Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
137 subscribers
713 photos
262 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Nimaga shiferlar kulrang va to'lqinsimon shaklda?

— Fransuz ixtirochisi Lui Gatier (Louis Vicat) tomonidan 1840-yilda ixtiro qilingan tom yopish plitasini to'lqinsimon shakli uning mustahkamligini oshirish, qor yomg'irni tezda eritib yuborish va bosimga bardosh berish uchun mo'ljallangan.

— Uning kulrang xolda chiqarilishining sababi tarkibidagi tsementning rangidir.

— Tom yopishda foydalanilishining sababi, tarkibidagi mineral oʻtda kuymaslik tovush va elektr energiyasini oʻtkazmaslik xususiyatlariga ega asbestga bog'liqdir.

@nodirbek_abdulhaev
👍21🔥1
❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va jamoani tabrikladi.

Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ichida faxrli 1-o‘rinni hamda 150 ming AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Mukofot 5 ta yo‘nalish bo‘yicha beriladi:

1️⃣ sog‘liqni saqlash;
2️⃣ ta'lim;
3️⃣ energiya;
4️⃣ suv;
5️⃣ global o‘rta maktablar.

Vakillarimiz global o‘rta maktablar yo‘nalishida 🇹🇷Turkiya va 🇦🇿Ozarbayjon vakillari bilan finalga yo‘l olgan edi.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
Falon futbol o'yinida
mundoq bo'ldi,
pismadonchi qo'shiqchi
bundoq bo'ldi,
deb vaqt o'tkazgandan ko'ra,
men otaman,
otalik vazifalarim
nimalardan iborat
o'zi deb o'ylash zarur.

Bu millat farzandlari bilan
shug'ullanishi kerak.
Aks holda kun kelib bolalar
otalarining xatosini
islomdan ko'radigan bo'lib qoladi.

#Amina Shenliko'g'li

@nodirbek_abdulhaev
11
Nimaga ko‘rshapalaklar kunduz kuni uchmaydi?

— Ko‘rshapalaklar asosan insectivorlar (hasharotlarni iste'mol qiluvchi hayvonlar), ular kechqurun va tunda o‘zlarining asosiy oziqlari hasharotlarni ovlashadi. Kun davomida hasharotlarning ko‘p qismining faolligi kamayadi, shuning uchun ko‘rshapalaklar ularni topish va ovlashda qiynalishlari mumkin.

— Buning yana bir sababi ko‘rshapalaklarning ko‘zlari yorug‘likda yaxshi ko‘rish uchun moslashmagan, chunki ular ko‘proq echolokatsiya ( tovush to'lqinlari ) orqali atrof-muhitni tushunishadi..

@nodirbek_abdulhaev
1
Musulmon yigitlar uchun duo:

Allohim!
Agar men solih bo'lsam,
meni soliha ayol bilan rizqlantir,
bordi-yu,
solih bo'lmasam,
meni isloh qiladigan
soliha ayol bilan rizqlantir!

Omiyn!)

🌷 Hozirdan duoni boshladik!

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🤓1
Domlaning oldiga yangi
kuyov kelinning itoatsizligidan nolib kelibdi...


— Domla, xotinim aytganimni qilmayapti!

Domla kuyovning ust-boshiga qarab:
— Kastyumingiz zo'r-u, qayerdan oldingiz?

Kuyov xursandnamo:

— Xotin tomon qilgan))

— Tuflingiznichi?

— Uni ham.

Qarasa, paypog'igacha xotin tomondan kelgan ekan.

Shunda domla kuyovga qarab:
— Xotiningiz sizni urmaganiga rahmat deng! - dermish...

@nodirbek_andulhaev
1🤣1
#Tezkor

⚡️Smartfonlar narxi keskin oshishi kutilmoqda: iPhone 16 Pro Max deyarli $1800 ga chiqadi

Endilikda import qilinadigan barcha smartfonlar bojxona deklaratsiyasidan o‘tkazilishi va egalari buning uchun bojxona to‘lovi (+30%) va QQS (+12%) to‘lashlari shart. Shunda:

iPhone 16 Pro Max narxi: $1200
• Bojxona to‘lovi: $360
• QQS: $187
Jami: $1747


❗️Yangi telefon olmoqchi bo‘lganlarga yuborib qo‘yamiz.

