Bitta oʻzingizga — bitta muhtojlarga. “TOMS” oyoq kiyim brendi tarixi
Biznesda o’sish va qulashlar bo’lib turadi. Ammo jamiyatga foyda keltirayotgan bizneslarni cho’kishi ba’zan insonni hafa qiladi. Bugun biz TOMS oyoq kiyimlari haqida gaplashamiz.
2002-yilda Bleyk Maykovskiy o’zining Argentinaga bo’lgan safari davomidako’plab bolalar oyoq kiyimsiz yugurib yurganini ko’radi. U bu muammoga yechim qidirishni boshlaydi va shunda oyoq kiyim tarqatayotgan ayolni uchratib qoladi. O’zining oyoq kiyim distributsiyasi bilan shug’ullanganida olgan tajribasi orqali u ayolga yordam berishga qaror qiladi.
O’sha paytlarda, alpargata oyoq kiyimlari Argentinada juda mashhur edi, ammo Shimoliy Amerikada bu turdagi oyoq kiyimlarni hech kim bilmasdi. Bu vaziyatdan foydalanib, Bleyk Maykovskiy “Tomorrow’s Shoes” brendiga asos soldi va bu keyinchalik “Tom’s shoes”ga rebranding qilindi.
Oyoq kiyimlar Shimoliy Amerika bozori uchun yangi va kiyish uchun qulay bo’lgani uchun odamlar orasida keng tarqaldi. Birinchi yilning o’zidayoq 10.000 juft oyoq kiyim sotildi. Lekin kompaniyaning maqsadi foyda qilish emas edi. Ular Argentinadagi muammoni hal qilishni maqsad qilishgandi.
Shuning uchun ham TOMS oyoq kiyimlari “One for One”(“Birga bir”) shiorini e’lon qildi. Bunda har bitta sotib olingan oyoq kiyim uchun Agrentinada muhtoj odamlar uchun bitta oyoq kiyim tekinga beriladi. Odamlar mahsulotni sinab ko’rmagan bo’lsa, undan jamiyatga beriladigan foydasini yaxshi ko’rib qolishgan edi.
Kundan kunga savdo hajmi o’sib bordi,2012-yilning o’zidayoq 2 million juft oyoq kiyim dunyo bo’ylab muhtoj odamlarga tarqatildi.
Ammo sekin asta odamlarda “bu qilinayotgan ishlar, rostan ham muhtojlarga yordam beradimi?” degan fikr paydo bo'la boshladi. Bunga sabab TOMS oyoq kiyimini tarqatgan davlatlar matbuotlarida “TOMS aslida yordam beradimi?” degan maqolalar chiqishni boshlashdi. Shundan keyin katta oyoq kiyim kompaniyasi qulashni boshladi.
TOMS qulayotgan paytda, boshqa oyoq kiyim brendlari uning o’ziga xosligi bo’lgan alpargata dizaynini ko’chirishni boshlashdi. Dizaynerlar kompaniyani saqlab qolish uchun turli xil dizaynlar yaratishni boshlashdi, lekin ish bermadi. Shunda TOMS ko’zoynak va kofe sohasida ham o’zini sinab ko’rdi. Ammo bu ishlar ham TOMS’ni saqlab qolish uchun yetarli bo'lmadi.
2019-yil yangi CEO, Magnus Uedhammer TOMS’ning boshqaruviga keldi. U TOMS’ning “birga bir” biznes modelidan farqli o’laroq, foydaning 1/3 qismini hayriyaga ajratishga qaror qildi.
Shunday qilib, TOMS haligacha oyoq kiyim bozorida “yashab kelmoqda”.
@nodirbek_abdulhaev

❤3
Nimaga soat millari har doim o'ng tomonga aylanadi?
— Dastlabki quyosh soatlari, ya'ni vaqtni belgilashda ishlatilgan asboblar, shimoliy yarimsharda quyoshning harakati natijasida soyalarining chapdan o'ngga harakatlanishini ko'rsatgan. Misrliklar tomonidan ixtiro qilingan bu tizim vaqtni o'lchashda asosiy rol o'ynagan.
— Soat millarining o'ng tomonga aylanishi quyosh soatlarining ishlashiga asoslangan tarixiy an'analar va mexanik dizaynlar natijasidir.
P.S. Agar soatlar janubiy yarimsharda ixtiro qilinganida, ehtimol ular boshqa yo'nalishda harakatlanar edi.

