Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar pulim juda xam ko’payib ketsa, albatta bir kun kelib ko’chib ketaman ♥️ bir muddatga albatta… to’ygunimcha 🌝

Pul ishlash uchun emas.

Namangan - one love 🔥

@nodirbek_abdulhaev
1🔥1
📝 Matoh!

"Matoh"ini ko'z-ko'z qiladigan odamda ichki hotirjamlik yo'q. U haliyam tashqaridan boshqalar uni "tan olishini" kutayotgan yosh bolaga o'xshaydi.


Yangi olgan uyimni yoki mashinamni ko'rsatsam, va nihoyat odamlar meni "qabul qilishadi" deb o'ylashadi.

"Matohlar" maqsad emas jarayonni bir bo'lagi bo'lishi kerak.

Narsalaringizni ko'z-ko'z qilib, o'zingizdan kuchsizlarnigina "lol" qoldirasiz.

Bunga qo’shimcha sifatida o’z fikrini kerak-kerakmas joyga aytaveradiganlarni xam qo’shgan bo’lardim. Fikringiz shunchalik arzonmi? So’ramasa xam aytaverasiz.

Sizdan kuchlilarni narsalari bilimlari yetarli va ularga siz “axmoq” emasligingizni isbotlashingiz ham shart emas.

O'zingizdan kuchli shaxslar ishonchini, qo'pol qilib aytganda "farosatingiz" bilan qozonasiz.

Tanlov o'zingizda.


@nodirbek_abdulhaev
🔥21
📝 Fikrlar

Biz hammamiz o’zimizni boshqa insonlardan ko’ra ko’proq sevamiz.


Lekin baribir o’zimizning fikrimizdan ko’ra ularning fikri haqida ko’proq qayg’uramiz.

@nodirbek_abdulhaev
🥴2
📝 Tushuntirmoq

Biror narsani tushuntirmoqchi bo’lsang, albatta misol keltir.

Misolsiz gapirish ovqatni ta’riflashga o’xshaydi, misol bilan gapirish ovqatni yedirib ko’rsatishga o’xshaydi.

Bir narsani bil - tushunmaydigan odamlardan, tushuntira olmaydiganlar ko’proq bo’ladi.

@nodirbek_abdulhaev
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt tarixiy obrazlarni hayotga qaytar oldi 👏

@nodirbek_abdulhaev
👍1
“Bandaning bu dunyodagi holati fonusga qamab qo‘yilgan pashshanikiga o‘xshaydi. U dunyoni shu fonusning ichi, deb o‘ylaydi. Ammo Yarathanga yaqinlashgan sari, fonusning devorlari sinib, inson asta-sekin asl haqiqatni ko‘ra boshlaydi. Ko‘rganingni esa boshingdan o‘tkazganing bilan aslo qiyoslay olmaysan.”

“Qalbimdasan Allohim”
— Qadir Akel

@nodirbek_abdulhaev
1
Agar dasturchi sevgi izhor qilsa, qanday boʻladi? Mana javob (Hazil tariqasida):

Sevgim — cheksiz rekursiya


Sen mening kodimning main() funksiyasi, hayotimning entry pointi. Yuragimdagi har bir loop sendan boshlanadi va sendan tugaydi. Muhabbatim immutable, o‘zgarmas obyektdek, hech qanday tashqi omil uni o‘zgartira olmaydi.

Men uchun dunyoda ikkita holat bor: 0 va 1, lekin sen kelganingdan beri faqat 1 qoldi, chunki sensiz men falseman.

Agar sevgimiz kod bo‘lsa, u infinite loop bo‘lardi:

while (true) {
love(you);
}


Hech qanday break; yo‘q, hech qachon exception tashlamaydi. Muhabbatim synchronous emas, chunki har doim awaiting response emasman, sening yoningda bo‘lishning o‘zi yetarli.

Sen mening private keyimsan, faqat sen orqali men ochilaman. Hayotimda hech qachon NULL pointer exception bo‘lmaydi, chunki yuragim har doim initialized!

Seni sevish — best practice, va men hech qachon bu kodni refactor qilmayman.

😂 qalay?

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥2🤣2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR #TŌLIQ_VIDEO

Trump bilan Zelenskiy gap talashib baland ovozda baqirib tortishib ketdi😱:

«Siz bizga hurmat ko‘rsatmayapsiz»,
— dedi Trump.

«Ish uchinchi jahon urushiga borayapti, siz bunaqa tavakkal qilish huquqiga ega emassiz»,
— dedi Trump Zelenskiyga.

Tortishuv davomidagi yana bir qator bayonotlar:

Trump Zelenskiyga murojaat qilib:
• Siz bizga «men buni istayman, men buni istayman» deya olmaysiz;
• Sizda bizsiz hech qanday karta yo‘q, siz bizdan minnatdor bo‘lishingiz kerak;
• Biz sizga 350 mlrd berdik. Siz hozir og‘ir ahvoldasiz. Siz «men urushni to‘xtatmoqchi emasman» dey olmaysiz;
• Yo bu kelishuvni qilamiz, yo siz undan tashqarida qolasiz. Siz bizga minnatdorlik bildirmayapsiz;
• Zelenskiy «millionlab odamlar hayoti bilan o‘ynamoqda» va uchinchi jahon urushini boshlash xavfini ko‘tarmoqda;
• Yo Zelenskiy «kelishuvga keladi», yo AQSh «bu o‘yindan chiqib ketadi»;
• AQSh Zelenskiy sulhga rozi bo‘lmasa, Kiyevga ko‘mak berishni to‘xtatishi mumkin.