Menimcha 16 pro max olmaymiz-ov


@nodirbek_abdulhaev
🌱 “Яшил тадбиркор” мақоми кимларга берилади ва улар қандай имтиёзларга эга бўлади?

2025 йил 1 сентябрдан бошлаб тадбиркорлик субъектларига “Яшил тадбиркор” мақомини беришни назарда тутувчи платформани ишга тушириш таклиф қилинмоқда.

Бу “Ўзбекистон–2030” стратегиясини “Атроф-муҳитни асраш ва "яшил" иқтисодиёт йили"да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳасида келтириб ўтилган.


🟢Кимларга берилади?

Лойиҳага кўра, кўкаламзорлаштиришга ҳисса қўшган, жумладан, корхонани “яшил белбоғ” билан ўраган, суғориш тизимларини ўрнатган, томчилатиш, ёмғирлатиш ва контейнерли (қопли) суғориш тизимини жорий қилган, энергия тежамкорлиги, жумладан, энергия тежовчи ускуналар ва технологияларни амалда қўллаган тадбиркорларга “Яшил тадбиркор” мақоми берилади.

Шунингдек, бундай тадбиркорлар корхонанинг атроф-муҳитга таъсирини камайтириши, жумладан, экологик ҳуқуқбузарлик содир этмаслиги, атмосферага ташламаларни онлайн мониторинг қилиш тизимидан фойдаланиши ва ишлаб чиқаришга циркульяр иқтисодиётни жорий қилиш (“7R”) тамойилини татбиқ этиши лозим.

🟢Қандай имтиёзлар тақдим этилади?

“Яшил тадбиркор” мақомини олган тадбиркорлик субъектлари “Шаффоф қурилиш” платформасида устуворликка эга бўлади. Шунингдек, муаян муддат давомида экологик текширувлардан озод этилади ва халқаро бозорларга чиқиш учун қўллаб-қувватланади. Қолаверса, тақдирлаш учун “Табиат ҳимоячиси” кўкрак нишонига тавсия этилади ва тадбиркорлик субъектларининг барқарорлик рейтинги доирасида қўшимча балл берилади.

🟢 Қандай фойдали томонлари бор?

“Яшил тадбиркор” платформасининг ишга туширилиши Ўзбекистон Республикасининг “яшил” иқтисодиётга ўтиш стратегияси доирасида "яшил” ва инклюзив иқтисодий ўсишни таъминлаш борасида амалга оширилаётган чора-тадбирлар самарадорлигини оширади. Шунингдек, қайта тикланувчи энергия манбаларидан фойдаланиш ҳамда иқтисодиётнинг барча тармоқларида ресурсларни тежашни янада кенгайтиришга ёрдам беради.
1
Ayrim kishilar ajali
kelmaguncha tavba qilmaydi.

Ba'zi xalifalar ajali kelganda yig'lagan,
"Yosh ketishimni bilganimda, tavba qilardim", degan.

Siz-chi, sizga qarib o'lasiz, degan xat kelganmi?

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oddiy kredit va islomiy moliyaning asosiy farqlari

💰 Foiz (Ribo) vs. Foyda sherikligi
Oddiy kredit: Bank pulni foiz evaziga beradi, qarzdor ortiqcha to‘lov bilan qaytarishi shart.
Islomiy moliya: Foiz olish taqiqlangan. Bank tovar yoki xizmatni sotib olib, qo‘shimcha foyda bilan sotadi.

⚖️ Xavf va risk taqsimoti
Oddiy kredit: Risk to‘liq qarzdor zimmasida, bank foizini baribir oladi.
Islomiy moliya: Risk va foyda sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi.

🏗️ Moliyalashning asoslari
Oddiy kredit: Istalgan maqsadda, jumladan, diniy jihatdan man qilingan sohalarda ham foydalaniladi.
Islomiy moliya: Faqat halol va shariatga mos maqsadlar uchun moliyalashtiriladi.

📑 Shartnoma turlari
Oddiy kredit: Foizli qarz shartnomasi.
Islomiy moliya: Muraabaha (sotib olib sotish), Ijara (lizинг), Musharaka (foyda sherikligi).

@nodirbek_abdulhaev
👍1
Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

— Miloddan avvalgi 2000-yillarda yashagan Bobilliklar 60-lik tizimdan foydalanishgan. Ular matematik hisob-kitoblar va astronomik kuzatuvlar uchun bu tizimni ishlab chiqqan.