❤4
Hayotimning boshlanishi
va tugashi aniq edi.
Hech bo'lmaganda,
o'rta qismini o'tkazib
yubormasligim kerak edi.
#Oʻgʻuz Atay
@nodirbek_abdulhaev
va tugashi aniq edi.
Hech bo'lmaganda,
o'rta qismini o'tkazib
yubormasligim kerak edi.
#Oʻgʻuz Atay
@nodirbek_abdulhaev
❤3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ассалому алайкум, ҳурматли тадбиркорлар!
Бугун биз Президентимизнинг 2020-йил 5-майда қабул қилинган 5989-сонли фармони ва 27-декабрь 2024-йилда қабул қилинган 229-сонли фармон юзасидан экспорт учун солиқ ставкалари бўйича саволларга жавоб берамиз.
❗️Қисқача эслатма 5989-сонли фармонга кўра:
📌 Пахта ипаги ва трикотаж матоларини экспорт қилиш тўловлари (бўялган матолар бундан мустасно):
➖ 2021 йил — 0,01 АҚШ доллари / кг
➖ 2022 йил — 0,05 АҚШ доллари / кг
➖ 2023 йил — 0,1 АҚШ доллари / кг
➖ 2025 йил 1 январдан — 0,2 АҚШ доллари / кг
2️⃣2️⃣9️⃣ - сонли қарор юзасидан:
Трикотаж фабрикалари учун фойда солиғи 1% - этиб белгиланди:
Фақат қуйидаги шартлар бажарилса:
1. Ходимларнинг 15% ижтимоий ҳимоя реестрида бўлиши лозим.
2. Маош миқдори камида 2 310 000 сўм бўлиши шарт.
3. Сотувларнинг 90% тайёр маҳсулотга тўғри келиши керак.
Ҳурматли тадбиркорлар, сиз хам муҳокамаларда қатнашинг ва ўз фикрингизни билдиринг!
Ҳар бир янгилик бизнесингиз учун янги имконият ва янги йўналишларни очади.
Каналимизга аъзо бўлиб, янгиликлардан биринчилар қаторида хабардор бўлинг.
✅ Каналимиз | @uzts_fargona