Trump Zelenskiyga: Sizning muammolaringiz ana shu paytdan boshlanadi.

@nodirbek_abdulhaev
“Kimnidir sevsang, Alloh uchun sev. Agar u insonni Alloh taolo uchun sevgan bo‘lsang, oxirigacha borasan. Lekin taqdiringda shu narsa yozilgan bo‘lsa, qochib qutila olmaysan. Ehtimol, qochishing mumkindir, ehtimol, ko‘rmaslikka olishing ham mumkindir, ammo oyoqlaring bir kun seni uning yoniga o‘zi olib boradi…”

“Qalbimdasan Allohim”
— Qadir Akel

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizga xam telefon qilishganku a ? 😂

Uni ishi ish-u, siziki bekorchilik 😂

@nodirbek_abdulhaev
📝 Musiqa 🎧

Musiqa juda ham kuchli ta’sir o‘tkazadigan vosita.


Musiqa orqali insonni kayfiyatiga, og‘riq sezishiga va hattoki supermarketlardagi tanlovlariga ta’sir o‘tkazsa bo‘ladi.

Yoqimli musiqa 10 balli shkala bo‘yicha og‘riq kuchini o‘rtacha 1,13 ballga kamaytiradi.

Musiqa tinglash paytida yurak urishi, qon bosimi va nafas olish tezligining pasayishi odamning tinchlanishini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari kreativlik, ish samaradorligini, diqqatni ham oshirishi mumkin. Ajoyib a? 

Faqat tanganing teskari tarafida, musiqaning xulq-atvor targ‘ibotiga ham ishlatsa bo‘ladi.

Klassik musiqani eshitib ko‘ring va zamonaviy pop musiqani eshitib ko‘ring, qayerda san’atni sezyapsiz?

Agarda bu mavzuga chuqurroq kirishaman desangiz, trendlardagi musiqalarning she’rlariga e’tibor bering.

Chiroyli ritm bilan, sizga “armondagi sevgi”ni targ‘ib qiladigan musiqa sizni kuchli qiladi deb o‘ylaysizmI?

Lug‘ati 4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan musiqa sizni aqlli qiladi deb o‘ylaysizmi? 

Insonni eshitadigan musiqasiga qarab intelekt darajasini bilsa bo’ladi.

@nodirbek_abdulhaev
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu qisqa metrajli film Oskar mukogotiga loyiq ko’rilgan.

Mexribon bo’ling.

@nodirbek_abdulhaev
4
📝 Ishonch

Tajribam yo’q, sizni jamoaga mos bo’lmasam kerak, ishimizni endi boshladik.


Keladigan xodimlarni ko’pi shunday boshlaydi.

Agar hamma shunday ishonchsiz boshlayotgan bo’lsa, ishlari bitmay yuraveradi.

Kuchsiz tomoningizni kuchli tomonga aylantiring.

Endi o’quv markaz ochganimizda ota-onalar savol berishardi:

“Hali yangisiz-ku, sizga qanday ishonamiz?”

“Biz yangimiz. Tajribamiz, nomimiz ham yo’q. Shu sababdan ham tinmay ishlashimiz kerak. O’zimizni ko’rsatish uchun ham boshqalardan ko’proq harakat qilamiz, biz bu sohadan hali zerikib ulgurmadik, hali buni yaxshi ko’rmoqdamiz” derdim.

Shunday qildik ham.

Tajriba yo’qmi? Shu tajriba uchun qattiq ishlashingizni ko’rsating.

Mijozlar yo’qmi? 100 - mijoz hecham birinchi mijozdek e’tibor ola olmasligini ayting.

Kichkinamisiz? Shu sababli muammolarni tez hal qiling.

Har bir kamchilik ustunlik bilan keladi, har bir qiyinchilik yengillik bilan kelganidek.

@nodirbek_abdulhaev
👍3
Boshqalar hayotini orzu qilmang.

Siz boshqalardagi
zohirnigina ko'rasiz.
Siz romanning faqatgina
muqaddimasini
o'qigansiz xolos.
Ehtimol boshqalardagi
siz ne'mat deb o'ylaydigan
narsa sinov va fitnadir.
Ehtimol siz shuhrat
o'ylaydigan
narsa tashvishdir.
Ehtimol siz mol deb
o'ylayotgan narsa
to'siq va pardadir.
Ehtimol siz haybat
deb o'ylaydigan narsa
quruq po'stloqdir.
Ehtimol siz rohat deb
o'ylayotgan narsa xavfdir.

Sizga faqatgina Alloh
yozgan hayot,
hissiyot va holatgina
munosibdir!

@nodirbek_abdulhaev
👍41
Бугун Ўзтўқимачилик уюшмаси Наманган вилоят бошқармаси томонидан Россия Федерациясидан келган WearMax компанияси вакиллари билан учрашув ташкил қилинди.

Учрашув давомида бир нечта фабрикаларга ташриф буюрилди.
Улар қаторида: Textile Pro Group, Aisha Home, TST Group, Muazzam Textile фабрикалари билан келгуси буюртмалар ҳақида музокаралар олиб борилди.

Каналимиз: @uzts_vodiy
👍21