Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
711 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Agar dasturchi sevgi izhor qilsa, qanday boʻladi? Mana javob (Hazil tariqasida):

Sevgim — cheksiz rekursiya


Sen mening kodimning main() funksiyasi, hayotimning entry pointi. Yuragimdagi har bir loop sendan boshlanadi va sendan tugaydi. Muhabbatim immutable, o‘zgarmas obyektdek, hech qanday tashqi omil uni o‘zgartira olmaydi.

Men uchun dunyoda ikkita holat bor: 0 va 1, lekin sen kelganingdan beri faqat 1 qoldi, chunki sensiz men falseman.

Agar sevgimiz kod bo‘lsa, u infinite loop bo‘lardi:

while (true) {
love(you);
}


Hech qanday break; yo‘q, hech qachon exception tashlamaydi. Muhabbatim synchronous emas, chunki har doim awaiting response emasman, sening yoningda bo‘lishning o‘zi yetarli.

Sen mening private keyimsan, faqat sen orqali men ochilaman. Hayotimda hech qachon NULL pointer exception bo‘lmaydi, chunki yuragim har doim initialized!

Seni sevish — best practice, va men hech qachon bu kodni refactor qilmayman.

😂 qalay?

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥2🤣2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR #TŌLIQ_VIDEO

Trump bilan Zelenskiy gap talashib baland ovozda baqirib tortishib ketdi😱:

«Siz bizga hurmat ko‘rsatmayapsiz»,
— dedi Trump.

«Ish uchinchi jahon urushiga borayapti, siz bunaqa tavakkal qilish huquqiga ega emassiz»,
— dedi Trump Zelenskiyga.

Tortishuv davomidagi yana bir qator bayonotlar:

Trump Zelenskiyga murojaat qilib:
• Siz bizga «men buni istayman, men buni istayman» deya olmaysiz;
• Sizda bizsiz hech qanday karta yo‘q, siz bizdan minnatdor bo‘lishingiz kerak;
• Biz sizga 350 mlrd berdik. Siz hozir og‘ir ahvoldasiz. Siz «men urushni to‘xtatmoqchi emasman» dey olmaysiz;
• Yo bu kelishuvni qilamiz, yo siz undan tashqarida qolasiz. Siz bizga minnatdorlik bildirmayapsiz;
• Zelenskiy «millionlab odamlar hayoti bilan o‘ynamoqda» va uchinchi jahon urushini boshlash xavfini ko‘tarmoqda;
• Yo Zelenskiy «kelishuvga keladi», yo AQSh «bu o‘yindan chiqib ketadi»;
• AQSh Zelenskiy sulhga rozi bo‘lmasa, Kiyevga ko‘mak berishni to‘xtatishi mumkin.


Trump Zelenskiyga: Sizning muammolaringiz ana shu paytdan boshlanadi.

@nodirbek_abdulhaev
“Kimnidir sevsang, Alloh uchun sev. Agar u insonni Alloh taolo uchun sevgan bo‘lsang, oxirigacha borasan. Lekin taqdiringda shu narsa yozilgan bo‘lsa, qochib qutila olmaysan. Ehtimol, qochishing mumkindir, ehtimol, ko‘rmaslikka olishing ham mumkindir, ammo oyoqlaring bir kun seni uning yoniga o‘zi olib boradi…”

“Qalbimdasan Allohim”
— Qadir Akel

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizga xam telefon qilishganku a ? 😂

Uni ishi ish-u, siziki bekorchilik 😂

@nodirbek_abdulhaev
📝 Musiqa 🎧

Musiqa juda ham kuchli ta’sir o‘tkazadigan vosita.


Musiqa orqali insonni kayfiyatiga, og‘riq sezishiga va hattoki supermarketlardagi tanlovlariga ta’sir o‘tkazsa bo‘ladi.

Yoqimli musiqa 10 balli shkala bo‘yicha og‘riq kuchini o‘rtacha 1,13 ballga kamaytiradi.

Musiqa tinglash paytida yurak urishi, qon bosimi va nafas olish tezligining pasayishi odamning tinchlanishini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari kreativlik, ish samaradorligini, diqqatni ham oshirishi mumkin. Ajoyib a? 

Faqat tanganing teskari tarafida, musiqaning xulq-atvor targ‘ibotiga ham ishlatsa bo‘ladi.

Klassik musiqani eshitib ko‘ring va zamonaviy pop musiqani eshitib ko‘ring, qayerda san’atni sezyapsiz?

Agarda bu mavzuga chuqurroq kirishaman desangiz, trendlardagi musiqalarning she’rlariga e’tibor bering.

Chiroyli ritm bilan, sizga “armondagi sevgi”ni targ‘ib qiladigan musiqa sizni kuchli qiladi deb o‘ylaysizmI?

Lug‘ati 4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan musiqa sizni aqlli qiladi deb o‘ylaysizmi? 

Insonni eshitadigan musiqasiga qarab intelekt darajasini bilsa bo’ladi.

@nodirbek_abdulhaev
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu qisqa metrajli film Oskar mukogotiga loyiq ko’rilgan.

Mexribon bo’ling.

@nodirbek_abdulhaev
4
📝 Ishonch

Tajribam yo’q, sizni jamoaga mos bo’lmasam kerak, ishimizni endi boshladik.


Keladigan xodimlarni ko’pi shunday boshlaydi.

Agar hamma shunday ishonchsiz boshlayotgan bo’lsa, ishlari bitmay yuraveradi.

Kuchsiz tomoningizni kuchli tomonga aylantiring.