Лекин Президентнинг Тадбиркорлар билан учрашувида, 2021-йилги ставка сақлаб қолиш илтимоси мақуланганди. Имтиёзли давр 2025-йил 1-январьгача деб белгиланганди.
Ставка кўтарилмади! Имтиёзли давр якунланди.
2️⃣2️⃣9️⃣ - сонли қарор юзасидан:
Трикотаж фабрикалари учун фойда солиғи 1% - этиб белгиланди:
Фақат қуйидаги шартлар бажарилса:
1. Ходимларнинг 15% ижтимоий ҳимоя реестрида бўлиши лозим.
2. Маош миқдори камида 2 310 000 сўм бўлиши шарт.
3. Сотувларнинг 90% тайёр маҳсулотга тўғри келиши керак.
5, 6, 7 январь саналарида бу ҳолат юзасидан бир неча бор онлайн зумлар ташкил қилинди ва тадбиркорлар томонидан яҳши таклифлар келиб тушди, таклифлар кераклик вазирликларга етказилади.
Ҳурматли тадбиркорлар, сиз хам муҳокамаларда қатнашинг ва ўз фикрингизни билдиринг!
Ҳар бир янгилик бизнесингиз учун янги имконият ва янги йўналишларни очади.
Каналимизга аъзо бўлиб, янгиликлардан биринчилар қаторида хабардор бўлинг.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Unitaz, termos, skotch, flomaster. Biz bilgan mahsulotlar nomi haqida qiziqarli faktlar!
Quyidagi so‘zlar sizga tanish tuyulishi mumkin, ammo aslida ular tarixiy kelib chiqishiga ko‘ra mashhur brend nomlari hisoblanadi.
Unitaz
Bu nom 1909-yilda sanitariya jihozlari ishlab chiqarishni boshlagan ispan kompaniyasi — "Unitas" nomidan kelib chiqqan. Qizig‘i shundaki, bu so‘z “Birlik” ma’nosini bildiradi.
Skotch
Nom 3M kompaniyasining “Scotch Tape” brendidan olingan. Rus tilida esa har qanday shaffof yopishtiruvchi lenta “skotch” deb ataladi.
Termos
“Thermos” dastlab Janubiy Afrikadagi vakuum kolbalar asosida shisha buyumlar ishlab chiqargan “Berlin” kompaniyasining mahsuloti. Bugungi kunda issiqlikni saqlovchi istalgan idish “termos” deb ataladi.
Flomaster
Bu yorqin ranglarda chiza oladigan markerlarni birinchi bo‘lib ishlab chiqargan yapon brendi — “Flo-master”.
Keds (keda)
Nom Amerikadagi “Keds” brendidan olingan. Bizda bu atama tekis “podoshva”li sport oyoq kiyimiga nisbatan qo‘llaniladi.
Kserekopiya
Avvaliga u “Xerox” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan nusxa olish texnologiyasi nomi edi. Endi ko‘plab joylarda nusxa olish apparatlari bir nom bilan “kserekopiya” deb ataladi.
Jeep
“Jeep” aslida “Chrysler” kompaniyasining SUV avtomobillari brendi edi. Hozirda esa yo‘ltanlamas avtomobillarni odatda “jeep” deb atashadi.
Pampers
Bu “Procter & Gamble” kompaniyasining “Pampers” nomli bolalar tagligi mahsuloti edi. Hozirgi kunda xalq orasida bolalar uchun chiqarilgan har qanday bir martalik taglik “pampers” deb ataladi.
Jakuzzi
Bu nom “Jacuzzi” kompaniyasi mahsulotining atoqli nomi edi, hozir esa massajli vannalarni umumiy holda “jakuzzi” deb atashadi.
Aspirin
Aspirin “Bayer” kompaniyasining mahsulot nomi edi. Bu og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi vosita o‘z davrida shu qadar mashhur bo‘ldiki, hozir deyarli barcha salitsil kislotasi asosida tayyorlangan dorilarni oddiygina “aspirin” deb atashadi.
Siz ham shunga o‘xshash boshqa qiziqarli brend nomlarini bilasizmi? Ularni biz bilan baham ko‘ring.

Nimaga marafon yugurish masofasi 42,195 kilometr?
— Ushbu masofa qadimiy Gretsiya tarixi bilan bog'liqdir. Afsonaga ko‘ra, 490-yilda bo‘lib o‘tgan Marafon jangidan so‘ng, grek askari Pheidippides Marafon maydonidan Afinaga taxminan 40 kilometr masofani yugurib kelib, yunonlarning forslarni mag‘lub etgani haqidagi xabarni yetkazgan va joyida jon taslim qilgan.
— Biroq, hozirgi masofa, 42 kilometr 195 metr, asl tarixiy voqeadan emas, 1908-yildagi London Olimpiadasida o‘zgartirilgan. London Olimpiadasida marafon masofasi Vindzor qasridan (Britaniya qirollik oilasining rezidensiyasi) boshlanib, London stadioni ichidagi qirollik oilasining shoh tribunasi oldida tugashi uchun qo‘shimcha 195 metr qo‘shilgan. Bu masofa xalqaro miqyosda standart qilib belgilangan va marafon musobaqalarida qabul qilingan...