— Yunon olimlari, jumladan Gipsiklar va Ptolemey, Bobilliklarning 60-lik tizimini qabul qilishgan va o‘z astronomik hisob-kitoblariga kiritishgan.

— O‘rta asrlarda 60-lik tizim matematik va vaqtni hisoblash tizimida rasmiylashdi. 60 soni Bobilliklar uchun qulay edi, chunki u ko‘p sonlarga bo‘linadi, bu matematik amallarni osonlashtiradi.

@nodirbek_abdulhaev
1
Growth Mindset — o‘sishga yo‘naltirilgan fikrlash bo‘lib, inson qobiliyatlari va ko‘nikmalarini izchil mehnat, sabr-toqat va o‘rganish orqali rivojlantirish mumkinligiga ishonishni anglatadi.

Asosiy xususiyatlar:
🔍 Qiyinchiliklarga ijobiy munosabat
Muammolarni imkoniyat sifatida qabul qilish. Har bir xato yangi tajriba va saboq uchun imkoniyatdir.
📚 O‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish
Muvaffaqiyatsizliklarni o‘rganish jarayonining bir qismi sifatida ko‘rib, saboq olish. Insonning o‘z ustida ishlashi doimiy davom etishi lozim.
🌱 Qobiliyatlarni oshirishga ishonch
Iste’dod tug‘ma emas, uni mehnat va mashq orqali rivojlantirish mumkin. Rivojlanish uchun o‘z ustida ishlashga e’tibor qaratiladi.
🏆 Muvaffaqiyatga eltuvchi qat’iyat
Maqsadlarga erishish uchun tinimsiz harakat qilish va davomiy rivojlanishga e’tibor berish.

Growth Mindset’ga ega insonlar o‘zgarish va yangi imkoniyatlarga ochiq bo‘ladi, muvaffaqiyatni mehnat va sa’y-harakatlar natijasi deb biladi.

@nodirbek_abdulhaev
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Suflor mahsulotlari | Yengil va samarali foydalanish
🎥 Suflor video olish jarayonini tezlashtiradi.
3 xil model:
• TP10 | Kompakt va oson foydalanish
• TP13 | Katta ekran va aniq ko‘rinish
• TP16 | Professional darajadagi sifat

💬 Savollar va buyurtmalar uchun:
📞 +998 94 080 73 33
Uzum: https://uzum.uz/fluggi-store

📦 Sifat kafolati - Biz bilan xarid qiling!

#savdo #arzonnarx #video #aksessuar #aksessuar #videogames #teleprompter #suflör
1👍1🔥1
Bir ko'ylak bilan qalb ranjittingmi
yana o'sha ko'ylak bilan ko‘ngil ol-ki, ko'ylaging sendan shikoyatchi bo'lmasin.

Bir yerda gunoh qilganingda
yana o'sha yerda tezda tavba qilgin-ki, gunoh qilgan yer gunohingni shohidi bo'lmasin...

#Ibnul Arabiy

🌷 Lekin hozirgi o'lchamlarim meni hafa qilyapti...🙂

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1😁1
Tavakkal.

2024 -yilda ko'p narsalarga rizqim bor ekan, erisha oldim. Alhamdulillah bu yil, o'zimdagi bir kamchilikni vanihoyat yo'qata oldim. Bu "Perfectionism".

Men har bir mendagi sodir bo'lishi kerak bo'lgan narsalar "Perfect" bo'lishini, men qiladigan/qilayotgan/qilmoqchi bo'lgan ishlar 100/100% rejamdagidek ketishini xohlayman.

Lekin, har bir narsada Eng Zo'ri bo'lishim kerak emasligini, Boshqalardan Ajralib turishimning O'zi Yetarligini anglab yeta oldim.

"Perfectionism" ga intiladigan insonlar, Risk ya'ni Tavakkal qilishdan qo'rqadilar. Hali bo'lishi mumkin bo'lmagan muammolarga yechim izlab o'tiradilar.

Bu kamchiligim orqali juda ko'p imkoniyatlarimni o'tkazib yuborishadi. Miyamga Yangi G'oyalar quyilib kelgan vaqt, tavakkal qila olmaganim uchun mendan oldin boshqalar amalga oshirgan loyihalar juda ko’p.

Afsusda emasman. Ha shunday, Tavakkal Qila olish ham Bir Ne'mat.

@nodirbek_abdulhaev
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2