswe
#Experience
Sizga bir sir ochaman. Yaxshi va yomon dasturchi o'rtasidagi farq quyidagicha deb bilaman:

Yomon dasturchi:
1. Kod yozadi
2. Bug fix qiladi
3. Va yaxshilashni o'ylab ko'radi

Yaxshi dasturchi:
1. Loyihani dizaynini tuzadi va boshqalar bilan discuss qiladi
2. Kod yozib ishga tushiradi
3. Muhtojlik sezilganda yaxshilaydi

Kod yozish hech qachon 1-qadam bo'la olmaydi. Bo'ldimi, demak dastur emas muammo yaratibsiz degani!

@otabekswe
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Signals

Linux operatsion tizimida signallar bor. Ba'zan ularni bilib, ba'zan bilmay ishlatasiz. Ctrl + D ni bosib terminal dasturdan chiqasiz. Ctrl + C ni bosib dasturni interrupt qilasiz. Keling ajoyib qisqa masterpost bilan tushnib olamiz.

UNIX-like tizim ishlatsangiz terminalingizni oching va ps buyrug'ini yuboring. U sizga hozir ishlab turgan processlar ro'yxatini beradi. Oddiyroq qilib aytsak, qachon kompyuteringizda dastur ishga tushirganingizda har bir dastur har xil process (ishchi)da ishlaydi.

PID, TTY, TIME, CMD kabi columnlar beradi. CMD - dastur, PID esa process ID degani. Istalgan PID raqamni tanlang. Endi esa uni to'xtatishni istasangiz, kill buyrug'idan foydalanasiz. Masalan mana bunday:


kill -SIGNAL PID


Signal qismiga uni nima qilishni kiritasiz, misol uchun to'xtat demoqchi bo'lsangiz -3, yoki -9.


kill -9 13488


Har bir signalni o'z ma'nosi bor. Ba'zan dasturni to'xtatib qo'yishingiz ham mumkin. Va keyinroq kelgan joyidan davom ettirishni aytishingiz ham mumkin. Endi dasturlardan chiqish uchun X buttonni emas balkim terminal orqali kill buyrug'ini ishlatsangiz va o'zingizni hacker dek tutsangiz bo'ladi.

Bu haqda albatta keyinroq to'liq post yoziladi, hozircha shunisini o'qib turing!

P.S: Process tejash, resurs tejashdir!

@otabekswe
Big Tech - Coding Interview

Barchani orzusiga aylanishga ulgurgan MAANG kompaniyalaridagi og'riqli jarayon haqida yozishga qaror qildim. Undan oldin esa turli xil shunday kompaniyalarda ishlaydigan do'stlarim bilan ko'p suxbat qildim va ushbu postda tayyorlanish, leetcode, yaxshi yechimlar, tushukunlik va boshqa kerakli ishlarni yozib o'tishga harakat qilaman.

Postni o'qish

@otabekswe
#SystemDesign

Justin Bieber post qo’ygan kuni Instagram serverlari dumalab qolardi. (Celebrity problem)

Instagram 2015 yillarda endi rivojlanib tanilayotgan paytlari edi. Millionlab foydalanivchilarni ma’lumotlari SQL databaseda saqlangan. Ammo nega bitta odamni posti serverni qiynab qo’ygan?

Instagram like’lar sonini sanash uchun quyidagiga o’xshash query ishlatishgan:


SELECT count(*)
FROM db
WHERE postId in user.likedPost


Celebrity’larda like’lar soni ko’p bo’lgani uchun uni xisoblash serverga og’irlik qilardi va buzulardi, cache qilishsa ham.

Uni oldini olish uchun Instagram jamoasi database denormalization qilib chiqishadi. Ya’ni likelar sonini doim xisoblash o’rniga, ushbu ma’lumotni alohida tablega saqlab borishadi va real-time update qilishni to’xtatishadi (eventual consistency).

Bu postdan maqsad: dastur yasadingizmi uni foydalanuvchilarga bering. Ular sizni o’rganishga va o’sishga majburlashadi.

@otabekswe
Math is Everywhere

Ushbu maqolada siz:
- Matematikani Algoritmlardagi o'rni
- Matematika bilan Leetcode masalalarini O(1) time da ishlash
- Maktabda sizga o'rgatilmagan sirlar
- Fourier transform formulasi orqali ovozlar bilan ishlash

...haqida yoritib o'tdim. Ketkazgan vaqtingizga achinmasligingiz uchun amaliyotlar va isbotlar qo'shdim.

Postni o'qish

@otabekswe
Linux World (part I)

Ushbu postda:
- Linux operatsion tizimi haqida
- Qanday qilib tekinga linux container olish haqida
- File System mavzusi
- Access Control mavzusi
- Process Control mavzusi
haqida yoritib o'tdim.

Bu postni bog'cha bolasi o'qib, tushunganiga qoyil qolib yubordi. Siz ham o'qisangiz ko'p amaliyot qilib ko'rsangiz bo'ladi.

Postni o'qish

@otabekswe
Linux World (part-II)

Ushbu postda:
- System Control
- Fork bomb xujumi
- Disk Space filler xujumi
- Hackerlik tuzog'imga tushgan do'stim
- Hackerlarni xujumiga qarshi amaliy choralar
...haqida yoritib o'tdim.

Bu narsalarni sizga hech kim o'rgatmaydi. Men esa ko'p xujumlar qilib ko'rgan va ularga qarshi turgan inson sifatida o'z tajribalarimni ushbu postda yoritib o'tdim. (Kernel haqida alohida post bo'ladi)

Postni o'qish

@otabekswe
Bloom Filter

Telegram, Google, Instagram kabi tizimlar qanday qilib milliardlab foydalanuvchilar ichidan XYZ username bo'sh yoki olinganligini sizga tez ayta olishiga qiziqganmisiz?

System Design intervyularingizni buzib tashlashni istaysizmi?

Ushbu post aynan siz uchun. Hech qayerda bu mavzu haqida yozilmadi, birinchilardan bo'lganimdan xursandman.

Postni o'qish

@otabekswe
#scienceIn60Seconds

Firewall

Networking sohasida tajribalarim juda kam. Shunga qaramay Senior darajaga 6ta kompaniya bilan intervyu o'tkazganman. Xulosa natijasida eng ko'p berilgan savol bu Firewall haqida bo'ldi.

Firewall - bu xavfsizlik devori. Qadimgi xitoy urushlarida devorlarga olovli sharlar otilgan bo'lsa, hozirgi urushda jpriqlar sizni veb-sahifangizga xujum qilishadi. O'sha xujumlarni oldini olish uchun firewall ishlatishingiz mumkin.

Firewall ayrim siz bergan yoki oldindan berilgan qoidalar asosida ishlaydi. Backdoors, Spam, SQL Injection, DDoS va shu kabi ko'plab xujumlarni oldini olishda ham ishlatishingiz mumkin.

Networking haqida ham keyinroq post yozishni reja qilib turibman. Hozircha sizdan "Manejeriz bilan komfliktga tushib qolsangiz nima qilasiz?" deyishsa Hashmap "Firewall" ishlataman deb javob bersangiz bo'ladi.

@otabekswe