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizchalaringizga yoshligida
shirinlik va shokoladlar
beryotganingizda
“bularni senga Alloh yubordi, qizim”,
deb bering.
Yoshi ulg'ayib,
satri avrat yoshiga
yetganda ro'mol olib kelib:
“Qizim, senga yoshligingda
shokolad yuborgan Alloh buni
o'rashingni istayapti” deng.
#DoktorIhsanShenojakhafizahullo
@nodirbek_abdulhaev
shirinlik va shokoladlar
beryotganingizda
“bularni senga Alloh yubordi, qizim”,
deb bering.
Yoshi ulg'ayib,
satri avrat yoshiga
yetganda ro'mol olib kelib:
“Qizim, senga yoshligingda
shokolad yuborgan Alloh buni
o'rashingni istayapti” deng.
#DoktorIhsanShenojakhafizahullo
@nodirbek_abdulhaev
❤3
Bu brend mahsulot narxlarini ularning qadoqlariga chiqaradi. Nega deysizmi? Hozir tushuntirib beramiz
"Penny" — bu Germaniyadagi supermarket bo'lib, boshqa supermarketlardan o'zining ko'plab chegirmalar taklif qilishi bilan ajralib turadi. Uning mijozlarining asosiy qismini Germaniyadagi inflyatsiya va narxlarning tez-tez o'zgarib turishidan shikoyat qiluvchi odamlar tashkil qiladi.
"Penny" o'zining raqobatchilaridan narxlari bilan emas, balki mijozlarning ishonchi bilan ajralib turishni xohlagan va "ServicePlan" reklama agentligi bilan "Price Packs" g'oyasini ishlab chiqqan.
Bunda supermarket kundalik mahsulotlar (yormalar, non, tuz va hokazo) qadoqlariga ularning narxlarini bosib chiqargan. Bu orqali mijozlarga "Bizda narxlar o'zgarmas" degan xabarni berishga harakat qilgan.
Kompaniya boshqalardan farqli ravishda, asosiy fokusini faqatgina mahsulot sotuviga emas, balki mijoz ishonchini qozonishga qaratgan.
Natija qanday?
Sotuv oshishi, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv va mijozlardan iliq fikrlar.

— Eng xavfli so'z qaysi, Olrich?
— Menimcha, bu "lekin" janob.
— Nega Olrich?
— Oldin aytilgan har bir jumlani o'ldiradi! Masalan,
"Men seni yaxshi ko'raman, lekin ...".
#Oğuz Atay
Afsuski, bu kitoblar O’zbek tilida xozircha nashr qilinmagan ekan.

❤3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️🇬🇧 Manchester Yunayted bir kishi kam bo’lib penaltilar seriyasida g'alaba qozondi
⚽️ UCHRASHUV YAKUNLANDI
🇬🇧 Angliya kubogi • 1/32 final
🇬🇧 Arsenal 1:1 Man Yunayted 🇬🇧
🥅 Penaltilar seriyasi 3:5
@nodirbek_abdulhaev
@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1🤝1
Raqobatdosh avto-gigantlar birlashishi mumkin
O‘tgan yilning oxirida Honda va Nissan’ning o’zaro qo’shilishi haqida muhokamalar boshlangan edi. Hammasi Xitoyning arzon mashinalarini deb.
2024-yil noyabr oyida Nissan’ning sotuvi AQSh va Xitoyda 20 foizga tushib ketdi. Natijada — kompaniya 9 mingta ishchini bo‘shatishga majbur bo‘ldi.
Butun Nemis avtosanoati ham shunga o’xshash muammolarga duch keldi: Volkswagen savdosi 15 foizga, Mercedes 13 foiz, BMW’ning savdosi esa 30 foizga tushib ketgani ma’lum bo’ldi.
Agar Honda va Nissan’ning birlashuvi amalga oshsa, dunyoning uchinchi eng katta avtomobil ishlab chiqaruvchisi paydo bo’ladi (Toyota va Volkswagen’dan so’ng).
Birlashish ostida har ikki kompaniya uchun bitta bosh tashkilot yaratilishi nazarda tutilgan. Muzokaralar 2025-yil iyuniga qadar yakunlanishi kerak.