Endi o’quv markaz ochganimizda ota-onalar savol berishardi:

“Hali yangisiz-ku, sizga qanday ishonamiz?”

“Biz yangimiz. Tajribamiz, nomimiz ham yo’q. Shu sababdan ham tinmay ishlashimiz kerak. O’zimizni ko’rsatish uchun ham boshqalardan ko’proq harakat qilamiz, biz bu sohadan hali zerikib ulgurmadik, hali buni yaxshi ko’rmoqdamiz” derdim.

Shunday qildik ham.

Tajriba yo’qmi? Shu tajriba uchun qattiq ishlashingizni ko’rsating.

Mijozlar yo’qmi? 100 - mijoz hecham birinchi mijozdek e’tibor ola olmasligini ayting.

Kichkinamisiz? Shu sababli muammolarni tez hal qiling.

Har bir kamchilik ustunlik bilan keladi, har bir qiyinchilik yengillik bilan kelganidek.

@nodirbek_abdulhaev
👍3
Boshqalar hayotini orzu qilmang.

Siz boshqalardagi
zohirnigina ko'rasiz.
Siz romanning faqatgina
muqaddimasini
o'qigansiz xolos.
Ehtimol boshqalardagi
siz ne'mat deb o'ylaydigan
narsa sinov va fitnadir.
Ehtimol siz shuhrat
o'ylaydigan
narsa tashvishdir.
Ehtimol siz mol deb
o'ylayotgan narsa
to'siq va pardadir.
Ehtimol siz haybat
deb o'ylaydigan narsa
quruq po'stloqdir.
Ehtimol siz rohat deb
o'ylayotgan narsa xavfdir.

Sizga faqatgina Alloh
yozgan hayot,
hissiyot va holatgina
munosibdir!

@nodirbek_abdulhaev
👍41
Бугун Ўзтўқимачилик уюшмаси Наманган вилоят бошқармаси томонидан Россия Федерациясидан келган WearMax компанияси вакиллари билан учрашув ташкил қилинди.

Учрашув давомида бир нечта фабрикаларга ташриф буюрилди.
Улар қаторида: Textile Pro Group, Aisha Home, TST Group, Muazzam Textile фабрикалари билан келгуси буюртмалар ҳақида музокаралар олиб борилди.

Каналимиз: @uzts_vodiy
👍21
Hozirgi kundagi holatlarga juda ham mos tushadigan zarbul masal!

Bo'ri pistirib kirib keldi,
shunda xo'roz qichqirdi.
It hurdi.
Choʻpon sergak tortdi,
oila uyg'ondi.
Bo'ri qochdi.
Chorva omon qoldi.
Cho'pon xotirjam bo'ldi.
It o'rniga yotdi.
Cho'ponning oilasi
(chorvasi bo'rining
hamlasidan omonda qolganini)
bayram qilib nishonlash uchun
xo'rozni so'yishdi..

Ko'pincha insonlarni ogohlantirganlar qurbon bo'lishadi...

@nodirbek_abdulhaev
2
O’zbekistonda 40 mln dollarlik venchur fond ishga tushirildi

O’zbekistonda yetakchi yetti bank hamkorligida 40 million dollarlik "United Ventures" venchur fondi tashkil qilindi. Fondning asosiy maqsadi startaplarga sarmoya kiritish va tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishdan iborat.

Fondga O’zmilliybank, Xalq Banki, Asaka Bank, Agrobank, Mikrokreditbank, Turonbank va Biznesni Rivojlantirish Banki teng ulush – 14.28% bilan egalik qiladi.

@nodirbek_abdulhaev
Erkak o'zining janozasi
uchun tobutda masjidga
olib kirilmaguncha masjidga
kirmay yuraveradimi?!

Ayolni kafanlikka
o'rashmaguncha avratini
berkitmay yuraveradimi?!

@nodirbek_abdulhaev
👍21
Mazda smartfonlar sabab rebrending qiladi

"Mazda" avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 28 yilda ilk bor o'z logotipini o'zgartirdi, endi u qora va ingichkaroq bo'ladi, deya xabar bermoqda "Carcoops" portali.

Gap shundaki, kompaniya o'z logotipi smartfon va raqamli gadjetlar ekranlarida yaxshiroq ko'rinishi uchun shunday qarorga kelgan. Lekin hali yangi logo rasman e'lon qilingani yo'q, ammo yapon insayderlari bu variant tasdiqlangani haqida yozishmoqda.

Yangi variantda logotip oldingidek metallni eslatmaydi, qora rangda bo'ladi, chetlari ham ingichkalashadi, umumiy forma esa yana yumoloqroq bo'lib, o'rtadagi ikki shakl uchliroq qilinadi.

Yirik brendlar o'z logotipini raqamli gadjetlarga moslashtirishda davom etmoqda. Agar o'zbek brendlari ham shunday qilishga majbur bo'lsa, birinchi bo'lib qaysi kompaniya o'z logotipini o'zgartirgan bo'lardi deb o'ylaysiz?

@nodirbek_abdulhaev
Yaponiyadan 🇯🇵 zakaz oldik 🤝😊

O’zbekistondan Yaponiyaga borib u yerda muvafaqqiyatli tadbirkorlik qilayotgan Farg’onalik akamiz bizni Internet tarmog’ida topib qilgan ishlarimizni yoqtirdila.

Endi ularga Internet Magazin qilib beramiz In shaa Alloh 😊

O’zbek olayotgan bo’lsa xam foydalanuvchilari yaponlar-ku 🙂

Qisqasi xursandman 🤝

@nodirbek_abdulhaev
🔥32👍1👏1🎉1