Tog'lar ila,
Toshlar ila chaqiray Mavlom Seni.
Saharlarda qushlar ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Suv tagida mohi ila,
Sahrolarda ohu ila,
Qul bo'lib yahu ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Osmonda Iso ila,
Tur tog'ida Muso ila,
Qo'limdagi aso ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Dardi ko'p boʻlgan Ayyub ila,
Ko'zi yoshli Yaqub ila,
Ul Muhammad mahbub ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Hamd-u shukrulloh ila,
Vasf-i qulhuvalloh ila,
Doimo zikrulloh ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Bildim dunyo holini,
Tark qildim qiyl-u qolini,
Boshim ochiq, yalang oyoq,
Chaqiray Mavlom Seni.
Yunus o'qir tillar ila,
Ul kaptar bulbullar ila,
Haqni sevgan qullar ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
#YunusEmre
@nodirbek_abdulhaev
Toshlar ila chaqiray Mavlom Seni.
Saharlarda qushlar ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Suv tagida mohi ila,
Sahrolarda ohu ila,
Qul bo'lib yahu ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Osmonda Iso ila,
Tur tog'ida Muso ila,
Qo'limdagi aso ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Dardi ko'p boʻlgan Ayyub ila,
Ko'zi yoshli Yaqub ila,
Ul Muhammad mahbub ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Hamd-u shukrulloh ila,
Vasf-i qulhuvalloh ila,
Doimo zikrulloh ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
Bildim dunyo holini,
Tark qildim qiyl-u qolini,
Boshim ochiq, yalang oyoq,
Chaqiray Mavlom Seni.
Yunus o'qir tillar ila,
Ul kaptar bulbullar ila,
Haqni sevgan qullar ila,
Chaqiray Mavlom Seni.
#YunusEmre
@nodirbek_abdulhaev
❤1
Har narsani hammaga
tushuntirolmasligingni
o'rganguningga qadar:
ko'p gapirasan,
ko'p tanishasan,
ko'p xato qilasan.
Ammo keyin shunchaki
uzoqdan tomosha qilib o'tasan.
#FransKafka
P.S. Kafkani taniysizmi o’zi?
Kafka sil kasalligidan o’lgan. Ammo u hayot davomida o’lib bo’lgan edi…
@nodirbek_abdulhaev
tushuntirolmasligingni
o'rganguningga qadar:
ko'p gapirasan,
ko'p tanishasan,
ko'p xato qilasan.
Ammo keyin shunchaki
uzoqdan tomosha qilib o'tasan.
#FransKafka
Kafka sil kasalligidan o’lgan. Ammo u hayot davomida o’lib bo’lgan edi…
@nodirbek_abdulhaev
❤1
Harbiylarimizning xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda olib borayotgan xizmatarini qadrlayman va ularga oilaviy xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilayman.
Sizlarning sharafli faoliyatingiz tufayli yurtimizda tinchlik, osoyishtalik hukm surmoqda.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Nimaga shiferlar kulrang va to'lqinsimon shaklda?
— Fransuz ixtirochisi Lui Gatier (Louis Vicat) tomonidan 1840-yilda ixtiro qilingan tom yopish plitasini to'lqinsimon shakli uning mustahkamligini oshirish, qor yomg'irni tezda eritib yuborish va bosimga bardosh berish uchun mo'ljallangan.
— Uning kulrang xolda chiqarilishining sababi tarkibidagi tsementning rangidir.
— Tom yopishda foydalanilishining sababi, tarkibidagi mineral oʻtda kuymaslik tovush va elektr energiyasini oʻtkazmaslik xususiyatlariga ega asbestga bog'liqdir.

👍2❤1🔥1
❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va jamoani tabrikladi.
Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ichida faxrli 1-o‘rinni hamda 150 ming AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Mukofot 5 ta yo‘nalish bo‘yicha beriladi:
1️⃣ sog‘liqni saqlash;
2️⃣ ta'lim;
3️⃣ energiya;
4️⃣ suv;
5️⃣ global o‘rta maktablar.
Vakillarimiz global o‘rta maktablar yo‘nalishida 🇹🇷Turkiya va 🇦🇿Ozarbayjon vakillari bilan finalga yo‘l olgan edi.

❤1👍1